Folbinlik haromdir...
25 2018 .
679 қ.

 

 Folbinlik haromdir...

    Barchamizga ma’lumki, so’ngi yillarda xalq orasida folbinlik va folbinlarga ishonuvchanlik avj olib ketdi. Bugungi kunga kelib, odamlar orasida o’z oldilarida uchragan muammolarni hal etishda Alloh taolodan emas, balki, folbinlardan yordam so’raydiganlar soni ko’paygani hech birimizga sir emas. Bu esa, o’z navbatida, insonning ma’naviy hayotiga tahdid soluvchi katta xatar hisoblanadi. Ushbu xatarni daf qilishda muqaddas dinimiz ta’limotlarini bilish juda ham muhimdir.
    Alloh taolo o'zining kalomi Qur’oni Karimda: "G’aybning kalitlari uning huzurida bo’lib, ularni uning o’zidan boshqa hch kim bilmas. U  yerdagi, quruqlik va dngizdagi narsalarni bilur. Bitta yaproq uzilib tushmaydiki, magar uni ham bilur. Yer tubidagi bir dona don bormi, ho’lu quruq bormi, barchasi ochiq kitobda bordir", deb marhamat qiladi.
An’om surasi 59-oyat.
    Boshqa bir oyati karimada Alloh taolo shunday deb marhamat qiladi: "Va butlarga so’yilgan hayvonlar ham, cho’plar ila fol ochishingiz ham harom qilindi. Bunday qilishingiz fosiqlikdir".
Moida surasi 3-oyat.
    Yana Alloh taolo Moida surasining 90-oyatida: "Ey iymon kltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va fol ochadigan cho’plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chtda bo’ling. Shoyadki, najot topsangiz", deya marhamat qilgan.
    Rosululloh sallallohu alayhi vasallam: "Kimki bir folbin huzuriga borib biror narsa haqida so’rasa va kyin folbin brgan javobga ishonsa, o’sha kishining qirq kun o’qigan namozi qabul bo’lmaydi", deganlar.
    Bir kuni sahobiylar Rosulullohdan sallallohu alayhi vasallamdan folbinlar haqida so‘rashdi. U zot: "Folbinlar haq emaslar", deydilar. Shunda sahobalar ayni sizu-bizni qiziqtirgan savolni berishadi: "Yo Rosululloh, ba'zida ularning gaplari to‘g‘ri chiqadi-ku?", dedilar. Shunda Payg‘ambar alayhissalom bunga javoban: "Jin bir haq gapni eshitib, o‘g‘irlab oladi-da, uni o‘zining odami ya'ni folbinning qulog‘iga quyadi. Ular esa, unga yuzdan ortiq yolg‘onni aralashtirib yuborishadi", dedilar.
    Demak, bu o‘rinda hech qanday ajablanarli, g‘ayrioddiy hodisa yo‘q. Kofir yo osiy jinlar (jinlarning ham insonlar kabi mo‘mini, kofiri, taqvodori va osiyi bo‘ladi) osmonga chiqib, yashirinib, farishtalarning suhbatidan u-bu narsani eshitib oladilar-da, kelib folbinlarning qulog‘iga quyadilar. Ular esa, unga yuzdan ortiq yolg‘onni aralashtirib, go‘l, laqma odamlarni chuv tushirishadi. Folbinlikning butun mohiyati, siri shu, xolos.
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: "Folbin sehrgardir, sehrgar esa, kofirdir", deganlar.
Dinimizda fol ochish harom ekan, fol ochtirish ham harom ekani aytilgan.
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: "Kimda-kim bashoratchi yoki folbinning oldiga borib, uning gapini tasdiqlasa, Muhammadga nozil qilingan narsalarga kofir bo‘libdi", deganlar.
  Bu dunyo imtihon dunyosi, imtihondan yaxshi o‘tishning bir yo‘li esa, hadislardan tushunilganidek, folchilarga ishonmaslik, garchi rost gapirayotgan bo‘lsalar-da, aytganlarini yolg‘onga chiqarishdir.
    Darhaqiqat, folbinlik gunohi kabiralardandir. Insonni adashtiruvchi kofir jinlar uch holatda odamning ichiga kirib olishi mumkin ekan: 
1. Gunohi kabira qilayotganda.
2. Qattiq xafa bo‘lganda.
3. Qattiq xursand bo‘lganda.
    Gunohi kabira qilayotgan paytda kirib olgan kofir jin insonni o‘sha gunoh bilan butkul zalolatga uchratishni reja qiladi. Inson o‘zini bu gunohdan saqlashga urinsa-da, jin vasavasa qilib, o‘sha gunohi kabirani qildiraveradi.
    Inson qattiq xafa bo‘lganda, taqdirdan malomat qilib, Allohni esdan chiqaradi.
    Qattiq xursand bo‘lganda ham Allohni unutadi. Shu holatda insonga jin kirib olishi mumkin.
    Eng yomon holat esa, jinning vasvasalaridan qutulish uchun ko'proq Qur’on o‘qib uni chiqarib yuborish o‘rniga, odamlar darhol folbinga yuguradilar. Folbinning ham ichida jin borligi uchun, bemorning ichidagi jin bilan muloqot qiladi. Kofir jin esa insonni zalolat botqog‘iga yana-da cho‘ktirish maqsadida, uning nomiga qurbonlik so‘ysa, o‘sha odamdan chiqishini aytadi. Folbin esa jinning talabi bitta tovuq yoki qo‘yni  qurbon qilish ekanini etkazadi. So‘ng inson jinning nomini aytib qurbonlik qiladi. Tanasidan jin chiqib ketganidan quvonib, folbinga ixlosi oshadi. Bu bilan u ikkita gunohi kabira qilib, iymonidan ajraladi: birinchidan, folbinni tasdiqlagani uchun, ikkinchidan Allohdan o‘zgaga atab qurbonlik so‘ygani uchun. Jin esa bundan so‘ng ham tinch turmaydi. Folbinga borib, o‘sha odamni o‘ziga yana bog‘lab berishini talab qiladi. Ixlosi tushgan bemorga folchi shu vazifani olmasangiz bo‘lmaydi, deb uqtiradi. Natijada yana yangi folbin paydo bo‘ladi. Alloh panoh bersin.
    Xulosa o'rnida Vohid Abdussalomning so'zlarini keltirmoqchimiz, u kishi shunday degandilar: "Ey singlim, sen eringni o‘zinga isitaman, deb harom folchilarga bording-a? Iymondan ajrading-a? Allohning rasuli qaytargan harom joyga halol pullaringni sarflading-a?
    Endi menga ozgina quloq solgin, senga halol sehrni o‘rgatay: Ering seni, farzandlaringni boqaman deb ko‘chada ishlab, horib uyga kelganida ro‘parasida kulib turgan, eri uchun go‘zal kiyimlarini kiygan xushsurat, xushmuomala ayolini ko‘rishni xoxlamaydimi? Sen esa bironta marosim bo‘lsa, birovlar uchun go‘zal kiyimlaringni kiyib, atir-upalar bilan o‘zinga oro berasan-u, shularni senga olib bergan ering ishdan kelganida esa dog‘lanmagan yog‘ hidi ufurib turgan yamoq kiyim bilan uni kutib olasan. Unga yaxshi keldingizmi, deya ko‘ngil so‘rash o‘rniga, kundalik g‘alvalaringni gapirasan. Shunday qilishga qilasan-u, keyin folchi qidirib yurasan. Singlim, sen ering uchun pardozlanishing va unga go‘zal muomala qilishing sehrning halolidir. Sen yana bunda Allohning rizoligini ham topasan".

Karimov Olimjon
Peshku tuman "Xo'ja Peshku" jome'
masjidi imom xatibi
 
«қ

-
: 04:40
: 05:30
: 13:10
: 18:40
: 20:20
: 21:40
Ңқ қ »
» »
»
Telegram