- қ
30 2018 .
599 қ.

 
- қ

Har bir inson farzandining zimmasidagi eng asosiy burchlaridan biri shubhasiz ota-onaga nisbatan hurmat-ehtirom sanaladi. Muqaddas oyat va hadislarda bu masalaga takror va takror murojaat qilingan. Bu borada buyuk ajdodlarimizning ham juda ko`p o`git va nasihatlari bizgacha etib kelgan. Biroq, ota-onaning qadriyaga etmaydiganlarlar har doim, har zamonda uchrab turadi
Har bir insonning dunyoga kelishi, voyaga etishi, komil inson bo`lib tarbiya topishida hech kim ota-onaning o`rnini bosa olmaydi. Shu bois, qadim-qadimdan xilqimizda ota-onani hurmatlash azaliy qadriyatlarimiz qatoridan o`rin olib kelgan. “Ota rozi – xudo rozi”, “Ota-onang ish buyursa, namozingni buzib et”, “Otang o`tirgan uyning tomiga chiqma” singari mapqollar ham bejiz aytilmagan.
Muqaddas kitobimiz Qur`oni karimning Niso surasi 36-oyatida “...ota-onalarga esa yaxshilik qilingiz”, deya marhamat qilinadi. Ushbu mazmundagi oyatldar muqaddas kitobimizda juda ko`p. Shundan ham bu amal har bir musulmon zimmasidagi farzlardan biri ekan, unga amal qilmaslik katta gunoh ekanini anglash mumkin.
Boshqa oyati karimalarda har bir iymon-e`tiqodli kishi ota-onasiga mehr-muhabbat so`rashi barobarida, Allohdan ularga shafqat va marhamat tilash lozimligi, ular keksaygan chog`da shirin so`z va muruvvatni ayamaslik, biror marta bo`lsin ularga qarab uf tortmaslik lozimligi  ta`kidlangan.
Otaning o`n  haqi
Muborak hadisi shariflarda farzandlarning ota-ona oldidagi haqlari, burchlariga alohida e`tibor qaratilgan. Diniy manbalarda keltirilishicha, har bir otaning bolasi ustida o`nta haqi bor ekan. Farzand mana shu o`nta haqni chiroyli ado qilmog`i lozim:
1. Ota-onasiga taom berish.
2. Xizmatlarini qilish.
3. Chaqirganlarida “labbay” deb javob berish.
4. Gunoh bo`lmagan bir ishga buyurganida itoat etish.
5. Yumshoq ohista gaplashish.
6. Kiyim olib berish.
7. Yurganda orqasidan yurish.
8. O`ziga ravo ko`rgan narsalarni otasiga ham ravo ko`rishi.
9. O`ziga ravo ko`rmagan narsalarni otasiga ham ravo ko`rmasligi.
10. Duo qilganida otasini ham qo`shib Allohdan mag`firat tilashi.
Binobarin, har birimiz ana shu haqlarni mukammal ado etmas ekanmiz, o`zimizni komil iymon egasi deb atashga haqli emasmiz.

Uch yo`l
Afsuski, ana shu haqlarni har kim ham ado ejtolmaydi. Vaqtida farzandlik burchini bajara olmasdan, oxir-oqibatda umrini pushaymonlik bilan o`tkazadiganlar ham uchrab turadi.
Faqihlardan ota-onasi norozi bo`lib o`tgan farzand haqida, “unda ota-onasini rozi qilish imkoni bormi?”, deb so`rashganda “bu faqat uch yo`l bilan bo`ladi” degan ekanlar.
1. Solih bo`lishi darkor.
2. Ota-onasining yaqin qarindoshlari bilan bordi-keldi qilishi zarur.
3. Ularning haqlariga har kun duo-istig`for aytishi lozim".
Ya`ni inson ota-onasining vafotidan so`ng harom ishlardan voz kechib, umrini ezgulikka baxsh etsa, ota-onaning yaqin qarindoshlari bilan aloqalarni uzmasa, har doim ota-onani yaxshilik bilan yod etib, ularning ruhini shod qilib, ular uchun Yaratgandan mag`firat tilab tursa, ota-onaning ruhi bunday farzandlardan rozi bo`ladi, inshoolloh.
Quyidagi hadisi sharif ham ana shu fikrlarni tasdiqlaydi:
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) Payg`ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: “Odam bolasi vafot etganida faqatgina uch tarafdan nomai a`moliga savob borib turadi:
1. Sadaqa va ehsonlaridan.
2. Qoldirgan ilmidan.
3. O`zidan keyin uning haqiga duo qiluvchi solih farzandidan”.
Har bir dinda, har bir xalqda...
Ota-ona rizosi Er yuzidagi barcha dinlar va barcha xalqlarda muqaddas burch va qadriyatlardan sanaladi. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: “Alloh taolo Tavrotda, Injilda va Qur`onda, barcha payg`ambarlarga roziligim ota-onaning rizosida, g`azabim ularning g`azabidadir, degan”.
Darhaqiqat, dunyoning buyuk san`at va adabiyot durndonalarida ham ota-ona dahosiga nisbatan beqiyos hurmatni ko`rish mumkin.

ҳ
 
«қ

-
: 06:40
: 07:30
: 13:10
: 15:55
: 17:30
: 18:55
Ңқ қ »
» »
»
Telegram