KAMTARLIK
28 2016 .
9223 қ.

KAMTARLIK

   Kamtarlik haqida gap borganda ba’zan mo’min-qobil , sodda, bir chekkada kimtinib-kimsinib turadigan kishi ko’z oldimizga keladi. Lekin ko’z oldimizga har qanday narsa ham to’g’ri bo’lavermagani kabi bunday taxayyul ham to’g’ri emas. Asl kamtarlikning nima ekanini bilmoqlik uchun uning antonimini izlash kerak. Shubhasiz, u – xudbinlik, takabburlik va manmanlikdir. Xo’sh, takabburlik va manmanlik nimadan hosil bo’ladi? Bizningcha, u Alloh tomonidan ato etilgan ne’matni o’zi yaratgan ne’matday ko’rib, bu bilan johilona kibru g’urur qilishdan, ne’matning asl sohibi va ijodkorini tamimaslikdan kelib chiqadi. 
 
   Kamtar inson doimo har bir ne’matga qanoatli va shukronali bo’ladi. Kamtar insonning har qanday ishida xolislik bor. Deylik, murakkab bir sharoitda biror odamga yordam qilsa ham undan buning evaziga ta’magirlik qilmaydi. Kamtar inson qaysi sohada mehnat qilmasin, albatta o’sha joyda hurmat-e’tibor va qadr topadi. U olamga jar solib kekkayishi, o’zini tanitishi shart emas, odamlar uni o’zlari tezda topib olishadi. Chunki kamtarona fazilatli bu inson hamma vaqtda va har joyda kerakli insondir. Shuning uchun ham janobi Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bir hadislarida:  “Ibodatning afzali tavoze’, ya’ni kamtarlikdir” deb kamtarlikni mo’min-musulmon kishi ibodatining eng oliy nuqtasi sifatida bejiz baho bermaganlar.
 
   Hazrati Abduxoliq G’ijduvoniy yozadilar: “Agar qalbing suhbat istasa, faqirlar, dil shikasta (ko’ngli siniq), ahlullohlar bilan hamsuhbat bo’l. Nomdor bo’lmoqchi bo’lsang aslo nomdor bo’lma. Biror kishiga xizmat buyurma. O’z yukingni o’zing ko’tar. O’zingni hamisha, hamma joyda xoksor tut. O’zingni hammadan past bilki, bu juda muhim xislatdir. Allohning hamma maxluqotlari – katta-yu kichikka ham marhamat va shavqat nazari ila qara. Ularni aslo haqir bilma…” deb yozganlar.
 
   Hazrat Bahouddin Naqshbandning uylariga mehmon kelsa, Hazrati pir mehmonga ham, uning uloviga ham o’zlari xizmat qilganlar. Hazrat Bahouddindan: “Uyingizda nega qul yoki xizmatkor saqlamaysiz?” -   deganlarida, ul zoti sharif: “Qulga qul saqlamoq joiz emas” – degan ekanlar. Ya’ni, bizning o’zimiz Alloh taoloning qullari bo’lsak, yana uyda qul saqlaymizmi, degan ekanlar.
 
   Demak, shayxlar birovlarning yukini ko’targan, lekin o’zlari hech qachon birovlarga yuk bo’lmagan zotlardir.
 
   Taniqli mutasavvif olim va shoir Sadriddin Salim Buxoriy bir suhbatda quyidagi ibratli hikoyani so’zlab bergan edilar: “Bir kishi Hoji Teshabobo huzurlariga kelib deydi:
- Taqsir, menga xizmat buyuring. Mening qo’limdan hamma ish keladi!
Teshabobo dedilar: - Siz qo’limdan hamma ish keladi deyapsizmi? Nahotki hamma ishni qilib bilsangiz?! Xo’sh, unday bo’lsa, qani, marhamat qilib mana shu oxurdagi somonni bir chelak sutga aylantirib bering!
   Haligi kishi qizarib ketadi.
- Qo’lingizdan kelmaydimi?! Axir, bu oddiy sigir qo’lidan keladigan ish-ku! Yoxud mana bu tut bargini yeb, ipakka aylantirib bera qoling! Yoki bu ham qo’lingizdan kelmaydimi?! Axir oddiy qurtning quvvati, salohiyati, ilmi sizda yo’g’u yana hamma ish qo’limdan keladi, deyapsizmi?
   Ey farzand! Bilginki, hamma ish Alloh taoloninggina qo’lidan keladi. Biz bandalarga taqsimlab bergan vazifalar bor. O’shalarnigina Alloh izni bilan qilishimiz mumkin! Alloh kamtar bandalarini yaxshi ko’radi. Buni unutmang! 
 
   Ushbu tanbehdan so’ng haligi kishi sidqidildan tavba etib, to’g’ri yo’lga kirgan ekan.
  
Nurulloh Yaxyoyev
Sayyid po bandul kushod masjidi imom xatibi
 
«қ

-
: 04:40
: 05:30
: 13:10
: 18:40
: 20:20
: 21:40
Ңқ қ »
» »
»
Telegram