Nikoh uchun barcha mas`ul
20 2016 .
1384 қ.

 

 Nikoh uchun barcha mas`ul
 
 
    Nikoh __ avvalo bizlarni fahshdan, zinodan saqlovchi, halol bilan haromni ajratib turuvchi chegara-to'siqdir.
    Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom o'zlarining hadisi shariflarida:
‎النكاح سنتي فمن رغب عن سنتي فليس مني
"Nikohlmening sunnatimdandir. Kim mening sunnatimdan yuz o'girsa, u mendan emas", deb marhamat qilganlar.
    Nikoh so'zining lug'aviy ma'nosi jinsiy aloqa qilish, majozan esa oila qurish deganidir. Shariatda ijob va qabul (ikki tomonning roziligi) bilan hosil bo'ladi.
    Nikoh mazmun mohiyati bilan dinni ustuvor qilish, axloqni yaxshilash va Payg'ambar alayhissalomning faxru-iftixorlari bo'lgan xayrli va muborak bir ishdir.
   Bu xususida hadisi sharifda shunday marhamat qilinadi. "Nikohlaninglar, ko'payasizlar. Albatta men qiyomat kunida o'tgan ummatlarga nisbatan sizlarning ko'pligingiz bilan faxrlanaman".
    Nikohni ayrimlar moddiy qiyinchilik, yetishmovchilikka sabab bo'ladi, deb gumon qiladilar. Aksincha, nikoh tufayli insonning rizqi va davlati ziyoda bo'ladi. Chunki Alloh taolo Qur'oni Karimning Nur surasining 32-oyatida marhamat qilib shunday deydi:
ان يكونو فقراء يغنهم الله من فضله ولله واسع عليم
 
"Agar ular (nikohlanuvchilar) kambag'al bo'lsalar, Alloh ularni o'z fazli karami bilan boy-badavlat qilur. Alloh fazli keng va o'ta bilguvchi zotdir".
    Rosuli akram sallallohu alayhi vasallam: "Bir musulmonning nikohida hozir bo'lgan kishi bir kun Alloh yo'lida ro'za tutgandek bo'ladi va bu bir kun savob yuzasidan yetti yuz kunga barobardir", degan ulug' xushxabar berilgan.
    Boshqa bir hadisi sharifda: "Ikki kishining nikohiga shofe' bo'lsang, ya'ni ularni juftlantirishga sabab bo'lsang, shafoatning eng afzali shudir", deya marhamat qilinadi.
    Ammo hozirgi kunda yosh oilalar orasida ajrashishlar ko'p uchramoqda. Buning asosiy sabablaridan biri er-xotin bir-birlarining haq-huquqlarini yaxshi bilmasligidir. Aslida bu narsa turmush qurayotgan yoshlar ota-onalarining vazifalariga kiradi. Shunday bo'lsada, kelin kuyovni nikohlayotgan kishi yangi hayot boshlayotganlarga er-xotinlik huquqlari va ularning vazifalari to'g'risida batafsil tushuntirib qo'yishsa, foydadan xoli bo'lmasdi. Bu uslub ko'p joylarda yaxshi yo'lga qo'yilgan va samarasini bermoqda. Albatta er-xotinnng yaxshi yashab ketishi faqatgina domlaning nasihatiga bog'liq deb tushunish kerak emas. Lekin qaysidir o'rinda ma'lum bir hissasi bor.
    Shunday ekan nikoh uchun barchamiz mas'ulmiz. Oila esa bu muqaddas. Uni asrashlik esa har birimizning vazifamizdir. Zero, har birimiz amru-ma'ruf, nahiy munkar qilishga buyurilganmiz.
 
 
Olim Karimov
Peshku tuman “Bobo-arab” masjidi imom xatibi

 

 
«қ

-
: 06:30
: 07:25
: 13:10
: 16:00
: 17:35
: 19:00
Ңқ қ »
» »
»
Telegram