Kibrlanmang...
08 2017 .
1869 қ.

Kibrlanmang...

 
    Ma’lumki, Alloh taolo Islomni insoniyatni yaxshilikka boshlash, odam zotini eng go‘zal fazilatlar sohibi etib tarbiyalash maqsadida nozil qilgan.
    Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bu haqida shunday marhamat qilganlar: “Men go‘zal xulqlarni kamoliga yetkazish uchun yuborilganman”.
    Demak, kishi Islom dini ta’limotlariga rioya qilib yashar ekan, unda eng go‘zal axloq va fazilatlar namoyon bo‘lib boradi, o‘z-o‘zidan illatlar, yomon fe’l atvorlar yo‘qolib boradi.
    O‘z navbatida Islom dini ta’limotida insonga nomunosib bo‘lgan, insonlar o‘rtasida ziddiyat va adovat urug‘ini sepilishiga sabab bo‘ladigan illatlar qattiq qoralanadi. Insonlarni bunday salbiy fe’l atvordan zudlik bilan asrash, aks holda oqibati ayanchli bo‘lishi muqarrar ekanligidan ogohlantiriladi. 
    Qur’oni Karimda Alloh taolo shunday deb marhamat qiladi: “Eslang, (ey, Muhammad!) Biz farishtalarga: “Odamga sajda qilingiz!” deb buyurishimiz bilan ular sajda qildilar. Faqat Iblis bosh tortib, takabburlik qildi va kofirlardan bo‘ldi”.
    Darhaqiqat, takabburlik kufr bilan barobardir.
    Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: “Kimning qalbida zarra misqolicha kibr bo‘lsa jannatga kirmaydi”, deganlar.
    Boshqa bir hadisda Payg'ambar alayhissalom: “Sizlarga do‘zax ahli kimligini xabarini beraymi? deb so‘radilar. Ular: “Ha”, deyishdi. U zot: “Qo‘pol, mutakabbir va o‘zini katta oluvchilar”, dedilar.
    Agar banda mutakabbirlik qilib, Allohning oyatlarini mensimay tan olmasa, gunohga botadi. Gunoh esa uning dilini qoraytiradi, haqni tanishdan to‘sadi. Ko‘zini to‘g‘ri yo‘lni ko‘rmaydigan, qulog‘ini haqiqat gapni eshitmaydigan qilib qo‘yadi.
    Kibrlanish Alloh taologa xos xislat bo‘lib, banda zinhor kibru-havo qilishga munosib emas.
Alloh taolo Qur'oni Karimda:
    “Odamlarga (kibrlanib) yuzingni burishtirmagin va yerda kerilib yurmagin! Chunki, Alloh barcha kibrli, maqtanchoq kimsalarni suymas” (Luqmon surasi 18-oyat).
    Kibr shunchalik ulkan gunohki, biz mo‘min musulmonlar kibrlanishga mutlaqo yo‘l qo‘ymasligimiz, o‘zimizni hamisha xokisor, kamtar, Allohga qullik, bandalikda tutishimiz, mutakabbir kimsalardan yiroqda bo‘lishimiz, hayotimizni Allohga chin bandalik qilishimiz bilan bezashimiz lozim.
    Maqtanchoqlik hamda kibr bir-biriga juda yaqin, ta’bir joiz bo‘lsa egizak tushunchalar hisoblanadi. Agar biror kishi maqtanchoq bo‘lsa, demak unda kibr bor, shuningdek kibrli kimsa albatta maqtanchoq bo‘ladi.
    Agar biz solih insonlar va ulardan keyin o'tgan ulug' zotlar hayotiga nazar solsak, o'zimiz uchun ko'p ibrat olamiz. Ular biz uchun yo'lchi yulduzdirlar. Ulardan o'rnak olib, yuksak odoblar ila ziynatlanamiz, chin inson bo'lish baxtiga erishamiz.
    Urva ibn Zubayr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Men Umar ibn Xattob roziyallohu anhuni bir mesh suvni yelkasida ko'tarib ketayotganini ko'rdim va: “Ey mo'minlar amiri, bu ish sizga to'g'ri kelmaydi”, dedim. U kishi bo'lsa: “Mening oldimga turli odamlar itoat etgan holda ta'zim qilib kelishganida, o'zimda kibr-manmanlik alomatini sezdim. Endi o'shani sindirishni xoxlayman”, degan ekanlar.
    Kibr — ko‘pchilikning ichida qadr-qimmati balandilgi va noyoblik hissi, bularning bari birovdan o‘zini ustun qo‘yishdan kelib chiqadi. O‘ta kuchayib ketgan takabburlik, birovdan nafratlanish, kimnidir kamsitmoqlikni tug‘dirib chiqaradi.
    Rasululloh sallal­lohu alayhi vasallam: "Qiyomat kunida mutakabbir kimsalar, kishi suratidagi chumolilarga o‘xshash holda qayta tiriladilar. Ularni har tomondan xorlik egallab oladi. Ular jahannamdagi "Bulis" deb nomlanadigan zindonga haydaladilar", deganlar.
    Bandalardan ilmi tufayli takabburlik qiladigan va o‘zini boshqalardan afzal deb biladigan kimsa, eng yomon mutakabburdir. Uning ilmi ham befoydadir. Zero, kimki oxirat uchun ilm talab qilsa, ilmi uni bosiq - tavoze'li qilib qo‘yadi, qalbi xushu'ga to‘ladi va nafsi xotirjam bo‘ladi. Ilm uning nafsiga qo‘riqchi-posbon bo‘lib oladi va yalqovlik qilmasdan har vaqt uni nazorat qilib, hisob-kitob qilib turadi. Bordi-yu, g‘aflatda qolsa, nafs haq yo‘ldan bo‘yin tovlaydi va halok etadi.
    Kimda-kim faxrlanish, boshliq bo‘lish, musulmonlarni ahmoq qilish, masxaralash va o‘zini ustun qo‘yish uchun ilm talab qilsa, yuqoridagi oyat va hadislarda aytilganidek jannatga kirmaydi.
    Haddan tashqari kekkayish, mag‘rurlik yoki kibru-havolanish odamlar va jamiyatdan ajrab qolishiga sabab bo'ladi.
    Avjiga chiqqan kibrning ayrim alomatlari:
* Doimo va har bir narsada haq bo‘lish.
* Doimo g‘olib bo‘lish.
* Barcha narsalar o‘zining xox ish istaklari bo‘yicha bo‘lishi.
* Birovlarning xatti-harakatlari va taqdiri uchun javobgarlikni bo‘yniga olishi.
* Maslahatlarga quloq solmasligi.
* Yordam ko‘rsatish zarurati tug‘ilsa, nazar-pisand qilmaslik.
* Hech kim so‘ramasa ham, maslahatlar berish.
* Aytgan gapi va fikrida qat’iy turib olish.
* Birovga chin ko‘ngildan minnatdorchilik bildirish.
Kibr tufayli atrofdagilarga bo‘lgan nafrat va odamlardan ko‘ngil sovib ketishi holatlari yuz beradi. Bunday odam boshqalar bilan munosabatda ichki ziddiyatlari tufayli ko‘proq nizo va janjallarga uchraydi.
    Kibrni o‘ldirish yo‘llari:
1. O‘zingizga yoqmagan ishlarni bajarish.
O‘zining qadr-qimmatidan past hisoblangan ishlarni bajarish, kibrni yo‘qotish uchun muhim o‘rin tutadi.
2. Xayolan ta’zim qilish.
Birortasi bilan uchrashganda unga xayolan ta’zim qiling. Ta’zim qilish azaldan birovni o‘zidan yuqori olish taomili hisoblangan.
3. Gapirayotgan odamga ko‘proq e’tiborli bo‘lish.
Avval uni tushunishga harakat qilish va uni tushunish. Jimgina suhbatdoshni tinglab, darhol javob qaytarmay, har bir so‘zini ma’nosiga e’tibor qaratish zarur.
4. Odamlarni tushunish.
Har kim ham siz aytgan bo‘lavermaydi. Odamlarni qanday bo‘lsa shunday qabul qilish kerak, hattoki sizga yoqmasa ham.
5. Har kuni minnatdorchilik bildiring.
Sizga qilingan har qanday yaxshiliklar uchun bildirilayotgan minnatdorchilik, chin ko‘ngildan bo‘lsin. Hattoki, arzimas bo‘lsa ham.
    Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "Sizlardan ilgari yashab o‘tgan bir kishini takabburlik bilan izorini sudrab yurganida yer yutdi. U qiyomat kunigacha yer qa’riga kirib ketaverdi", deb marhamat qilganlar.
    Shoir aytganidek:
Faxrlanma shevang bilan,
Yo topgan pul moling bilan.
Asli nasling qora tuproq,
Yashayverma kibring bilan.
 
Oydan go'zal bo'lsada vasling,
Kim bo'lsada nasabing-nasling.
Tillo emas, tuproqdir asling,
Kimligingni bilmoq istasang.
 
Agar bo'lsang, hammadan ham zo'r,
Pashsha yasab, jon kirgizib ko'r.
Fir'avinning tarixini so'r,
Kimligingni bilmoq istasang.
 
Hoyu-havas o'tginchi mato,
Farishtaman deb qilmagin xato.
Momo Havo va Odam Ato,
Kimligingni bilmoq istasang.
 
Bu dunyoni so'raganlar kim,
Nega ular qabrda yotar jim.
Tafakkur qil, ey oqil inson,
Kimligingni bilmoq istasang.
 
Qur'onda ko'r, qismatlar bayon,
Neki qilsang Allohga ayon.
O'yla, so'ngi manziling qayon,
Kimligingni bilmoq istasang...
 
 
Karimov Olimjon

Peshku tuman "Bobo-Arab" jome'

masjidi imom xatibi

«қ

-
: 06:40
: 07:30
: 13:10
: 15:55
: 17:30
: 18:55
Ңқ қ »
» »
»
Telegram