20 2017 .
2175 қ.

NE'MATLARGA SHUKUR
 
    Alloh taoloning ne'matlariga g'arq bo'lmagan inson topilmaydi. Hamma Alloh taoloning ne'matlaridan bahramanddir. Har bir ilohiy ne'mat bebahodir. Kuch-quvvat, salomatlik, uyqu, xotirjamlik, tinchlik-osoyishtalik, toza havo, musaffo suv... kabi ne'matlarni baholab bo'ladimi? Alloh taolo bandalariga iymon, ilm, ibodat, ixlos, hidoyat va yaxshi xulq kabi tengsiz ne'matlar ato qilib qo'ygan. Bu ne'matlarning eng oliysi esa oxirat saodati va Allohning visolidir.
    Aslida yartilgan har bir narsa ne'matdir. Ulardan odam o'z tushunchasi va layoqatiga ko'ra foydalanadi. Ba'zilar bu ne'matlarni Allohning roziligi, oxirat tadorigi uchun sarflaydi. Ammo qanchadan-qancha odamlar esa ularni harom ishlar yo'lida qurbon qiladi. Kimdir ne'mat tufayli savobga erishadi, shukur qilib, ularning haqqini ado qiladi. Boshqa birov esa, unga noshukurlik bilan ne'matning zavoliga uchraydi.
    Alloh taolo cheksiz ne'matlari evaziga bizdan faqat bir narsani - o'ziga itoat qilishimizni, ne'matlarga shukur qilishimizni talab etadi xolos.
    Alloh taolo o'zining kalomida marhamat qilib shunday deydi: "Allohning ne'matlarini sanamoqchi bo'lsangiz, ularni hisoblay olmaysiz". (Ibrohim surasi 34-oyat)
    "Albatta biz shukur qilguvchilarni mukofotlaymiz". (Oli-Imron surasi 145-oyat)
    "Agar sizlar shukur etsalaringiz va iymon keltirsalaringiz, Alloh sizlarni hargiz azoblamas". (Niso surasi 146-oyat).
    Bir kuni Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam kechasi ko'p nafl namoz o'qidilar, hattoki muborat oyoqlari shishdi. Shunda Oisha onamiz roziyallohu anho: "Ey Rosululloh, axir Alloh taolo sizning avvalgi va oxirgi gunohlaringizni kechirmaganmi?" deganlarida, Rosululloh sallallohu alayhi vasallam: "Allohning menga bergan shuncha ne'matlari uchun shukur qilguvchi banda bo'lmaymi?" deb javob bergan ekanlar.
    Hasan Basriy shunday deganlar: "Odam bolasining bir kuni o'tsa, bu haqida fikr qilsin. Agar bugungi kunida yaxshilik qilgan bo'lsa, bunga muvoffaq qilgani uchun Allohga shukur qilsin, agar buning aksi bo'lsa, tavba qilsin, kunduzgi nuqson va kamchiliklarni tunda bartaraf etishga harakat qilsin. Zero, yaxshiliklar yomonliklarni yuvib ketkazadi. U sog'-salomat bo'lgani uchun Allohga shukurlar qilsin. Umrining qolgan qismida esa kamchiliklarni to'ldirishi mumkin bo'ladi".
    Ne'matga shukur qilinmasa, u albatta zavolga uchraydi, yo'qoladi.
    Fuzayl roziyallohu anhu: "Sizlarga ne'matlar uchun doimo shukur aytmog'ingiz vojibdir. Qavmdan kelgan bir ne'matning yana qaytib kelishi juda mushkuldir", deganlar.
    Allohning ne'matlariga shukur qilish qalb, til va boshqa a'zolar bilan bo'ladi. Qalb bilan bo'ladigan shukur yaxshiliklarni qasd etish va buning barchaga bo'lishini istashdir. Til bilan bo'ladigan shukur Alloh taologa hamd aytib, shukrona izhor etishdir. A'zolar bilan bo'ladigan shukur esa ularni toat-ibodat yo'lida ishlatish va gunohga ishlatishdan saqlanishdir.
    Rosululloh sallallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taoloning ne'matlari haqida so'zlash shukurdir, ne'mat shukrini gapirmaslik esa kufrdir".
    Shukurning ma'nosi Alloh bergan ne'matlarni o'zi yaxshi ko'radigan va o'zi rozi bo'ladigan joylarga ishlatishdir. Ba'zilar jaholat va g'aflatda bo'lganidan ne'mat shukrini aytishdan uzoqda, uning qadri, hikmatini bilishdan mahrumdir.
    Shukur va sabr hamisha yonma-yon. Alloh sinovlariga sabr qilish shukurning eng yaxshi ko'rinishlaridandir.
 
 
Karimov Olimjon
Peshku tuman "Bobo-Arab" jome' masjidi imom xatibi...
«қ

-
: 06:30
: 07:25
: 13:10
: 16:55
: 18:35
: 20:10
Ңқ қ »
» »
»
Telegram