Alhikam al Atoiyya: 10-hikmat
21 2015 .
1372 қ.

 10-hikmat

" ألأعمال صور قائمة و أرواحها وجود سر الإخلاص فيها "

Tarjima:“ (Yaxshi) amallar jasadlardekdir. Ularning ruhi ularda ixlos topilishidir!”
 
     Sharh:    Ey banda, o`zingni qiynab toat-u ibodatlarni, xayrli ishlarni qilar ekansan ko`z oldingga doimo Allohning roziligi uchun sa`yu harakat qilayotganing gavdalanib tursin. Barcha amallaringni ixlos bilan bezaginki, U zotning huzurida sharmanda bo`lib qolmaysan. Ixlossiz amallaring o`likdir. Oxiratda bunday jonsiz amallar senga faqatgina zarar qiladi xolos. Ixlossiz amallarning zararlari ko’p. Bir ibodatni Alloh uchun ixlos bilan qilmas ekansan, uni albatta Allohdan boshqa uchun qilgan bo’lasan. Masalan: namozni jamoatda o’qiding. Agar bu ishingda ixlos bo’lmasa kimlardir seni jamoatda namoz o’qishingni ko’rsinlar, bilsinlar uchun o’qigan bo’lasan. Bunday amallar qabul bo’lmasligi bilan birga riyokorlik gunohini ham olib keladi va bu uchun Allohning oldida javob berasan. Bu katta gunoh. Ammo sen odatiy har kunlik ishlaringni ham Alloh uchun qilsang, o’z manfaating bo’lgan ishlar ham ixlosing sababli seni Allohning roziligiga yetaklaydi. Masalan: ertalab ishga jo’nayotganingda “ bugun halol rizq topib Alloh mani qo’limga omonat qilib bergan ahli oilamga keltiraman, ular uchun halol rizq izlayman ” degan xolis niyat bilan uyingdan chiqib ketsang ishga borishing ham, ishlashing ham, ishdan qaytishing ham barchasi ibodatga aylanadi va bularning har birida savob olasan. Bularning barchasi ishlayotgan ishing halol mehnatlardan bo’lsa albatta. Demak har bir qilinadigan amal, bajariladigan ish xolis niyatda qilinsa jasadga ruh kiritilgandek manfa’atli va xayrli bo’lur, aksincha bo’lsa ruhsiz jasad singari egasiga ham, boshqalarga ham aziyatu zarar berur.
 
Jiyanov Ulug'bek
Mir Arab madrasasi kutubxonachisi

 

«қ

-
: 06:30
: 07:24
: 13:10
: 16:00
: 17:35
: 19:00
Ңқ қ »
» »
»
Telegram