Internetga in qurganlar
13 2017 .
947 қ.

 Internetga in qurganlar

Hozirgi kunda internetsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. U bizga juda ko’p qulayliklar beradi. Masalan,  bundan bir oz oldin boshqa yurtdagi yaqinlarimizni ko’rishga mushtoq bo’lib turardik, hozirgi kunda esa ular bilan har kuni soatlab gaplashish  va  ko’rishish imkoniyaga egamiz. Hozirgi  kunda  O’zbekiston  aholisining  38% i  internetdan foydalanadi. Internetga telefon,uyali aloqa,elektr simlari elektron to’lqinlar orqali ulanish mumkin.Internetning foydali tomonlari qanchalik ko’p bo’lishi bilan birga uning zararlari ham ko’pdir.Bugungi kunda axborot urushi  shiddat bilan avj olmoqda. Yovuz maqsadli kimsalarga o’z maqsadlarini yoyish va unga boshqalarni ham ergashtirish uchun internet qulay axborot tarmog’iga aylangan. Afsuslanarli joyi shundaki hozirgi kunda ko’p insonlar ularning aldovlariga,islom niqobi ostidagi g’arazli maqsadlariga osongina aldanib ketishayapti. Chunki ularning aksaryati aslida islom dinidan umaman xabari yo’q bo’lgan va internetdagi yod g’oyalarga ergashib uni tog’riligiga ishontirilgan kishilardir. Ularga ergashayotganlarning ko’pchiligi yoshlardir. Chunki hozirgi    kunda yoshlar kitob o’qish o’rniga internetdagi saytlarga kirish bilan vaqatlarini o’zqazishayapti.  Oqibatda esa turli xil oqimlarning girdobiga tushib qolishayapti. 
Alloh taolo insonni boshqa mavjudotlardan aqli bilan ajratib qo’ydi. Va unga bu dunyoda tafakkur qilishligi,to’gri yo’ldan adashmasligi uchun juda ko’p mo’jizalarni yaratdi va o’z payg’ambarlarini yubordi. Ular orqali insonlarga nima yaxshi-yu nima yomon,qaysinisi haq qaysinisi nohaqligini bildirdi.O’z dini, o’z e’tiqodini to’liq muakammal bilgan kishi hech qachon bunday g’oyalarga aldanib qolmaydi.Chunki yer yuzidagi dinlarning birortasi insonlarni nohaq o’ldirishga ,yer yuzida fitna fasod yoyishga ,buzg’unchilikka chaqairmaydi. Ayniqsa bugungi kundagi yovuz kimsalar o’zlarining g’arazli maqsadlarini amalga oshirishda islomni niqob qilib olishgan. Aslida islom dini bu kimsalarning ishlarini qoralaydi.Alloh taolo Baqara surasida shunday marhamat qiladi: ”Allohning rizqidan yeb ichinglar.Yer yuzida buzg’unchilik qilmanglar. Va yana payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. muborak hadisi shariflarida : “Musulmon musulmonlar uning qo’lidan va tilidan salomat bo’lgan kishidir”-dedilar. Lekin bugungi kundagi terrorchilar “Biz islohchilarmiz” deb qanchadan qancha joylarni vayron qilishayapti, Allohga ming shukrki bizning diyorimizdagi kishilarning  bunday yod g’oyalarga qo’shilib qolmasligi uchun ko’p islohotlar amalga oshirilmoqda.       
 
                          “Jo`ybori Kalon” ayol-qizlar o`rta-maxsus islom bilim yurti
                                            3-A kurs talabasi Ahmadjonova  Sabohat
 
 
«қ

-
: 07:05
: 07:56
: 13:10
: 15:50
: 17:30
: 18:50
Ңқ қ »
» »
»
Telegram