Missionerlikni jamiyatga salbiy tasiri
14 2017 .
1161 қ.

Missionerlikni jamiyatga salbiy ta’siri

Istiqlolga erishganimizdan so’ng ta’lim sohasida bir talay ijobiy o’zgarishlar qilindi. Bu sohadagi ishlarda jahonning ilg’or mamlakatlari tajribasini qo’llash zarurati ham paydo bo’ldi. Natijada mamlakatimizga beg’araz yordam qo’llarini cho’zuvchi mamlakatlarning vakillari qatori g’arazli maqsadlarni ko’zlagan, o’qituvchi, mutaxassis niqoblari ortiga yashiringan bir qancha “ziyolilar” ham paydo bo’lishdi. Ularni missionerlik vazifasini muallim pardasi bilan o’rab, ozlarini hokisor tutgan holda talabalar yotaxxonalariga joylashishdi. Til o’rganish bahonasida ularning davrasidan joy olib, asta – sekin yoshlar ongiga ta’sir eta boshladi. Ular yana yetuk talabalarni chet elga o’qishga jo’natish jozibasi bilan qiziqtirib ham tuzoqqa ilintirishdi. Missionerlar jamiyatdagi illatlar, turmush qiyinchiliklariga go’yo Islom sababchi ekanini asta o’qtirib, yoshlarda o’z diniy e’tiqodlariga ishonchsizlik tug’dirish payida bo’lishdi. Yurtdoshlarimizning, ayniqsa yigit – qizlarning missionerlar tuzog’iga tushib qolmasliklari, dinlaridan, e’tiqodlaridan, milliy qadriyatlaridan uzilmasliklari uchun g’oyaga qarshi g’oya, mafkuraga qarshi mafkura, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash olib borishimiz zarur. Shundagina yoshlarimiz ongi va qalbini har xil yod g’oya va oqimlarning kuchayib borayotgan ta’siri hamda xataridan saqlab qola olamiz.

To’g’ri yo’ldan adashishdan Alloh saqlasin. Alloh bizni maqtagan “Sirotim mustaqim ” yo’lidan adashtirmasin. Biz bunday din dushmanlariga ergashmasligimiz uchun faqat ilm olib, uni o’zimizga va insonlarga tablig’ etishimiz lozim.  Shundagina bunday xunuk ishning oldi olingan bo’ladi.


Mir Arab o’rta maxsus islom bilim yurti

udarrisi Ismatullo Xolnazarov

 

«қ

-
: 06:40
: 07:31
: 13:10
: 15:55
: 17:30
: 18:55
Ңқ қ »
» »
»
Telegram