Barcha odoblarni qamragan hadislardan biri
25 2020 .
150 қ.

 

Barcha odoblarni qamragan hadislardan biri

Ma’lumki, dinimiz asoslari uchga: e’tiqod, ahkom va odoblarga bo’linadi. Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam avvalgi ikki ilmga qanchalik e’tibor bergan bo’lsalar, undan kam bo’lmagan darajada odobni sahobalarga va biz ummatga o’rgatganlar. Buning yaqqol misolini quyidagi hadisda ham ko’rishimiz mumkin. Ba’zi ulamolar barcha yaxshi odoblar to’rtta hadisdan kelib chiqqan, deyishadi va ularning ichiga mazkur hadisni ham kiritganlar:
عن أبي هريرة رضي الله تعالى عنه أن رسول الله صلى الله عليه وآله وسلم قال : من كان يؤمن بالله واليوم الآخر فليقل خيرا أو ليصمت ومن كان يؤمن بالله واليوم الآخر فليكرم جاره ومن كان يؤمن بالله واليوم الآخر فليكرم ضيفه  رواه البخاري ومسلم
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rsululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, yaxshilikni gapirsin yoki sukut saqlasin. Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, qo’shnisini ikrom qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini ikrom qilsin”. (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Hadisning boshidagi imon Allohning azobidan najot beradigan, rozligiga yetkazadigan imon ma’nosidadir.
Alloh taolo Qur’oni Karimda quyidagicha marhat qiladi.
ما يَلْفِظُ مِنْ قَوْلٍ إِلاَّ لَدَيْهِ رَقِيبٌ عَتِيدٌ
“U (inson) biron so’zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa), uning oldida hoziru nozir bo’lgan bir kuzatuvchi ( farishta u so’zni yozib olur)”. (“Qof” surasi, 18-oyat.) 
Muoz roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam tillarini ko’rsatib, buni tiygin, dedilar. Shunda sahobiy: 
“Ya rsululloh, gapirgan narsalarimiz bilan ham jazolanamizmi”, deb so’raganda, Payg’ambarimiz sollalohu alayhi vasallam: “Sho’ring qurisin, ey Muoz, insonlarning burunlari bilan do’zaxga tashlanishiga tillari qilgan narsalar sabab bo’ladi” deb, javob berganlar. 
Hadisimizdagi “Yaxshilikni gapirgin yoki sukut saqlagin” degan iboradan sukut saqlab turgandan yaxshi so’zlarni gapirish afzal, yomon so’z aytgandan esa sukut saqlash afzal ekanini tushunamiz.
Qo’shniga yaxshilik qilishga kelsak, shariatimizda qo’shnining haqi alohida ta’kidlangan. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Jabroil qo’shni borasida shunchalik ko’p vasiyat qilganidan o’ylab qoldimki qo’shni ham (yaqin qarindoshlar kabi) merosxo’r bo’lib qolsa kerak”, deb marhamat qilganlar. 
Mehmondo’stlik bu islomdan, nabiylar va solihlarning xulqidan sanaladi. Mehmonni ikrom qilishga mehmonga ochiq yuzli bo’lish, shirin so’zlarni gapirish va eng muhimi, qodir bo’lganicha taom hozirlash kiradi.
  
IBROHIM TEMIROV
Mir Arab oliy madrasasi o’qituvchisi
 
«қ

-
: 04:40
: 05:30
: 13:10
: 18:30
: 20:15
: 21:45
Ңқ қ »
» »
»
Telegram