Zikrning fazilati
04 2015 .
1814 қ.

 Zikrning fazilati

      Bismillahir Rohmanir Rohim. Olloh taolo payg’ambarimiz solallohu alayhi vasallamga Qur’oni karim oyatlarini nozil qilib, mo’min musulmonlarga uchrab turadigan yaxshi va yomon sifatlarni bir qanchasini zikr qildi. Shu jumladan payg’ambarimiz Muhammad Mustafo solallohu alayhi vasallam ham hadisi shariflarida mo’minlarda uchraydigan ba’zi bir ijobiy va salbiy sifatlarni sanab o’tganlar. Gunohga qo’l urish,birovni aldashlik ,omonatga xiyonat qilish , g’iybat, bo’hton va behuda gaplarni gapirishlik mo’minlarga xos bo’lmagan salbiy sifatlar hisoblanadi.Vaholanki bandalar bu gunohlardan  tiyilib ibodatlarda bardavom bo’lsalar va doimo Ollohni zikr qilsalar bu  amallari bilan Olloh taologa yaqin bo’ladilar.

      Payg’ambarimiz solallohu alayhi vasallam hadis shariflarida  Ollohning zikri bilan mashg’ul bo’lgan bandaga ulkan savoblar berilishini aytib o’tganlar. 
Abu Hurayra va Abu Said r.a.dan rivoyat qilingan hadisda payg’ambarimiz solallohu alayhi vasallam marhamat qiladilarki: Qaysi bir jamoat Olloh taoloni zikr qilib tursa ularni farishtalar o’rab oladi.Va ularni rahmat o’rab oladi. Va ularga  sakina ya’ni xotirjamlik nozil qilinadi. Olloh taolo ham huziridagilarga ularni zikr qiladi.Imom Muslim rioyati.
Bu hadisni sharhlagan ulamolarimiz aytadilarki: “Ollohning farishtalari yo’llarda aylanib ahli zikrni qidiradilar va ularni topganlaridan keyin o’rab oladilar. Ahli zikrlarga olloh ta-oloning  rahmati yog’ilib turiladi.Va ularga sakina nozil qilinadi. Olloh taolo ham ularni  huzurida bo’lgan muqarrab farishtalar va payg’ambarlar ruhlariga zikr qiladi”.
       Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda payg’ambarimiz solallohu alayhi vasallam Makka yo’llarida edilar, bir tog’ning oldidan o’tilar, uning nomi  Jumdon edi.Sahobalariga qarata aytdilarki yuringlar bu Jumdon tog’i. Shu vaqtda payg’ambarimiz solallohu alayhi vasallam mufarridlar o’tdilar deb xabar berdilar.Mufarridlar kimlar  deb sahobalari so’rashdi.Ollohni ko’p zikr qiluvchi erkaklar va Ollohni ko’p zikr qiluvchi ayollar dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo solallohu alayhi vasallam ahli zikrlarni Olloh taologa eng yaqin zotlar ekanligini hadisi shariflarida aytib o’tganlar. 
     Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda payg’ambarimiz solallohu alayhi vasallam aytadilarki: “Olloh taoloning yo’llarda aylanib yuradigan farishtalari bordir. Ular ahli zikrlarni qidirib yuradilar. Agar Olloh taoloni zikr qilib turgan jamoani topsalar, izlab yurganlaringizga kelinglar  deb bir-birlarini chaqiradilar. Qanotlari bilan ahli zikrlarni  o’rab oladilar dunyo osmonigacha. Robbilari ulardan so’raydi vaholanki Robbilari ulardan biluvchiroqdir. Bandalarim nima deyapti? Farishtalar aytadilarki: bandalaring  senga  tasbeh aytayaptilar, takbir aytayaptilar, hamd aytyaptilar va seni ulug’layaptilar. Olloh taolo aytadiki: ular Meni ko’rganmi? Farishtalar javob beradilarki: yo’q qasam sengaki  ular Seni ko’rganlari yo’q. Olloh taolo aytadiki qanday qilardilar meni ko’rganlarida? Farishtalar aytadilarki agar seni ko’rgablarida senga qattiq ibodat qilardilar, qattiq Seni ulug’lar edilar va Senga  ko’p tasbeh aytadilar. Ollo taolo aytadiki: bandalarim  nimani so’rayaptilar? Farishtalar jannatni so’rayaptilar deb  javob beradilar. Olloh  taolo aytadi ular uni ko’rganmi? Yo’q  senga qasamki ey Robbimiz ular uni ko’rgani yo’q. Qanday bo’lardilar agar  ular jannatni ko’rganlarida ? Farishtalar javob beradilarki: Agar ular jannatni ko’rganlarida unga qattiq hirs qoyardilar va uni qattiq talab qilardilar va unga bo’lgan rag’batlarini buyuk qilardilar. Olloh taolo bandalrim nimadan panoh tilayabdilar deb so’raydi? Farishtalar do’zaxdan deydilar. Olloh taolo so’raydi ular uni ko’rganmi? Farishtalar aytadilarki qasam senga ey Robbimiz ular uni ko’rgani yo’q .Olloh taolo aytadi agar uni ko’rganlarida qanday bo’lardilar? Farishtalar javob beradilarki agar bandalaring  uni ko’rganlarida undan qattiq qochardilar va undan  qattiq qo’rqardilar.Olloh taolo aytadiki: Sizlarni guvoh qilib aytamanki,  batahqiq Men ularni kechirdim. Shunda farishtalardan biri aytadiki ularning orasida falonchi bor,  u ulardan emas, albatta u o’zining  hojati uchun kelgan. Olloh taolo aytadiki ular bilan birga  o’tirganlar  badbaxt bo’lmaydi”. Imom Buxoriy rivoyati.
      Olloh ta-olo barchalarimizni mana shunday baxtu saodatga muyassar etib ahli zikrlardan bo’lishimizni nasib qilsin.
 
Odilov Haydar.  
Xo’ja Ka’bul Axbor Vali jome’ masjidi imom xatibi 
 
«қ

-
: 06:30
: 07:25
: 13:10
: 16:55
: 18:35
: 20:10
Ңқ қ »
» »
»
Telegram