Duo ibodatdir
26 2015 .
1557 қ.

 Duo ibodatdir

       Olloh Taolo Qur’oni karimda  biz bandalarini Unga duo qilib, barcha  niyatlarimizni  faqatgina Undan so’rashlikga chaqiradi. Shu bilan birgalikda duo qilib so’ragan bandalarini duolarini ijobat qilishini va’da qilgan. Bu haqida Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam ham bir qancha hadisi shariflarida takidlaganlar. No’mon Ibn Bashirdan rivoyat qilingan hadisda payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: “Duo ibodatdir”. Keyin quydagi oyatni o’qidilar: “Robbilaringiz  aytdi, Menga duo qilinglar ijobat qilaman“. Imom Ahmad,  Imom Termiziy, Abu Dovud , Nasoiy va Ibni Moja rioyati. 
      Abu Hurayradan rivoyat qilingan  hadisda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilarki: “Ollohga duodan mukarramroq  narsa yo’q”. Imom Termiziy va Ibn Moja rivoyati.
      Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam biz ummatlarini Robbimizga duo qilishlikga chaqirib, duo qilishlik odoblarini  ham ta’lim berganlar. 
      Jobir r.a.dan rivoyat qilingan hadisda Payg’ambarimiz  sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilarki: “Duo qiladigan hech bir kishi yo’q, magaram duo qilsa Olloh Taolo unga  so’ragan narsasasini beradi,  yoki   undan so’ragani barobaricha yomonlikni ketkazadi. Agar gunohni va siylai rahmni uzishlikni so’rab  duo qilmasa”. Imom Termiziy rivoyati.
      Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilingan hadisda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilarki: “Ijobat bo’lishiga ishongan holatda Olloh taologa duo qilinglar, bilinglarki albatda Olloh taolo g’ofil, beparvo qalbdan chiqqan duoni ijobat qilmaydi”. Imom Termiziy rivoyati. 
       Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni biz ummatlariga  ta’lim bergan ko’rsatmalariga asosan duo qiladigan bo’lsak inshaalloh duolarimiz  ijobat qilinadi. Olloh Taolo barchalarimizni duolari ijobat bo’ladigan  bandalari qatorida qilsin. 
 
Odilov Haydar
Xo’ja Kabul Axbor Vali jome’ masjidi imom xatibi 
 
 
 
 
«қ

-
: 06:30
: 07:24
: 13:10
: 16:00
: 17:35
: 19:00
Ңқ қ »
» »
»
Telegram