Huzayfa ibn Yamon
29 2017 .
824 қ.

Huzayfa ibn Yamon

 

Huzayfa aytgan hadisni tasdiqlang.

Qur’onni Abdulloh ibn Mas’ud o’qigandek o’qing.

Hadisi sharif

.

        Huzayfa ibn Yamonning ota yurti – Makka, ona diyori Madina edi. Sababi uning otasi Yamon asli Makkalik, banu Abs qavmidan edi, lekin qabiladoshlaridan birini o’ldirib qo’yib, Vatanini tashlab, Yoribga ko’chib ketishga majbur bo’lgan. U yerda banu Audulashhal urug’i bilan ittifoq tuzgan, ular bilan munosabatlari yaxshilanib, ularga kuyov bo’lgan. O’sha yerda og’li Huzayfa tug’ilgan.

       Huzayfa musulmon xonadonida ulg’ayib, ta’lim-tarbiya topgan. U Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni ko’rishga nihoyatda mushtoq edi. U zot sollallohu alayhi vasallamni tanigan-bilganlardan u kishi haqida so’rab-surishtirar edi, bilgani sayin u zot sollallohu alayhi vasallamga muhabbati ziyoda bo’lib bordi. Nihoyat Makkai mukarramaga safar qilib, Rosululoh sollallohu alayhi vasallamni ko’rish baxtiga muyassar bo’ldi. Uchratishi bilanoq “Men muhojirmanmi yoki ansoriymi, yo Rosululloh?” deb so’radi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:

       - Istasang muhojir, istasang ansorlardan bo’l. Yoqtirganingni tanlab ol, -dedilar.

       - Unda men ansoriy bo’laman, -dedi Huzayfa.

        Huzayfa Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning sodiq mulozimlaridan biri edi. Barcha g’azotlarda Payg’ambar alayhissalomning yonlarida sobit bo’lgan. Faqat Badr jangida qatnasha olmagan. Buning o’ziga yarasha sababi bor edi. Sababi u va otasi Quraysh mushriklari qo’liga tushib qoladi. Mushriklar uni Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldiga ketishyapti deb gumon qilishdi. Lekin ular Madinaga ketayotganlarini aytishadi va mushriklar ularni Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga yordam bermaslik hamda ularga qarshi urushmaslik sharti bilan qo’yib yuborishdi. Madinaga borib Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan bo’lib o’tgan voqea to’g’risida maslahat so’rashdi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday javob berdilar: “Ahdimizga vafo qilamiz. Yordamni Allohning o’zidan so’raymiz”.

       Uhud G’azotida u ham, otasi Yamon ham qatnashishdi. Otasi mana shu jangda shahid bo’ldi. Aslida Rosululloh sillallohu alayhi vasallam otasini va Sobt ibn Vahshni shaharda qoldirgan edilar. Ammo ular Rosulullohga yordam berish maqsadida qurollanib, jang maydoniga qarab yo’l oldilar. Alloh ularga shahidlikni nasb etishidan umidvor edilar. Shunday ham bo’ldi. Sobt ibn Vahsh mushriklar qo’lida shahid bo’ldi, ammo Yamon anglashilmovchilik tufayli musulmonlar tig’idan vafot etdi. Huzayfa otasining o’limiga sababchi bo’lgan kishilarga qarata: “Alloh sizlarni kechirsin, zero U rahmlilarning rahmlisidir”, deb qo’ydi, otasining xunini olmadi. U:

       - Otam shahidlik talabida chiqqan edi. U orzusiga erishdi. Men Allohning guvohligida otamning xunidan musulmonlar foydasiga voz kechaman, - dedi. Bu ishi Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning e’tiborini qozondi. Huzayfada Rosululloh sollallohu alayhi vasallam qayd etgan uchta fazilat bor edi: anchagina mushkul muammolarni hal qilishga qodir nodir zakovat, zarur bo’lgan paytda fidoyilik ko’rsata bilish va sirni puxta saqlay olish. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam unga sahobalardan hech kimga aytmagan sirlarini aytdilar. O’sha kundan boshlab Huzayfa “Payg’ambar sirining sohibi”, deb atala bo’shladi. Buning sababi uning sirni puxta saqlay bilish fazilatida edi.

       Huzayfa ibn Yamon Handaq g’azotida jasorat ko’rsati. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam uni dushman haqida ma’lumot olib kelish uchun jo’natdilar. Unga faqatgina ma’lumot olib kelishni, boshqa hech narsa qilmaslikni qattiq tayinladilar. Huzayfa tun zulmatida hech kimga sezdirmasdan mushriklar orasiga kirib oldi. Dushman boshchisi Abu Sufyon o’zlarining noqulay holatda ekanliklarini va hozir urushning mavridi emasligini Quraysh mushriklari jamoasiga ta’kidlab, o’zi esa tuyasiga minib, juftakni rostlaydi. Huzayfa uni bir o’q bilan qatl qilishi mumkin bo’lganini, ammo Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning buyruqlari uni to’xtatib qolganini ta’kidlaydi.

       Nahovand, Daynavor, Hamadon va Ray kabi fors shaharlarini fath etishda nihoyatda ulkan xissa qo’shgan edi. Shunungdek u musulmonlarni yagona Mus’hafi Sharifga ittifoq qilishlariga ham sabab bo’lgan. Huzayfa Robbisining huzuriga rihlat qilar chog’i so’nggi so’zlari shunday edi: “Orziqib kutilgan habib keldi. Nadomat chekkan najot topmas…”.

Bu so’zlarning zamirida qancha so’zlar mujassam. Habibi Muhammad sollallohu alayhi vasallamga bo’lgan muhabbati shu qadar kuchli edi.

       Alloh u zotni rahmatiga olsin!

Manbalar asosida

“Ko’kaldosh” o’rta maxsus islom bilim yurti talabasi

Obidov Qosimjon tayyorladi.

«қ

-
: 05:15
: 06:01
: 13:10
: 17:50
: 19:40
: 21:05
Ңқ қ »
» »
»
Telegram