Baxilik momindagi yomon sifat
23 2019 .
220 қ.

 
Baxilik mo’mindagi yomon sifat

Har  bir mo’min musulmon banda saqlanishligi lozim bo’lgan qalb xastaliklaridan biri baxilikdir. Ulamolarimiz baxilik haqida bir qanch tariflarni aytib o’tganlar .
Ibn Hajar: “Baxilik saqlab turilgan narsadan talab qilinganda man qilishdir”, degan. 
Jurjoniy aytadilarki:  “Baxilik  o’z molini man qilish dir” . Bu tariflar  bir-birini to’ldirib keladi. Shariyatimizda esa ” baxilik “ berish lozim bo’lgan nafaqani qilmaslikdir. 
Alloh taolo  “Oli  Imron“ surasida:  “Alloh  o’z fazlidan bergan narsaga baxilik qilganlar buni o’zlariga yaxshilik deb hisoblamasinlar.  Aksincha, bu ularga yomonlikdir. Qiyomat kuni baxilik qilgan narsalari  bo’yinlariga o’ralur. Osmaonlaru yerning merosi  Allohgadir.  Va Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir” , degan (180-oyat) 
Islom ta’limoti bo’yicha, insonning  qo’lidagi mol dunyo unga Alloh  o’z fazlidan bergan omonatdir. Shuning uchun, u mazkur berilgan mol dunyoni uning haqiqiy egasi bo’lgan Alloh taoloning roziligi yo’lida sarflashligi kerak . Agar banda baxilik qilib mol dunyosini  Alloh roziligi yo’lida sarflamasa erta qiyomatda pushaymon bo’ladi. 
Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat qilinadi: “Rasulloh (s.a.v.) xutba qildilar va: “Baxilikdan  saqlaninglar. Chunki u sizdan oldingilarni halok qilgan. Ularni baxilikka amr qildi, baxilik qildilar. Ularni aloqalarni uzishga buyurdi, uzdilar. Fujurga buyurdi, fujur qildilar“ , -dedilar”. 
Hadisda zikr qilingan mazkur insonlar o’zlari baxilik qilganlari yetmagani dek, boshqalarni ham baxilika buyuradilar. Bu esa mo’min musulmonga xos emas. Hamda Payg’ambarimiz 
(s.a.v.) hadislarida qoralangan yomon xulqlardan biridir.
Abu Bakr (r.a.)dan rivoyat qilinadi: “Nabiy (s.a.v.): “Jannatga buzg’inchi ham, minnatchi ham, baxil ham kirmaydi “, dedilar“. 
   Abu Said (r.a.)dan rivoyat qilinadi : “Nabiy (s.a.v.) : “Ikki xislat mo’minda jam bo’lmaydi: Baxillik va badxulqlik”, - dedilar “  
Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning yuqoridagi hadisu shariflarida zikri kelgan yomon xislatlar mo’min kishiga tamoman bo’lmaydi. Chunki mo’min kishi husni xulq sohibi bo’ladi. Alloh taolo barchlarimizni ana shunday husni xulqlarga muyasar qilsin.

Kogon numan “Xo’ja Kabul Axbor Vali”
 jome’ masjidi imom xatibi Odilov Haydar
«қ

-
: 05:25
: 06:04
: 13:10
: 17:40
: 19:30
: 20:55
Ңқ қ »
» »
»
Telegram