Ahli zikrning fazilati
18 май 2019 й.
80 марта ўқилди.

 
Ahli zikrning fazilati

Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v.) ahli zikrlarni Alloh taologa eng yaqin zotlar ekanligini hadisi shariflarida aytib o’tganlar. 
Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda payg’ambarimiz (s.a.v.) aytadilarki: “Alloh taoloning yo’llarda aylanib yuradigan farishtalari bordir. Ular ahli zikrlarni qidirib yuradilar. Agar Alloh taoloni zikr qilib turgan jamoani topsalar, izlab yurganlaringizga kelinglar  deb bir-birlarini chaqiradilar.  Qanotlari bilan ahli zikrlarni  o’rab oladilar dunyo osmonigacha. Robbilari ulardan so’raydi vaholanki robbilari ulardan biluvchiroqdir. Bandalarim nima deyapti ? Farishtalar aytadilarki :bandalaring  senga  tasbeh aytayaptilar, takbir aytayaptilar, hamd aytyaptilar va seni ulug’layaptilar. Alloh taolo aytadiki: ular meni ko’rganmi? Farishtalar javob beradilarki: yo’q qasam sengaki  ular seni ko’rganlari yo’q. Alloh taolo aytadiki qanday qilardilar meni ko’rganlarida? Farishtalar aytadilarki agar seni ko’rgablarida senga qattiq ibodat qilardilar, qattiq seni ulug’lar edilar va senga  ko’p tasbeh aytadilar. Alloh taolo aytadiki: bandalarim  nimani so’rayaptilar? Farishtalar jannatni so’rayaptilar deb  javob beradilar. Alloh  taolo aytadi ular uni ko’rganmi? Yo’q  senga qasamki ey robbimiz ular uni ko’rgani yo’q. Qanday qilardilar agar  ular jannatni ko’rganlarida? Farishtalar javob beradilarki: agar ular jannatni ko’rganlarida unga qattiq hirs qoyardilar va uni qattiq talab qilardilar va unga bo’lgan rag’batlarini buyuk qilardilar. Alloh taolo badalrim nimadan panoh tilayaqptilar deb so’raydi? Farishtalar do’zaxdan deydilar. Alloh taolo so’raydi ular uni ko’rganmi? Farishtalar aytadilarki qasam senga ey robbimiz ular uni ko’rgani yo’q .Alloh taolo aytadi agar uni ko’rganlarida qanday qilardilar? Farishtalar javob beradilarki agar bandalaring  uni ko’rganlarida undan qattiq qochardilar va undan  qattiq qo’rqardilar. Alloh taolo aytadiki guvoh qilaman sizlarni   batahqiq men ularni kechirdim. Shunda farishtalardan biri aytadiki ularning orasida falonchi bor u  ulardan emas, albatta u o’zining  hojati uchun kelgan. Alloh taolo aytadiki ular bilan birga  o’tirganlar  badbaxt bo’lmaydi”. Imom Buxoriy rivoyati.
Alloh taolo barchalarimizni mana shunday baxtu saodatga muyassar etib ahli zikrlardan bo’lishimizni nasib qilsin . 

Kogon tuman “Xo’ja Ka’bul Axbor Vali”
 jome’ masjidi imom xatibi 
Odilov Haydar.  
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 04:25
Куёш: 05:08
Пешин: 13:10
Аср: 18:30
Шом: 20:20
Хуфтон: 21:45
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Аудио
Telegram