Duo ibodatdir
29 2019 .
344 қ.


Duo ibodatdir

Alloh taolo Qur`oni karimda  biz bandalarini unga duo qilib barcha  niyatlarimizni  faqatgina undan so’rashlikga chaqiradi. Shu bilan birgalikda duo qilib so’ragan bandalarini duolarini ijobat qilishini va’da qilgan. Bu haqida Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v.) ham bir qancha hadisi shariflarida takidlaganlar. No’mon Ibn Bashirdan rivoyat qilingan hadisda Payg’ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki: ”Duo ibodatdir “. Keyin quydagi oyatni o’qidilar: ”Robilaringiz  aytdi, menga duo qilinglar ijobat qilaman“. Imom Ahmad,  Imom Termiziy, Abu Dovud , Nasoiy va Ibni Moja rioyati. 
Abu Hurayradan rivoyat qilingan  hadisda Payg’ambarimiz (s.a.v.)  aytadilarki : “Allohga duodan mukaramroq  narsa yo’q”. Imom Termiziy va Ibn Moja rivoyati.
Payg’ambarimiz (s.a.v.) biz ummatlarini  robbimizga  duo qilishlikga chaqirib, duo qilishlik odoblarini  ham ta’lim berganlar. 
Jobir (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda Payg’ambarimiz  (s.a.v.) marhamat qiladilarki: ”Duo qiladigan hech bir kishi yo’q magaram duo qilsa Alloh taolo unga  so’ragan narsasasini beradi  yoki   undan so’ragani barobaricha yomonlikni ketkazadi. Agar gunohni va siylai rahmni uzishlikni so’rab  duo qilmasa“. Imom Termiziy rivoyati.
Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda Payg’ambarimiz (s.a.v.) aytadilarki: ”ijobat bo’lishiga ishongan holatda Alloh taologa duo qilinglar, bilinglarki albatda Alloh taolo g’ofil, beparvo qalbdan chiqqan duoni ijobat qilmaydi. Imom Termiziy rivoyati. 
Payg’ambarimiz (s.a.v.) ni biz ummatlariga  ta’lim bergan ko’rsatmalariga asosan duo qiladigan bo’lsak inshaalloh Alloh taolo ijobat qiladi. Alloh taolo barchalarimizni duolari ijobat bo’ladigan  bandalari qatorida qilsin. 

Kogon tuman “Xo’ja Kabul Axbor Vali”

jome’ masjidi imom xatibi Odilov Haydar 

«қ

-
: 07:05
: 07:56
: 13:10
: 15:50
: 17:30
: 18:50
Ңқ қ »
» »
»
Telegram