Halol kasb baraka omili
19 2019 .
267 қ.

 
Halol kasb baraka omili

    Alloh taolo Taloq surasining 3-oyatida shunday marhamat qiladi:
وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُ
“Kim Allohga tavakkul qilsa, Allohning o’zi unga yetarlidir”., boshqa bir oyatda esa 
       “Ey, odamlar! Yer yuzidagi narsalardan halol-poklarini yenglar va shayton izidan ergashmanglar, chunki u sizlarga ochiq dushmandir”. (Baqara surasi 168-oyat)
      Halol bilan harom hammamizga ma’lum. Banda faqat Parvardigori halol qilgan narsalardan yeyishi lozim. Shubhadan ham to’xtashi lozim. Chunki, shubha narsalarga qo’l urdimi, demak, harom narsalarni tanavvul qilishlikka shaytonga yo’l ochiladi. Molu dunyo shahvati juda kuchli. Inson faqat moli bo’lishigina emas, balki moli to’p-to’p bo’lishini xohlaydi. Alloh taolo kalomi bo’lmish “Quroni Karim” Fajr surasining  20-oyatida shunday  marhamat qiladi:
“Va molni ko’p yaxshi ko’rasizlar”.
        Ushbu oyatdan mol-dunyoga muhabbat qo’yish insonning tabiatida borligi ma’lum bo’ladi bu muhabbat bo’lmasa dunyo obod bo’lmaydi. Bunda mol-dunyoni faqat yomonlayverish no’to’g’ri. Faqat mol-dunyo harom-harishdan topilgan bo’lsa yoki u nopok, haromxo’r odamning qo’liga tushib qolgan bo’lsa, mazammat qilinadi, yomonlanadi xolos. Chunki, bunday odam molni yomonlikka sarflaydi va isrof qiladi. Biroq shariatga muvofiq topilgan va shunday sarflangan mol haqida hech qanday yomonga bormaslik kerak. Odatda qo’liga birdan mol-dunyo tushgan odamda agar dindorlik taqvo bo’lmasa, hovliqib ketadi, darrov buzg’inchilik qilishga kirishadi. Firavn ahlidan bo’lgan Horun ham shunday nafsi buzuq, nasihat kor qilmaydigan, boylik qutirtirgan kimsalardan edi. U o’z qavmining nasihatlarini quloqqa olmadi boyligi tug’yonga ketkazdi va oxiri halokatga uchradi.
        Islom xususiy mulkchilikka keng yo’l ochib beradi, kishilardagi mol-mulk doimo halol-kasb qilib pok yo’l bilan topilishini ta’kidlaydi, nazorat qiladi va tekshiradi. Shuningdek, topilgan mol-mulkni halol pok yo’lda sarflash zarurligini ham qattiq tayinlaydi. Harom yeyishning zararlaridan ba’zilarini aytsak: harom olovga aylanadi, fikrlash qobiliyatini va zikr lazzatini ketkazadi, ixlosni kuydiradi, qalb ko’zini ko’r qiladi bandaning gunoh qilishiga asosiy sabab ham harom yeyishdadir, iymonni zaiflashtirib boraveradida, oxir oqibat iymondan ayiradi.
       Alloh taolo panoh bersin bunday illatlarni o’zimizga mujassam qilib olishligimizdan, mol-mulkimizni mana shunday yomon yo’llarda sarflashimizdan o’zi saqlab, Alloh doim bizni bilib, kuzatib turganini his qilgan holimizda rizqimizni haloldan izlab, doimo roziligini topadigan, jannatiga doxil bo’ladigan amallarida sarmoyamizni sarflashligimizni ham nasib ro’zi aylagan bo’lsin. 

Peshku tuman “Malishoyak” jom’e masjidi 
imom xatibi  Sh.Rahmonov
 

 

«қ

-
: 07:05
: 07:59
: 13:10
: 16:15
: 17:55
: 19:20
Ңқ қ »
» »
»
Telegram