Islomda ilm organishlikga targib
02 2019 .
325 қ.

 

Islomda ilm  o’rganishlikga  targ’ib

Bismillahir rohmanir rohim

Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, biror bir  din yoki tuzim islom dinichalik insonlarni ilm olishlikga da’vat qilmagan. Dinimizdagi ilk ilohiy amirlar ham insonlarni ilm  o’rganishlikga chaqirgan. Bu haqda Alloh taolo Qur’oni karimda: Yaratgan Robbing nomi bilan o’qi. U insonni alaqdan yaratdi. O’qi! 
Robbing karamlilarning karamlisidir.  U, qalam bilan ilm o’rgatgandir. U, insonga bilmagan narsalarini o’rgatdi, deb o’zining suyikli payg’ambariga ilk vahiyni nozil qildi.(Alaq 1-5)
Boshqa bir  oyatda Alloh taolo: Ayting ey Muhammad: Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo’larmidi? degan. (Zumar-9) 
Abu Hurayra(r.a.)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.v.a.) “ilm istab yo’lga chiqqan kishiga Alloh taolo jannat yo’lini oson qilib qo’yadi” dedilar. (Termiziy rivoyati.)
Abu Umoma (r.a.)dan rivoyat qilinadi. Payg’ambar (s.a.v)”olimning obiddan afzaligi mening eng omi odamdan afzaligim kabidir. Allohning farishtalari, osmonlaru yer ahli, hatto inidagi chumoli ham insonlarga yaxshilikni ta’lim beruvchi kishiga salovat aytib turadi” dedilar. (Termiziy rivoyati.)
Payg’ambarimiz (s.a.v.) o’z hadislaridan birida:”Olimning obiddan (ibodatlidan ) fazli , to’lin oyning boshqa yuldizlardan ustunlik fazliga o’xshaydi “ deganlar.
Boshqa bir hadisda  esa, olimning bir kunlik ibodati obidning qirq yillik ibodatiga teng deyilgan. Erkagu-ayol, kattayu-kichik ilm olishlik bilan eng yuksak maqomu-martabalarga erishadi va ikki dunyo baxtiga muyassar bo’ladi. Alloh taolo barchalarimizga oyatu hadislarda aytilgan ulug’ baxtga  sazovor bo’lishni nasib etsin.

Kogon tuman “Xo’ja Ka’bul Axbor Vali”
jome’ masjidi imom xatibi
Odilov Haydar
 

 

«қ

-
: 05:05
: 05:55
: 13:10
: 18:05
: 19:50
: 21:20
Ңқ қ »
» »
»
Telegram