Diniy ekstrimizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitet.
17 2015 .
2442 қ.

 Diniy ekstrimizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitet.

 
Ektrimizm va terrorizm tushunchasini hech bir inson yaxshi, ahloqiy ibora tarzida zikr qilmaydi. Shu sababdan ham insonlarning yashash tarzi, jamiyatning farovonliga putur yetkazadigan bunday illatlarning ko’payishligi ongli ravishda biz va kelajak avlodimizga juda katta ta’sir ko’rsatadi. 
Davlatimiz mustaqillikga erishgandan keyin, mamlakat hududida diniy bag’rikenglik tushunchasi, dinlararo bag’rikenglik tuyg’ulari shakllanib oliy qomusimiz Konstitutsiyada ham din vakillariga hamda O’zbekiston fuqorolariga bir qancha erkinliklar berildi. Bunday vakolatlarning taqdim etilishligi hoh musulmon bo’lsin hoh nasroniy dinida yoyinki boshqa dinda bo’lsa ham ularga ibodat qilishlariga huquq va erkinliklar yaratilib qo’yildi. Masjid madrasalar qayta tiklanib diniy saboq olish va diniy ilmlarni mukammal o’rganishlik uchun shart sharoitlar yaratildi. Musulmonlar diniy idorasi va diniy qo’mitaning joylardagi faolligi yanada oshdi. Zero mamlakatimizga g’arazli ko’z bilan qarab turgan yovuz kuchlar har tomonlama bizga zarba berishga, bizning ma’naviyatimizga putur yetkazishga harakat qilib, diniy yusindagi turli xil adabiyot va darsliklardan noto’g’ri foyalanib jamiyat sof fikrini davlatga qarshi bo’lgan mafkuraviy g’oyalarga yuzlantirib qo’shtirnoq ichidagi vatanga, el – yurtga ota – onaga, oilaga va mahallasiga manfaat bo’ladigan jihod, shahidlik, hijrat tushunchalarini singdira bordi. Vaqtlar o’tib yurtimiz ishonch bildirgan shu qadar “olimalar” tomonidan buzg’inchi g’oyalar amalga oshirildi. Hattoki muqaddas diniy kitoblarimizda ko’rsatilmagan axloq odobga to’g’ri kelmaydigan katta buzg’unchiliklarga olib keldi. Bir qancha viloyatlarimizda terroristik namoyishlar o’tkazilib, qanchadan qancha odamlarning tinchligiga rahna soladigan, ularning osoyishtaligini buzadigan qo’paruvchilik harakatlari guvohiga aylandik. Bu hammasi ekstrimistik va terroristik guruhlar tomonidan amalga oshirilgan g’arazli maqsad yulidagi samarasiz intilishlar edi.  Ammo bu holatga erishish, osongina mamlakat ravnaqiga to’sqinlik qilish, ayniqsa qanchadan – qancha insonlarning sa’y  - harakatlariyu, orzu istaklari  bilan erishilgan go’zal O’zbekistonimizga zarar berishga hech kimning kuch qudrati yetmasligini hamma o’shanday buzg;unchi g’oya sohiblari tushunib yetdi.
“Biz hali farzandlarimizni ona vatanga muhabbat, boy tariximizni muqaddas dinimizga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun ta’bir joiz bo’lsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur”, - deb ta’kidlab o’tadi muhataram yurtboshimiz “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida. Ko’rinib turibiki, yurtning bosh maqsadi va elning shijoati bor ekan hech qanday mafkuraviy kuchlar mamlakatga zarar yetkaza olmaydi. Maktab va kollaejlarda bu haqda alohida tushuntirish ishlari, umumiy yig’ilishlar, seminarlar, koonfrensiyalar va hattoki o’rta maxsus bilim yurtlariga darslar qo’yilgan. Mahhallalarda esa doimo tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Sof islom olimlari tomonidan diniy kitoblarning hammasi qonunan bosmadan chiqib, mamlakatimizda diniy mafkuramizda toza islomni o’rganishga ahamiyat berilmoqda. Hanafiy masxabi olimlarining hamma kitoblarini o’zbek tilida bosmadan chiqishi, etiqod musaffoligini shakllantirish hamda diniy aqidamizni to’g’rilab olishimiz, yurtni bizdek kelajakka ishonch bilan qaraydigan va har – xil  mafkuraviy buzg’inchi omillarni bartaraf etib, shu kabi illatlarga qarshi kurashadigan immunititimizni rivojlantirish maqsadida mehnatlarini singdirib kelmoqdalar. 
Kimning fikri sayoz, ilmi kam, o’ziga ishonch yo’q va vaziyatlarni to’g’ri baholay olmasa uning aqidasini ham osongina buzish, g’oyaviv chalg’itish mumkin. Ko’rinib turibtiki, yoshlarga davlatimizning qaratgan etibori jamiyatda yuqorida keltirilgan zaif shaxslarning o’zidan – o’zi bo’lmasligini ko’rsatadi. Respublikamiz hududlarining har qanday joylarida sportga alohida etibor beriladi. Nafaqat sport sohasida balki, san’at, ilm – fan, axborot texnologiyalari sohasida ham jahonga teng kelib bellashadigan yetuk bilimli yosh avlodlarimiz yetishib chiqmoqda. Muhtaram yurtboshimizning yana biri fikrlarini shu o’rinda ta’kidlab, “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart ”, - degan iboralarini keltirib yurtimizning farovonligini, tinch totuv ekanligini yanada isbotlaymiz. G’oyaga qarshi g’oya bilan kurashish katta bilim va kuch talab qiladi. Kimki mana shunday kuch sohibi ekan, u har qanday diniy – aqidaviy, terroristik, ekstrimistik kuchlar va ularning g’oyalariga qarshi kurasha oladi. Shuning uchun ham ona Vatanimiz tuprog’ini, oilamiz, jamiyatimiz, har bir O’zbekiston fuqorosini, millatimiz osoyishtaligini ta’minlash, asrab avaylash sizu – bizning burchimiz hisoblanadi. Terrorizm va ekstrimizm asrning eng daxshatli mafkuraviy vabosiga aylangan bir vaqtda, unga qarshi kurashish, aynan diniy ektrimizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetimizni rivoj toptirib bomog’imiz zarur bo’ladi. Ogohlik esa davr talabi hisoblanadi.
 
Mir arab madrasasi 
talabasi Rahmonov Akbar
 
«қ

-
: 06:30
: 07:27
: 13:10
: 16:00
: 17:35
: 19:00
Ңқ қ »
» »
»
Telegram