Kompyuter oyinlarining yoshlar ongiga tasiri.
30 2017 .
1682 қ.

Kompyuter o’yinlarining yoshlar ongiga ta’siri.

        Kompyuter o’yinlariga mukkasidan ketishning jamiyatga zararlari ko’p. Avvalo manaviy zarar bo’lib, kompyuter o’yinlari jamiyatimizni manaviy buzuqlik botqog’iga botirib, insonni o’zlikni anglash baxtidan mosuvo qilmoqda. Islom dinimiz ta`limotlarida ham bu kabi amallar qattiq qoralangan: ”Axir, (qilgan) yomon ishi o’ziga chiroyli ko’rsatilib, uni go’zal (ish) deb o’ylagan kimsa (hidoyat topgan zot kabi bo’larmidi )?!. Zotan, Alloh O’zi xohlagan kimsalarni yo’ldan ozdirur va O’zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Bas, (Ey Muhammad!) Ularga hasratlar chekib joninggiz (chiqib) ketmasin. Albatta, Alloh ularning qilayotgan sir sinoatlarini biluvchidir.” (Fotir, 8 ).

        Shayton vasvasasiga uchragan ayrim yoshlarning virtual o’yinlariga xatti-harakatlari o’zlariga ziynatli ko’rinadi. O’yinlar quliga aylangan bola o’z-o’zidan  ajablanib, qilgan ishi ko’zini quvontirib, borgan sari haddidan oshaveradi.

          Kompuyuter o’yinlari yoshlarning vaqtini o’g’irlamoqda. Internet – klublarda yoshlar ayni o’qib, ilm hosil qiladigan paytlarida vaqtlarini bekorchi o’yinlarga, ijtimoiy tarmoqlarda mutlaqo notanish shaxslar bilan qimmatli vaqtini tanishishga sarflayotgani tashvishli holat. Chunki internet va kompyuter o’yinlari asriga aylangan o’smirlar hayotdan, ilm olish, kasb o’rganishdan va ma’naviy qadriyatlardan tamoman uzilib, butunlay manqurtlashib boradi. Hozir kompyuter o’yinlari orqali o’smir yoshlarga salbiy ta’sir qilib, ular ongiga o’z buzg’unchi g’oyalarini singdirish yoki ularni to’g’ri yo’ldan ozdirishga urinadigan yashirin kuchlar juda ko’p. Kompyuter o’yinlariga mukkasidan ketgan o’smirlar o’zlari bilmagan holda yashirin kuchlarning qo’g’irchog’iga aylanadi. Kompyuterga mute` bo’lgan yoshlarning fikri-xayoli, butun vaqti, hatto uyqusi ham bemani o’yinlar bilan band bo’ladi. Oxir-oqibat bunday manqurt yoshlar tengdoshlari, yaqinlari va hatto ota-onasiga ham qo’l ko’tarishgacha agar mubolag’a bo’lmasa qurol o’qtalishgacha borib yetadi. Bu esa jamiyatda ilimsizlik, johillikning tomir yoyishiga alal oqibat yurt parokanda bo’lishiga olib keladi.

        Yoshlarning bunday g’oyalarga aldanmasligi, zalolat botqog’iga botmasligini ta`minlash niyatida zarur tavsiyalarni bayon qilamiz. Maqsadimiz yoshlarni internetga in qurib, o’zlarining vayronkor g’oyalarini virus kabi butun dunyoga tarqatayotgan jinoyatchilarning asl basharasidan ogoh etishdir. Sog’lom aql egalari internet qulayliklaridan o’z bilimlarini oshirish yo’lida oqilona foydalanadi. Lekin ba`zi yoshlar esa ushbu tarmoqdagi yovuzlikka, ma’naviy tanazzulga sabab bo’ladigan saytlarda “sayir qilib”, o’zlari va atrofdagilarning ongini zaharlayotganlari aniq. Internet bozorida har kim o’ziga kerakli narsani oladi, deb tarbiyani o’z holiga tashlab qo’yish yaramaydi.

       Shuning uchun ham yoshlarda xabar va ma’lumotlarni tahlil eta olish malakasini hosil qilish zarur. Zero har qanday xabar ham to’g’ri  va xolis bo’lavermaydi. Har bir ma`lumotni tekshirish haqida Alloh taolo shunday deydi: “Ey mo’minlar! Agar sizlarga biror fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biror qavmga aziyat yetkazib qo’yib, (keyin)  qilgan ishlaringizga pushaymon bo’lmasligingiz uchun (u xabarni) aniqlab (tekshirib) ko’ringiz!’’ (Hujurot, 6).

        Xalqimizda “ogoh bo’lgan abgor bo’lmas!’’ degan naql bor. “O’rgimchak to’rida aqidaparastlikni targ’ib qiluvchi saytlar tobora ko’payib bormoqda. Bunday tahlikali zamonda yoshlarga faqat ‘’uz’’ domenidagi saytlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Zero, ehtiyotsizlik bilan ko’r-ko’rona olingan ma’lumotlar kishini adashtirib qo’yishi aniq. Diniy ehtiyojini e`tiqod va mazhabga yot veb-saytlardan qondirayotgan kishilar boshqa manbalar orqali boshqalar, ya`ni g’animlar qo’lida tarbiyalanoyatganini unutmasin!

        Inson bolasi zoye` qilgan vaqti, ya`ni umrini  nimaga sarflagani xususida olamlar Parvardigori oldida javob berishini bilsin. Muoz ibn Jabal r.adan rivoyat qilinadi: Payg’ambar s.a.v aytdilar: “Banda qiyomat kuni to’rt narsadan so’ralmaguncha, bir qadam ham oldinga siljiy olmaydi. Bu savollardan birinchisi -  umrini nima bilan o’tkazgani; ikkinchisi – yoshlik davrida nima bilan mashg’ul bo’lgani; uchinchisi – mol-dunyoni qay yo’sinda (qaysi kasb orqali) topgani va nimalarga sarflagani; to’rtinchisi – o’rgangan ilmiga qanday amal qilgani haqida bo’ladi “  Shunday ekan yoshlarimiz bu muborak hadisni hech qachon ham xotiralaridan chiqarmasliklari kerak va hayot davomida ushbu hadisni mahkam ushlab unga amal qilmog’I lozim, aks holda kompuyuter o’yinlariga mukkasidan ketgan bola Islom dini buyurganidek kasb–hunar egallash, ilm olish, ota-onaga yaxshilik qilish, qarindosh-urug’chilikni bog’lash va boshqa muhim ko’rsatmalarni bajarish uchun, “band bo’lgani” bois vaqt topa olmay, ushbu hadisning savobiga doxil bo’la olmaydi.

       Agar yoshlar  Alloh taolloning tavsiyalariga rioya qilsa, uning ikki dunyoda hayoti namunali kechadi va jamiyat oldida inson degan ulug’ nomni e`zozlagan bo’ladi. Agar inson bu boradagi muvozanatning buzulishiga sabab bo’ladigan yomon yo’llarga qadam qo’ysa, omonat qilib topshirilgan umr va aql nematiga xiyonat qilgan bo’ladi va o’zini halokat chog’iga otgan bo’ladi.   

        Kompuyter o’yinlari kabi behuda va talofatli ishlarga sho’ng’ishni islom dini qoralaydi. Chunki buning natijasida bolaning iymon-e’tiqodi zaiflashib, shaytonning quliga aylanadi va uning nayranglari bo’yicha ish qiladi. Oqibatda o’zi ham halok bo’ladi. Bu borada bir qancha hayotiy misollar keltirishimiz mumkin shuning uchun yoshlarning iymon-e’tiqodi, irodasi mustahkam bo’lsa, turli bema`ni ishlarga chalg’imaydi. Ammo kompyuter va internet tutquniga aylangan inson butun umrini tubanlikka sarflaydi. Go’yoki yaratilishdan maqsad yo’qdek. Axir Alloh taoloning: ’’Yoki sizlarning gumoningizcha, Biz sizlarni behuda yaratdik-u, sizlar Bizning huzurimizga qaytarilmaysizmi?!’’ (Mu’minun, 115), - degan oyati shunchaki dunyoga keltirilmaganimizni aytib turibdi. Doimo shuni esdan chiqarmasligimiz shart va ushbu oyati karima ila umr guzaronlik qilsak, shundagina  ikki dunyoda ham baxtli va saodatli bo’lish sharafiga erishamiz. 

 

 

 

Peshko` tumani Malishyak

jome` masjidi imom xatibi

Sh. Rahmonov

 

 

 

 

«қ

-
: 05:50
: 06:30
: 13:10
: 17:00
: 18:50
: 20:20
Ңқ қ »
» »
»
Telegram