Alhikam al Atoiyya: 11-hikmat
31 2015 .
1450 қ.

 

 

 

 11-hikmat

 " إدفن وجودك في أرض الخمول فما نبت مما لم يدفن لا يتم نتاجه "

Tarjima: 
 
      Vujudingni noma`lumlik yeriga ko`mgin. Chunki ko`milmagan dondan o`sib chiqqan 
o`simlikning hosili to`liq bo`lmaydi”.
 
Sharh:
 
           Ey Alloh yo’liga ko’z tikkan banda!  Sen qilayotgan har bir ishing  yolg`iz Alloh uchun, Unga yetishish va Uning marhamatiyu roziligidan ulkan nasiba olish uchun bo`lsa, boshqalarga parvo qilma! Sening amalingni birov ko`rishligi, yoki eshitishligi, yoxud shu ishni sen qilganligingni birov bilishligi qalbingga hargiz rohat va surur baxsh etmasinki amalingdan ixlos ko`tarilib zoya bo`ladi. Qalbing mashhurlikni istayotgan bo`lsa bilginki u qalbda ixlos bo`lishi qiyin. Uni tezda tarbiyalash, unga ixlosni, iymon mazmunini singdirish darkor. O`zingni – Allohning y`olidan yurish va faqatgina U zot uchun amal va xizmat qilishdan boshqa chorasi yo`q bir qul deb hisobla. Aslida haqiqiy qullik, ya’ni Allohning bandasi-quli maqomiga erishish ham shu. Alloh buyurganligi uchun qilayotgan amallaring, U zotni roziligini istab qilayotgan sa’yu harakatlaringdan birov voqif bo’ladimi, bo’lmaydimi bu seni qiziqtirmasin. Zero qilgan amalingni Allohning huzurida qabul bo’lgan yoki bo’lmaganligini bilmay turib qanday ham xursand bo’lishing mumkin?! Borlig`ingni yo`qlikka almash, vujudingni aniqlik va mashhurlik osmonidan olib yo`qlik va noma`lumlik yeriga ko`m. Chunki insonlar oldida mashhurlikni istashing, Allohning nazdida yo`qligingga olib boradi. Aksincha esa, odamlar oldida tanilmasliging, yo`qliging U zotning nazdida mashhurligingni hosil qiladi. Amallaringdan xabardor  bo’lgan odamlar seni bir ikki maqtashdan boshqa nima ham taqdim eta olardilar?! Ammo Robbing xohlagan narsangni beradi. Uning huzuridagi mukofot va Uning roziligi afzal va abadiydir. Xolislik, haqiqiy iymon va islom ham shu. Sen jamiyatga yaxshilik uchun yaratilgan bandasan. Demak, yaxshilik, xayrli ishlar sening vazifang va burchingdir. Janob Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek mu’min kishining barcha ishi yaxshi, xayrli bo’ladi.  Alloh barchamizning qalblarimizni poklasin!
 
Jiyanov Ulug'bek
Mir Arab madrasasi kutubxonachisi
 

 

«қ

-
: 06:30
: 07:24
: 13:10
: 16:00
: 17:35
: 19:00
Ңқ қ »
» »
»
Telegram