G'AYRI MUSULMON TERRORCHILAR
13 2017 .
962 қ.

 G'AYRI  MUSULMON  TERRORCHILAR

 Insoniyat tarixi jarayonida terrorchilarning na diniy va na hayotiy haqiqatga mos bo’lmagan soxta  g’oyalari va bu yo’ldagi qonli fojealarga sabab bo’layotgan  faoliyat usullari yuz minglab begunoh insonlar umriga zomin bo’lmoqda. Hozirda bu kuchlar o’zining jangariligi va ijtimoiy xavfliligi bilan tasvirlanmoqda.E’tiborli jihati shuki, ularning maqsadga erishish borasidagi faoliyatlari turlicha bo’lsada, tutadigan yo’llari bir xil: odamlarning tinch turmush tarzini izdan chiqarish va ularni qo’rquvda yashashga majburlash kuzatiladi .  Ular tomonidan olib chiqilayotgan soxta da’volari musulmonlar o’rtasida e’tibor topmayotgani hamda o’z harakatlarini ommaviy shaklda tashkil etolmayotgani jihatidan aholining ma’lum qatlamlari nomidan kurash taassurotini uyg’otish maqsadida terror yo’lini  tanlamoqda. 
     “Islom”  va “terror” sozlarini birikma –ibora shaklida ifoda etish ularning mazmun mohiyatiga ziddir. Sababi nafaqat islom , balki biror-bir samoviy din o’z ta’limotida zo’ravonlik, zulm va qon to’kishni oqlamagan va oqlamaydi ham. Ayniqsa, islom dini zulm va zo’ravonlikning har qanday ko’rinishini qat’iy  qoralagan.Qur’oni Karimning “Nahl”surasi 91-oyatida Alloh taolo marhamat qiladi:”Albatta ,Alloh adolatga, ezgu ishlarga va qarindoshga yaxshilik qilishga buyuradi hamda buzug'unchilik, yovuz ishlar va zulmdan qaytaradi”.
      Islom- insonparvar din.U bir insonga tajovuz qilishni butun insoniyatga tajovuz qilish yoki bir inson hayotini saqlab qolishni butun insoniyatni saqlab qolish, deya baholaydi. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Payg’ambar alayhissalom aytadilar:”Qiyomat kuni birinchi savol nohaq to’kilgan qonlar to’g’risida bo’lur”.
      Bugungi ommaviy axborot vositalarida tez-tez uchrab turadigan “islom terrorizmi” haqidagi da’volar “yahudiy terrorizmi”  haqidagi yoki “nasroniy terrorizmi”  tushunchalari kabi puch va asossizdir. Zero, islomda ham boshqa samoviy dinlar kabi terror yoki odamlar ustidan boshqa shakldagi zo’ravonlikka o’rin yo’q. Hozirda “terror”deb atalayotgan harakatla islomda allaqachon “ulkan gunoh”, deb belgilab qo’yilgan.
Muqaddas dinimiz ta’limotini o’rganar ekanmiz, u ko’z o’ngimizda doimo ezgulik, vatanparvarlik, tinchliksevar  kabi yuksak fazilatlarga chaqiruvchi, ayni paytda adovat, zulm, zo’ravonlik, buzg’unchilik, vatanga xiyonat kabi qabih ishlardan doimo uzoqda bo’lishga buyuruvchi ta’limot sifatida namoyon bo’ladi. 
 
 
                         “Jo`ybori K alon ayol-qizlar o`rta-maxsus islom bilim yurti                                       
                                          3-A kurs talabasi Muhammadova Madina
«қ

-
: 07:05
: 07:56
: 13:10
: 15:50
: 17:30
: 18:50
Ңқ қ »
» »
»
Telegram