Diniy ekstremizm va fundamentalizm
13 2017 .
1901 қ.

 Diniy ekstremizm va fundamentalizm

            Diniy ekstremizm-muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassiblik, fonatik unsurlarning faoliyati mafkurasidir.
         Fundamentalizm- ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo’l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning  yo’nalishi. Diniy fundamentalizm aqidaning o’zgarmasligini himoya qiladigan, vahy va mo’jizalarning muqaddas kitoblardagi bayoninig harfiy bayoni talqini tarafdori, ularning har qanday majoziy talqiniga murosasiz, so’zma-so’z talqinga asoslangan e’tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qo’yadigan, muayyan dinity e'tiqod shakllarining boshlang’ich davrida belgilangan barcha yo’l yo’riqlarni qat’iy va og’ishmay bajarishini talab qiladigan oqimlarni ifodalashda qo’llaniladigan istilohdir.
      Hozirgi kunda, diniy ekstremistik oqimlar, o’zlarining g’arazli maqsadlari yo’lida diniy fundamentalizmni  bayroq qilib olmoqdalar.Aslida, ularning maqsadlari dunyoda yakka hukmronlikka erishish, davlatlar, millatlar va elatlar ustidan o’z so’zlarini o’tkazishdir. Ularda hech qanday insonlarni haq yo’lga boshlash, ularni yaxshilik ostida birlashtirish kabi niyatlari ham maqsadlari ham yo’q.  Keying yillarda Islom dinini niqob qilib olib, uni vayronkorlik ruhida talqin etayotgan, aslida o’zlari jaholat botqog’iga botgan ekstrimistik tashkilotlar, bugungi kunda o’z tuzog’iga ko’plab erkagu- ayollarni, yoshlarni, manaviy immuniteti mustahkam bo’lmagan, jamiyatda o’z o’rni va mavqeiga ega bo’lmagan  shaxslarni  o’z yo’lida ergashtirib ketmoqda.           
Yurtboshimiz aytganidek, “Yot  g’oyalardan faqat o’zimiz himoyalanish bilan chetlanib qolmay, odamlarga ham haqiqatni yetkazish kerak”ligi hammamizning  vazifamiz bo’lishi zarur.   
 
 
                 “Jo`ybori Kalon” ayol-qizlar o`rta-maxsus islom bilim yurti
                                            3-A kurs talabasi Sobirova Sohiba
 
«қ

-
: 06:40
: 07:30
: 13:10
: 15:55
: 17:30
: 18:55
Ңқ қ »
» »
»
Telegram