Bola tarbiyasiga ahamiyat beraylik
01 июн 2015 й.
1725 марта ўқилди.

 Bola tarbiyasiga ahamiyat beraylik

Bola tarbiyasiga eng oldin ota-ona javob beradi. Ular bolalarini zarur va foydali mashg`ulotlar bilan band qilishlari kerak. Bola ongi bo`sh turmaydi. Uydagi tarbiya bolani qoniqtiqmasa, u ko`chaga intiladi va o`zi bilmagan holda boshqa “dunyo” komiga kira boshlaydi. 
Bugun kim bilan o`tirib gaplashsangiz, darrov farzandiga begona va buzg`unchi g`oyalar ta`sir etayotganidan shikoyat qiladi. Ba`zi xonadonlarda farzandlar axloqi katta muammoga aylangan. 
Yangi asrda axborot tezligi taraqqiyotga ijobiy ta`sir ko`rsatyapti. Ayni chog`da qator muammolarni ham keltirib chiqaryapti. Internet va uyali telefon orqali yoshlarga qilinayotgan hujumlardan saqlanish eng kata muammoga aylandi. Ehtiyot choralari izlanyapti, lekin bu  yechim va choralar ko`pi faqat nazariy, ularni amalda qo`llash qiyin.
Bugun ko`plar takrorlaydigan iboralar: “farzandim meni tushunmaydi”, “menga itoat qilmaydi”, “nasihatimga quloq solmaydi”, “kunduzi uxlab, tunda televizor ko`radi”, “aka-ukalari bilan janjallashadi”, “ko`p yolg`on gapiradi” vahokazo… bu muammolarning yechimi bor albatta.
O`tgan ulug`larimiz bola xulqi buzilishiga ko`pincha ota-ona sababchi bo`lishini ta`kidlashgan.
Ichki asosiy sabablar:
- Alloh taolodan yordam so`ramaslik yoki so`rashda kamchilikka yo`l qo`yish;
- Oilani boshqarishda ota-onaning muayyan tutumi va aniq maqsadi yo`qligi;
- Bola go`daklik davridanoq tarbiya uslublarini yo`lga qo`ymaslik yoki ularni bilmaslik;
- Moddiy ta`minotni haddan oshirib yuborish yoki umuman ta`minlamaslik;
- Bolaning ta`lim olishidan maqsadi yo`qligi yoki darslarni o`zlashtira olmasligi;
- Maktabga ota-ona majburlashi bilan borishi;
- Bolaning ota-onadan qoniqmasligi;
- Murabbiydan qo`rqishi;
- Ota-onadan mehr ko`rmay, boshqalardan shirin so`zlar eshitishi;
- Ota-onaning farzandi oldida janjallashishi;
- Ota-onaning farzandlaridan birinigina maqtashi;
- Ishlarni raqat chaqqon bolaga yuklab, boshqalariga e`tabor bermasligi;
- Otaning uzoq vaqt uyda bo`lmasligi;
- Kichik yoki arzimas xatoni bo`rttirish;
- Uydagi holat bilan talab qilinayotgan narsaning bir-biriga zidligi;
- Bolaning xatosini to`g`ri tushuntirmaslik, boshqa bolalarga solishtirish. Bu ish xato. Chunki har bir bola o`z shaxsiyati va tabiatiga ega. 
Tashqi ta`sirlar:
- Muallimning o`zi o`rgatayotgan fan maqsadini bilmasligi;
- Bola o`z atrofida o`rnak bo`ladigan shaxslarni topa olmasligi;
- Shahvatni qo`zg`atuvchi omillar;
- Aloqa vositalari rivojlanib ketishi tufayli yomon do`stlarning ko`pligi.
- Tengdoshlaridan tashqi ko`rinishi bilan ajralib turishi;
- Ortiqcha qo`pollik va qattiqqo`llik hamda o`rinli-o`rinsiz kaltaklayverish. Bu illatlar tufayli bolaning fe`li buziladi. 
Bugun bu muammolar qarshisida chorasizdek turib qolmasligimiz yoki voqe`likdan ko`z yumib olmasligimiz kerak. Uyimiz, ko`cha-kuy, yashab turgan jamiyatimizdagi muhit, ta`lim tarbiya muassasalari – bularning barchasi tarbiya omillaridir. Ammo hozir dunyoning har tomonidan yoshlarga maxsus yo`naltirilgan maqsadli “tarbiya uslublari” ham borligini unutmaylik. Zero, yaxshi bola ikki dunyo saodatiga vosita bo`luvchi sadaqai joriyamiz bo`ladi, insha Alloh.
Oybinoq jome masjidi imom xatibi
O`tayev Muhammadjon
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:05
Куёш: 05:55
Пешин: 13:10
Аср: 18:05
Шом: 19:50
Хуфтон: 21:20
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram