Sad ibn Abu Vaqqos
29 2017 .
1027 қ.

Sa’d ibn Abu Vaqqos

Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuning bobosi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning onalari Ominaning amakisi,  Uhayb ibn Mannof edi. Sa’d  17 yoshida islomni qabul qildi. U avvalgi musulmonlardan bo’lib, o’zi haqida shunday deydi: “…o’sha kunlarda men 3 musulmonning biri edim”.

Ya’ni u Islom bag’riga shoshilib, iymon keltirgan eng avvalgi 3 musulmonning biri bo’lgan edi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam yakkayu yolg’iz Alloh taoloni tanitib, yangi din haqida so’zlay boshlagan kunlarning avvalida, hali Arqam hovlisiga o’tmaslaridan Sa’d ibn abu Vaqqos musulmon bo’lib ulgurgan edi.

Sa’d ibn Abu Vaqqos har bir inson havas qiladigudek hususiyatlardan nasibador edi. Ammo shunga qaramay, u fazilatlarining faqatgina ikkitasi bilan faxrlanardi. Birinchisi, Alloh yo’lida birinchi bo’lib kamon otgan kishi eti. Ikkinchisi, Payg’ambar alayhissalom ota-onalarini yolg’iz ungagina fido qilishlarini aytganlar. Uhud kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: “Ot, ey Sa’d, ot, ota-onam senga fido bo’lsin, ot”, degan edilar.

Sa’d ibn Abu Vaqqos eng jasur chavandozlardan hisoblanardi. Uning ikki quroli bo’lib, birinchisi kamonning o’qi bo’lsa, ikkinchisi duosi edi. Jangda dushmanga qarab uzgan o’qi aslo hato ketmagan, Allohga yuzlanib qilgan birorta duosi ijobatsiz qolmagan. Bunday xususiyatlarning sababi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uning haqqiga qilgan duolaridir.

Kunlarning birida Rasululloh Sa’dning bir ishidan ko’zlari quvonib qalblari xursand bo’lib, uning haqqiga mana bu duoni o’qidilar: “Allohim, uning o’qlarini to’g’irlab, duosini ijobat qil”

Sadaqa qilish bobida u barchaga ustoz bo’ldi. Alloh yo’lida qilgan infoq-ehsoni halol va pok yo’l bilan to’plagan molidan ziyoda edi.

Hajjatul vado’da shunday bo’lgan edi: Sa’d qattiq kasal bo’lib qoldi. Uning huzuriga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kirganlarida, Sa’d Janobimizdan so’radi: “Ey, Rasululloh, men badavlat kishiman birgina qizimdan o’zga merosxo’rim yo’q, shuning uchun molimdan uchdan ikki qismini sadaqa qilaymi? ”  

Nabiy alayhissalom: “Yo’q” – dedilar

Sa’d: “Yarmisini-chi” deb so’radi.

Rasululloh sollallohu alayhissalom yana: “Yo’q”, dedilar.

Sa’d: “Uchdan birinichi?” deb so’radi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ha, mayli, ammo bu ham ko’p. Chunki, o’z merosxo’rlaringni qashshoq va odamlardan tilanadigan holda qoldirishingdan, ularni boy-badavlat qilib qoldirishing afzaldir. Albatta, Allohning yuzini istab qilgan sadaqotingning har biriga ajr olasan. Hatto, ayolingning og’ziga solgan luqmangga ham ajr bor”, dedilar.

       Manbalar asosida

“Ko’kaldosh” o’rta-maxsus islom bilim yurti 2 kurs talabasi

Abdurashidov Muhammadnur tayyorlandi.

 

«қ

-
: 07:00
: 07:53
: 13:10
: 15:50
: 17:30
: 18:50
Ңқ қ »
» »
»
Telegram