Alhikam al Atoiyya: 9-hikmat
10 2015 .
1388 қ.

 9- hikmat

" تنوعت أجناس الأعمال لتنوع واردات الأحوال "

“ (Qalbning) holatlari har xil bo`lganligi uchun amallar ham har turli bo`ldi ”.
 
      Sharh: Insonning zohiriy a`zolari botini ya`ni, qalbining tarjimonidir. Tashqi amallari qalbining holatiga tobe`dir. Qalbi pok insonning tashqi amallari ham pok va haq bo`ladi. Qalbi salohiyatli va xayrli insonning eng birinchi va asosiy sifati Allohning yolg`izligini e`tirof qilib Uning ibodatiga bel bog`lashidir. Aksincha bo`lsa da`vosi yolg`ondir. Shunga binoan amallar va ishlar ham yaxshi va yomonga bo`linadi. “Ko’nglim pok” deb yurganlarning ko’ngli pok yoki nopokligi eng pok ish ya’ni Allohni tanish, U zotni e’tirof etish va Uning farmonlariga itoat qilishga sa’y harakat qilishda namoyon bo’ladi. Hech qachon o’g’ri, muttaham, qallob, yolg’onchi yoki sudxo’rning yoxud boshqa razolatlarga botib yurgan kishining ko’ngli pok, qalbi toza bo’lmaydi. Chunki qilayotgan ishlari qalbidagi yashirin maqsadlarining ko’rinishidir. Zero bitta jasadda ikki xil inson yasholmaydi. Shuning uchun aytadilarki: “E’tiqodingdek yasha, yo’qsa sen yashaganingdek e’tiqoddasan”. 
 
Ulug'bek Jiyanov
Mir Arab madrasasi kutubxonachisi

 

«қ

-
: 06:30
: 07:25
: 13:10
: 16:55
: 18:35
: 20:10
Ңқ қ »
» »
»
Telegram