G'iybat haromdir
09 2018 .
621 қ.

 

G'iybat haromdir

    Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim umrida bir marta g‘iybat qilsa, Alloh uni o‘nta uqubat bilan azoblaydi: Allohning rahmatidan uzoqlashadi; farishtalar unga hamroh bo‘lmaydi; o‘lim vaqtida jon berishi qiyin bo‘ladi; do‘zaxga nomzod kimsaga aylanadi; jannatdan uzoqlashadi; qabrda azobi qattiq bo‘ladi; qilgan amallari puchga chiqadi; u sababli mening ruhim bezovta bo‘ladi; Alloh unga g‘azab qiladi; qiyomat kunida muflis kimsalardan bo‘ladi".

    Abu Umoma aytadilar: "Qiyomat kuni bir bandaga nomai a'moli beriladi. Unda o‘zi qilmagan savoblarni ko‘rib: "Bular qayerdan keldi?", deb so‘raydi. Alloh unga: "Bular seni g‘iybat qilgan odamlarning amali", deb javob beradi.

    Hasan Basriyning oldilariga bir kishi kelib: "Sizni falonchi g‘iybat qildi", deganda, g‘iybat qilgan kimsaga bir tovoq shirinliklar yuborib: "Sen menga savoblaringdan hadya qilding, men esa senga bularni hadya qildim", degan ekanlar.

    Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "G'iybatdan saqlaninglar, chunki g‘iybatchida uchta ofat bor: uning duosi ijobat etilmaydi; savoblari qabul qilinmaydi; gunohlari ziyodalashadi", dedilar.

    Jobir ibn Abdulloh deydilar: "Biz

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bilan birga edik. Shu payt sassiq, badbo‘y hid keldi. U kishi: "Bu qanday hid ekanini bilasizlarmi?", dedilar. Sahobalar: "Alloh va uning rasuli biluvchiroqdir", deyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "Bu mo‘minlarni g‘iybat qilayotgan kishilardan kelayotgan hiddir", deb javob berdilar.

    Islomning avvalida g‘iybatdan chiqqan badbo‘y hid bilinganu, bizning zamonimizga kelib u nima uchun bilinmay qoldi?, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Hozirgi paytga kelib, g‘iybat shu darajada ko‘paydi-ki, burunlar u bilan to‘lib, badbo‘yligi bilinmay qoldi. Masalan, teri oshlovchining hovlisiga kirgan kimsa u yerda bir soat ham tura olmaydi. Holbuki, u yerda yashovchilar bemalol o‘tiraverishadi, chunki ular terining hidiga o‘rganib, moslashib qolgan bo‘lib, ularga sassiqligi bilinmaydi.

    Ulamolarning aytishlaricha, g‘iybat 4 xil bo‘ladi:

1. Muboh bo‘lgan g‘iybat, bunda g‘iybatchi gunohkor bo‘lmaydi,

2. Gunoh sanalgan g‘iybat, bunda g‘iybat egasi gunohkor bo‘ladi.

3. Nifoq g‘iybat, buning egasi munofiq bo‘ladi.

4. Kufr g‘iybat bo‘lib, bu holatda g‘iybat qiluvchi kofir bo‘ladi.

    Muboh g‘iybat gunoh va bid'atni oshkora qilguvchini g‘iybat qilish bo‘lib, bu xususida Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "Fojirdagi narsalarni zikr qilaveringlar, chunki odamlar undan ehtiyot bo‘lishlari lozimdir", deganlar.

    Gunoh g‘iybat  g‘oyib  insonning aybini bir jamoatning oldida uning ismini aytib zikr qilishdir. Bunday kimsa osiy bo‘lib, tavba qilishi vojib bo'ladi.

    Nifoq g‘iybati bir insonni boshqa birovning oldida ismini aytmasdan zikr qilish. Ahli majlis g‘iybat qilinayotgan odamni bilsa-da, g‘iybatchi o‘zini taqvodor ko‘rsatib, uning ismini aytmaydi. Bu esa munofiqlikdir.

    Kufr g‘iybati esa g‘iybatchi bir insonning aybini ma'lum bir jamoat oldida ismini aytib, zikr qiladi. Agar unga: "G'iybat qilma", deyilsa, "Bu g‘iybat emas, men to‘g‘risini aytyapman", deydi. Alloh harom qilgan narsani halol sanagani uchun bu ish kufrga hukm qilinadi.

    Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "G'iybatchi jannatga kirmaydi, dedilar.

 

Karimov Olimjon

Peshku tuman "Xo'ja Peshku" jome'

masjidi imom xatibi. 

«қ

-
: 06:40
: 07:30
: 13:10
: 15:55
: 17:30
: 18:55
Ңқ қ »
» »
»
Telegram