Mehr bergan kam bo`lmas
09 2016 .
1487 қ.

 Mehr bergan kam bo'lmas

Inson Alloh rizosi uchun birovlarga mehr-shafqat ko'rsatadi va boshqalardan shuning mislicha munosabat ko'radi. Buning ustiga zahiraga ajr va savob yig'ilib turaveradi.
 Inson o'zi qanday holda turganidan qat'iy nazar, boshqa kishiga "shu amalimni Alloh qabul qilsa bo'ldi, menga shuning o'zi kifoya" , degan niyatda mehr ko'rsatsa va bu ishida riyoga yo'l qo'ymasa, Shakur Zot undan rozi bo'ladi. Bu amalini kamiga o'nga ko'paytirib qabul qiladi hamda o'sha bandasi kutmagan vaqtda va kutmagan joyda, muhtoj bo'lib turgan holatida bir sabab paydo qilib, ilohiy yordamini yog'dirib qo'yadi. Chunki bunga hamisha rost so'zlaydigan, hech narsani unutmaydigan, hech qachon va'dasiga xilof qilmaydigan Zotning va'dasi bor:
"Kim(bir) hasana(savobli ish) qilsa, unga o'nbarobar ( ko'paytirilib yozilur ). Kim (bir) yamon (gunoh ish) qilsa, faqat o'sha (gunoh) miqdorida (bir gunohga yarasha) jazolanur. Ularga nohaqlik qilinmagay". ( An'om 160)
 Parvardigorimizning mehribonchiligini qarang: siylashga kelganda birga o'n, jazolashga kelganda birga bir...
 Kimgadir yordam berish, mehr ko'rsatish, yaxshilik maqsadida bo'lgan kishi bu ishdan Alloh taolo roziligini ko'zlasa, niyatining o'zi uchun savob oladi. Niyat qilgan vaqtidayoq shu ishni qildi deb yozib qo'yiladi. Uni bajargach, yuqorida keltirilgan oyatga muvofiq kamida o'nbarobarga oshirib yoziladi.
 Tarixdan o'ta saxiy deb ta'riflangan Hotam Toiyni bilamiz. U arablarning Toy qabilasidan bo'lib, odamlarga juda ko'p yaxshilik qilgan. Payg'ambamiz sollallohu alayhi va sallam Hotam Toiyni ko'rmaganlar. Arablarning shu qabilasidan juda ko'pchilik asrga tushadi. Shunda ular ichidan bir ayal o'zini Hotami Toiyniing qizi deb tanishtiradi va musulmonlardan hurmat bilan muomala qilishlarini talab etadi. Bu xabarni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga aytishganda, ayolni olib kelishni buyuradilar. Unga hurmat ko'rsatib, qabul qiladilar va otasi haqida yaxshi gaplarni aytadilar. Suhbat oxirida Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam ayolni qabilasi bilan birga asrlikdan ozod qiladilar.
 Butun umrini urush  bilan o'tkazgan bu sahroyi  arablar dushman tarafidan bunday marhamat bo'lishini umrlarida ko'rishmagan edi. Alloh Rasulining bu mulomalasidan qalblari yumshab ketadi va yoppasiga Islomni qabul qilishadi.
  Bu voqeada bir necha hikmat bor: 
1. Alloh bandalariga mehr-shafqat ko'rsatgan Hotami Toiyning saxovati ilohiy dargohda qabul qilinib, Rasuli akram sollallohu alayhi va sallam saxovatli Hotami Toiyning qizi va qabiladoshlarini ozod qilish bilan inson olamdan o'tib ketgan bo'lsa-da, u qilgan yaxshiliklar unut bo'lmasligini isbot qilib berdilar.
2. Sarvari koinot sollallohu alayhi va sallam o'zlarini islom dushmani deb yurganlarga Islom, iymonning halovati qanday bo'lishini o'z faoliyatlari orqali ko'rsatdilar.
 3.  Sahroiy,dag'al arablar kishining saxovati issiz ketmasligiga, mehribonlik, rahm-shafqat huzur baxsh insoniy fazilat ekaniga guvoh bo'lishdi.
 
 
Manbalar asosida " Xoja Muhammad Boboiy Samosiy"
jome' masjidi  imom xatibi Abdullatif Shirinov
«қ

-
: 05:50
: 06:30
: 13:10
: 17:00
: 18:50
: 20:20
Ңқ қ »
» »
»
Telegram