ERTAM SENSAN BOLAJON
21 2017 .
1523 қ.

 ERTAM SENSAN BOLAJON

Bolalar – ertangi kunimiz, o’rinbosarlarimiz, amallarimiz davomchilari. O’ylab qolasan kishi: vorislarimizni «Vatan kelajagi» deb atalmish ulkan kemani boshqarishga qanchalik tayyorlay olyapmiz.
Majlis – yig’inlarga shoshilamiz. Yugur – yugurlarning keti yo’q. Bir kunda, bir oyda, bir yilda qancha vaqt ajratyapmiz farzandlarimizga? Har oqshom oilamizni dasturxon  atrofida jamul jam ko’rish uchun uyga shoshilamizmi?
Texnika rivojlangan, virtual olam bolalar tugul, kattalarni ham domiga tortib olayapti. Telefonomaniya, internetomaniya, serialomaniya kabi ijtimoiy hastaliklar ko`pchilikning jismu ruhiga yopishgan. Glaballashuv jarayoni sababli dunyoda millatimiz va sharqono qarashlarga zid mafkuralar, “ommaviy madaniyat”, yengil hayotga intilish, xudbinlik kabi illatlar tobora keng tarqalyapti. Har qanday vaziyatda “haqman” , deya da’vo qilish, ota-onaga tik boqish, ustozlar bilan teng olishish bunday holatlar millatimiz, xalqimiz tabiatiga xos emas! Farzanlarimizni shu kabi xurujlardan himoyalash uchun imkon qadar harakat qilyapmizmi? Farzandlarni zararli ta’sirlarga qarshi tura oladigan, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni ardoqlaydigan qilib tarbiyalash, ularda xalqimizga xos bag’rikenglik va olijanoblik fazilatlarini shakllantirish eng muhim vazifalarimizdir.  Bu burchimizni yetarli darajada ado etyapmizmi? Tan olaylik, bu savollarga doim ham ijobiy javob berolmaymiz. Ammo bir holat – mamlakat miqyosida qilinayotgan ishlar odamni quvontiradi.
Davlatchiligimiz rivoji qat’iy mezonlarga tayanadi. Shulardan biri kelejak avlod oldidagi yuksak mas’ulyatni anglashdir. Mustaqil yurtimizda yoshlarga oid masalalar qariyb barcha davlat dasturlari, hukumat qarorlarida o’z aksini topmoqda. Ularning ta’lim olishi, mehnati, turish – turmushi uchun yetarli sharoit yaratib berish yo’lidagi chora – tadbirlar muttasil amalga oshirib kelyapti. Ertangi kun ravnaqiga xizmat qiladigan ustuvor yo’nalishlar hayotga tadbiq etilishi uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar qilinmoqda. 
Bolajon xalqmiz. Ertangi kunni farzandimizning porloq kelajagisiz tasavvur qilolmaymiz. Jigarbandimiz muvaffaqiyatidan uning o’zidan ham ko’proq suyunamiz. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek:  “Yoshlarimizning yutuqlarini ko’rib, bugun bizning davrimiz keldi, dunyo bizni tan olyapti, degan yuksak g’urur – iftixor tuyg’usi, katta ishonch bilan yashashimiz tabiiydir”.
 “Bolalar jannat rayhonlaridir”. Payg’ambarimiz (s.a.v.) “Jannat rayhonlari” deya ta’rif bergan farzandlar inson umrining eng shirin mevalaridir. Shu bois har biro ota-ona farzandi dunyoga kelgan ondan boshlab, unga butun mehrini beradi, bor imkonini sarf etadi, barkamol bo’lishini niyat qilib tarbiyalaydi. Ko’zlagan maqsad esa farzandining baxti, ertangi kunining porloq bo’lishidir. Zero, tarbiya masalasi qadimdan har zamon va makonda nihoyatda dolzarb hisoblanib kelgan.
Yutimizda qadimdan odob – axloq va ta’lim – tarbiyaga katta e’tibor berilgan. Muqaddas dinimiz har taraflama go’zal xulqli, iffatli va hayoli bo’lishga , nafsni poklashga buyuradi. Axloqiy tarbiyani inson kamolotining ajralmas qismi hisoblaydi. Zero, Islom dini insonlarni hamisha ezgulikka chaqirib, yomonlikdan qaytaradi. Dinimiz targ’ib etgan odob-axloq jamiyatda ezgu qadriyat, chiroyli xulq va ma’naviy fazilatlar asosi hisoblanishi hech kimga sir emas. Marhum yurtboshimiz: ”Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida farzandlarimizning ma’naviy tarbiyasi haqida alohida to’talib: “Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirliimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga, o’zibo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir – oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy tarqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”, degan fikrlarini doimo yodda tutishimiz zarur. Xalqimizda: “Bir bolaga yeti qo’shni ota-ona”, degan ibratli maqol bor. Shu birgina so’zning o’zidan ham ota-bobolarimiz farzand tarbiyasiga qanchalik e’tibor berganini bilsa bo’ladi. Hadisi shariflarda insonlarning yaxshilari go’zal xulqli va chiroyli muomalali kishilar ekani ta’kidlanadi. Jumladan, Rosululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadisda: “Albatta, sizlarning eng yaxshilaringiz yaxshi xulqlaringizdir”, deyilib, go’zal axloq ulug’langan.
      Oilada yaxshi tarbiya topgan farzand yaxshi va yomonni farqlay oladi. Qaysi oilada, Qaysi mahallada yoshlar tarbiyasi yaxshi yo’lga qo’yilar ekan, o’sha oila, o’sha mahalla, o’sha yurt gullab yashnaydi. Bu esa jamiyatning ravnaq topishiga olib keladi. Albatta, bu borada biz – ulamolar va imom-xatiblar yelkamizda katta mas’uliyat borligini his etishimiz zarur.
 
 
 
Qudratov Zarif
Volidai Abdulazizxon masjidi imom xatibi
 
 
 
 
 
«қ

-
: 06:40
: 07:30
: 13:10
: 15:55
: 17:30
: 18:55
Ңқ қ »
» »
»
Telegram