Oila muqaddasdir
26 2018 .
708 қ.

 Oila muqaddasdir.


    Ma'lumki, jamiyatning muhim bo'g'ini bo'lgan oilalar qanchalik tinch va totuv bo'lsa, shundagina davlat tinch va barqaror ravnaq topishi mumkin. Shu jihatdan, oila qo'rg'onining mustahkamligi va unda ma'naviy jihatlarning shakllanishi muhim ahamiyatga ega. Binobarin oila deb atalmish muqaddas makonda farzandlar kamolga yetadi, ulg'ayadi.
Shunday ekan, jamiyatda yuzaga kelayotgan oilalar qanchalik mustahkam qurilmoqda, ularning poydevorichi?
    Darhaqiqat, oilaning barpo etilishida kimlar yoki nimalar muhim rol o'ynaydi, tashqi ta'sirlarchi? Mavjud oilalar va yangi barpo etilayotgan kichik bir oila o'z mavqeyini qanchalik asramoqda?
    Oila – muqaddas qo'rg'on, oila – ma'naviy kamolot maskani va boshqa bir qancha so'z va iboralar bilan oilaning mavqeyini belgilaymiz. Albatta, jamiyatda namunali oilalar talaygina. Namunali oila deganda, oilaviy munosabatlar ma'naviy mezonlar asosida qurilgan, yashi va aloqli farzandlar tarbiyalagan, nurli, piru badavlat otaon va onaonalar ko'z oldimizga keladi. Ularning borligi boshqalar uchun ibrat maktabidir.
    Ammo, ming afsuslar bo'lsinki, bizni o'ylantirgan masala bu – oila qo'rg'onining buzilishiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan bir qancha tashqi va ichki omillardir. Tashqi omil sifatida g'arbona yashash tarzining o'zlashtirilishi bo'lsa, ichki omil sifatida esa, yoshlarning oilaga ma'naviy jihatdan etarli tayyorgarlikka ega bo'lmaslik masalasidir.
    Ma'naviy tahdid sifatida baholanayotgan g'arbona madaniyat, g'arbona yashash, g'arbona muomala, g'arbona hayot tarzi va hokazolar bizning muqaddas qo'rg'onimizga qanchalik salbiy ta'sir ko'rsatayotganini yetarli darajada o'ylab ko'rmayapmiz. Oddiy hol sifatida qabul qilayotganimiz turli filmlar, seriallar, kliplar aslida shovqinli, jangari, toshbag'ir bir hayot tarzini bizga in'om etmayotganmikin. G'arb seriallarida kelinini erkalayotgan qaynota, turmush o'rtog'ini ochiqdan-ochiq haqorat qilayotgan otin yoki uning eriga iyonat qilayotgan dugona, yarim yalang'och qizdan mamnun ona, oiladan halovat topmagan farzandning giyohvand moddalarga berilishi va boshqalar bizning farzandlarimiz tarbiyasiga, oilaviy muhitning nosog'lom bo'lishiga olib kelmasmikin. Aksariyat oilalarda bunday hayot tarzi qanday bo'lsa, shundayligicha o'zlashtirmoqda. Ko'p hollarda, bizning mentalitetimizga, yashash tarzimizga to'g'ri keladimi, yo'qmi, hattoki buni o'ylab ko'rmayapmiz. Natijada oilalar arzimas muammo oldida dosh berolmay, yengil yelpi, havoyi nafs qurboniga aylanishmoqda. G'arb taklif etayotgan udbinlik, toshbag'irlik kabi illatlarni aksariyat insonlar yashashning mazmuni sifatida qabul qilib olmoqdalar. Buning oqibatida ayol kimningdir qo'g'irchog'iga aylanmoqda, go'daklar mehrdan mosuvo holda yetimlikka mahkum etilmoqda. Bu kabi misollarni yana qator keltirish mumkin.
    Oila tinchligiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan bunday muammolar aslida har bir vijdonli insonning qalb og'riqlari emasmi? Yong'in chiqsa, ho'lu-quruq barobar yonadi deganlaridek, oila buzilsa, yoki farzand aloqsiz chiqsa, birgina inson emas, atrofdagi insonlar, boringki, butun jamiyat hayotiga, uning farovonligiga, tinchligiga rahna solingan bo'ladi.
    Shunday ekan, oila qo'rg'onini asrash, uning mustahkamligini ta'minlash uchun nimalarga e'tibor berish lozim?
    Aslida, hamma narsaning asosi ma'naviy yetuklikka borib taqaladi. Aloqimizga tashqi jihatlar salbiy ta'sir ko'rsatayotgan ekan, ulardan himoyalanishning yagona yo'li ham ma'naviy yetuklikdir. Ma'nan yetuk inson atrofdagi har bir narsaga befarq qaray olmaydi. Ma'nan boy inson g'arbona yashash, g'arbona madaniyatni qanday bo'lsa, shundayligicha o'zlashtirmaydi, aksincha o'zbekona, milliy ususiyatlarimizga uyg'unlashtiradi. Oila deb atalmish muqaddas qo'rg'onni asrab avaylashga intiladi. Oilaning bir butunligini tashkil etayotgan er va otin ma'nan boy, aqlan kamolga yetgan bo'lsa, har qanday zararli ta'sirlarni oldindan ko'radi va oilasini himoya qila oladi. Ayni paytda, farzandlar tarbiyasiga ham shu mezonlardan turib yondoshadi.
    Alloh taolo Niso surasining 34-oyatida: "Erkaklar ayollarga rahbardirlar", deb marhamat qilgan.
    Demak, oila ustuni erkaklar qo'lidadir. Ammo, oilada kamchilik yoki xatolik o‘tsa, Alloh taolo bu kamchilikni isloh yo‘li bilan bartaraf etishga chaqiradi.
     Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: "Ayollarga yaxshi muomala qilinglar, chunki ayol qovurg‘adan yaratilgandir. Qovurg‘aning eng qiyshiq joyi uning yuqorisidir. Uni to‘g‘rilashga urinsangiz, sindirib qo‘yasan, agar tashlab qo‘ysangiz, qiyshiqligicha qolaveradi. Shunday ekan, ayollarga yaxshi muomala qilinglar", deganlar.
    Bu hadisda ayol kishi xato qilishi mumkinligi va erkak kishi o‘sha xatoga ko‘nib yashash kerakligi aytilmoqda.
Nimaga? Chunki bu qo‘rg‘on muqaddasdir. Bu qo‘rg‘onda inson ba’zi haqlaridan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.
    Alloh taolo oilada ayol tomonidan kamchilik yoki xato sodir bo‘lganda, er kishi uni yomon ko‘rmaslikka, aksincha, unga quyidagicha yondoshishga chaqirgan.
    Alloh taolo Niso surasining 19-oyatida: "Ular bilan totuv turmush kechiringiz. Agar ularni yomon ko‘rsalaringiz, (bilib qo‘yingki,) balkim sizlar yomon ko'rgan narsada Alloh sizlar uchun ko'pgina yaxshiliklar paydo qilishi mumkin", deya marhamat qilgan.
    Nima uchun? Chunki oila muqaddasdir.
    Shunday ekan har birimiz oilamizni muqaddas bilib, unga xiyonat qilmaslikka va arzimagan xatolarni deb muqaddas qo‘rg‘onni buzmaslikka harakat qilaylik.


Karimov Olimjon
Peshku tuman "Xo'ja Peshku" jome'
masjidi imom xatibi
 
«қ

-
: 04:40
: 05:30
: 13:10
: 18:40
: 20:20
: 21:40
Ңқ қ »
» »
»
Telegram