Alhikam al Atoiyya: 7-hikmat
17 2015 .
1309 қ.

7- hikmat

 لا يشككنك في الوعد عدم وقوع الموعود و إن تعين زمنه لئلا يكون ذلك قدحا في بصيرتك و إخمادا لنور سريرتك

     Tarjima: “Agarchi vaqti ta`yinlangan bo`lsada va`da qilingan narsaning (o`z vaqtida) hosil bo`lmasligi seni (Allohning) va`dasiga hargiz shubhalantirib qo`ymasin! Zero bu (shubhalanish) aqlu-idrokingga nuqson yetkazib, qalbing nurini o`chirib qo`yadi”.

     Sharh: Ey inson, har qachon ham aybni faqat o`zingdan izla! O`z aybingni qidirish payida yursang Allohning nazdida martabang ulug` bo`lib, qalbing ma`rifat chirog`i bilan nurlanadi.
Senga Alloh biror narsani va`da qildimi uni albatta beradi, Sen U zotning va’dasiga qat’iy ishon. Faqatgina sen unga loyiq bo`lishing kerak xolos.  Allohning nazdida martabang buyuk bo`lib ba`zi ishlarni oldindan ilhom yoki solih tushlar yordamida biladigan bo`lsang va senga bo`lishligi ayon bo`lgan ba`zi ishlar ro`yobga chiqmay qolsa u holda ham o`zingni uning shartlariga to`liq javob berolmaslikda aybla!       “Allohning va`dasi amalga oshmadi” - degan fikr hargiz xayolingga kelmasinki bu- yonib turgan shamni puflab o`chirganda uy qanday qorong`u bo`lsa, qalbing nurini o`chirib qalbingni zulmatli holga keltiradi. Rabbing bilan o`ta odobli bo`lgan holda muomala qil! Uning va`dasi haqligiga va o`zing U zotning haqqini ado etolmayotganingga mukammal ishon. Unga qarab intilgan sari atrofing nurlanib oldin ko`rmagan haqiqatlarni ko`raverasan. Alloh taolo payg’ambariga , mu’minlarga yordam bergan va o’sha mu’minlarning shartlari topilganda boshqa mu’min-musulmonlarga ham yordam berishini va’da qilgan. U zotning va’dasi haq va aniqdir. Bunga iymon keltirish har bir mu’minning burchi!
 

Ulug'bek Jiyanov

Mir Arab madrasasi kutubxonachisi

 

«қ

-
: 06:40
: 07:30
: 13:10
: 15:55
: 17:30
: 18:55
Ңқ қ »
» »
»
Telegram