Mahzunlik mominga xos emas
15 2016 .
2420 қ.

Mahzunlik mo’minga xos emas

Robbimizga behisob shukurlar bo’lsinki, u zot bizlarni ko’p ne’matlar bilan mukofotladi. Avvalo iymonli, holatda yashab xayrli amallar ila o’zini tanitdi. Shunday ekan bu dunyodagi har bir holatimiz sinov va imtihondir. Bu haqda Alloh subhanahu va taolo Qur’oni karimda: “Biz sizlarni bir oz xav-u xatar bilan,ochlik bilan, mol-u mulklaringgizga, bog’-u rog’laringgizga va nafslaringgizga talofat yetkazishlik bilan sinab imtihon qilamiz. (Ey Muhammad sollollohu alayhi va sallam) sabr qiluvchilarga xush xabar bering“, deya marhamat qilgandir. Shunday ekan mo’min banda har qanaqa holatda ham sabrli va irodali bo’lib hayot sinovlaridan hech ham tushib qolmasligi lozim. Negaki mahzun bo’lib tushkunlikka tushib qolmoq insonni juda ko’p yaxshiliklardan to’sib qo’yadi.

Zero Rasululloh sollollohu alayhi va sallam duolarida mahzun va xafa bolib qolishlikdan Allohdan panoh so’rar edilar. Axir aytishadi-yu: hech qachon mahzun bo’lma, chunki qayg’u seni o’tmishingdan bezovta qilib, kelajagingdan xavotirga soladi, oqibatda bugungi kuningni yo’qotib qo’yasan.Qalbing esa qayg’u bilan ovvora bo’lib ruhingni sindiradi,shijoatingni pasaytiradi orzu-umidlaringni yo’q qiladi,oqibatda esa haqiqatlarni ko’rmay qolasan.Hech ham mahzun bo’lma chunki qayg’u qazo-yu qadarga norozilik va berilgan ne’matlarga noshukurlikdir xafa va mahzun bo’lishlik hech qachon yo’qolgan ne’matlarni qaytarib bermaydi va qadarni ham o’zgartira olmaydi. Agar seni yo’qchilik mahzun qilayotgan bo’lsa, umr bo’yi qarzdor bo’lib, qarzini to’lay olmayotganlarni esla, agar minadigan uloving bo’lmasa, oyoqlari shol bo’lib yayov yura olmayotganlar haqida o’yla, agar biror yaqiningdan ajralgan bo’lsang baxtsiz hodisa tufayli butun oila a’zolaridan ajrab qolganlar bor, shularni hech qachon unutma.Mahzun bo’lma,chunki qazo-yu qadar qalami ishini bitirgan, sahifalar qurigan qazo-yu qadar kitobi esa yopilgandir, bundan hech narsa o’zgarmaydi. Hasadgo’y va nodonlarning tanqidlariga hecham parvo qilma, negaki ularni ozorlariga sabr qilsang albatta yaxshiliklarga erishasan. Mo’min banda bu hayotda har qanaqa holatda ham ajru savobga ega bo’ladi. Rasululloh sollollohu alayhi va sallam aytganlaridek yaxshilik kelsa shukur qiladi savob oladi, qiyinchilik-u musibat yetganida sabr qiladi va yana ajru savobga ega bo’ladi. Musulmon inson hayotda doimo xursand bo’lmog’i kerakki chunki u ahli qibla, ahli iymon, unda namoz, ro’za, amru-ma’ruf va ilm olishdek ulkan savobli amallar bordir. Bu kabi amallar esa abadiy rohat bo’lmish jannatga olib boruvchi vositalardir.

Robbim barchamizni jannatiga loyiq bandalaridan qilsin. OMIN

 

 

Vobkent tumani Abdulazizxon jome’ masjidi

imom-xatibi N.Hakimov

«қ

-
: 05:50
: 06:30
: 13:10
: 17:00
: 18:50
: 20:20
Ңқ қ »
» »
»
Telegram