Sog`lom ona va bola kelajak poydevori
15 январ 2016 й.
2446 марта ўқилди.

Sog`lom ona va bola kelajak poydevori
 
Sog’lom ona va bola haqida  Prezidentimiz bunday deydilar: “Qizlarimiz timsolida biz avvalambor bo‘lg‘usi onalarni, xalqimiz, millatimizning umidi va tayanchi hisoblangan kelajak avlodni dunyoga keltirib, voyaga yetkazadigan naslimiz davomchilarini ko‘ramiz. Qiz bola sog‘lom va baxtli bo‘lsa, u quradigan oila ham, uning mevasi bo‘lmish bola ham sog‘lom va baxtli bo‘ladi. Oila sog‘lom va baxtli bo‘lsa, butun jamiyat baxtli va farovon bo‘ladi. Buni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur”. 
 
2005-yilda yurtimizda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning 30 foizi, jumladan, qishloq joylarda 29 foizi sport bilan shug‘ullangan bo‘lsa, 2015-yilda bu raqamlar sezilarli darajada 57,2 foiz va 56 foizni tashkil etgani qayd etildi. Bunday misollar mamlakatimiz  bu borada katta o‘sish va o‘zgarishga erishganidan yaqqol dalolat beradi. 
 
 Bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan aniq maqsadli ishlarimiz natijasida o‘g‘il-qizlarimiz muntazam shug‘ullanadigan sport turlarining soni keskin ravishda oshib bormoqda. Masalan, ayni shu yoshdagi bolalar 2005-yilda 43 turdagi mashg‘ulotlarga qatnashgan bo‘lsa, bugungi kunda ular 59 sport turi bilan shug‘ullanayotgani bu sohadagi yutuqlarimiz nafaqat son jihatidan, balki sifat jihatidan ham o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.
 
Mustabid tuzumdan meros bo‘lib qolgan ana shunday og‘ir vaziyat tufayli 2000-yilda har 100 ming bolaning 6 mingga yaqini o‘tkir respiratorli virusli infeksiyalarga, 576 tasi pnevmoniya, 449 tasi bronxit, 310 tasi skolioz kasalligiga chalingan edi.
Keyingi yillarda keng ko‘lamdagi iqtisodiy, ijtimoiy, maishiy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlarni izchil joriy etish, bolalar sportini tizimli asosda rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirgan ishlarimiz natijasida bugungi kunga kelib sport bilan shug‘ullanadigan 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarimiz o‘rtasida o‘tkir respiratorli virusli infeksiyalar bilan kasallanish 47,3 foizga, pnevmoniya bo‘yicha 55,6, bronxit bo‘yicha 61,7, skolioz bo‘yicha 45,5 foizga kamaygani biz erishgan eng muhim natija sifatida albatta barchamizni quvontiradi, deb qayd etdi Islom Karimov. Bunday ijobiy o‘zgarishlarni har qaysi ota-ona o‘z oilasi, o‘z farzandlari misolida ko‘rib, sportning bu boradagi ta’siri va ahamiyatini tobora chuqur anglab yetmoqda. 
Bolalarimiz kelajagini o‘ylab olib borayotgan mana shunday ishlarimiz farzandlarimizning jismoniy kamolotida o‘zining amaliy ifodasini topmoqda. Masalan, O‘zbekistonda bo‘y ko‘rsatkichlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti standartlariga mos keladigan 14 yoshli o‘g‘il bolalarning ulushi bugungi kunda Toshkent shahri bo‘yicha 97,9 foizni, Namangan viloyati bo‘yicha 97,6, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 97,1, Buxoro viloyati bo‘yicha 96,8 foizni, mamlakatimiz bo‘yicha 94,2 foizni tashkil etmoqda. Boshqacha qilib aytganda, 14 yoshdagi o‘g‘il-qizlarimizning bo‘yi keyingi o‘n yilda o‘rtacha 2,8 santimetrga o‘sganini alohida ta’kidlash lozim. 
Ayni shu yo‘lda amalga oshirgan ishlarimizning yana bir muhim natijasini harbiy xizmatga yaroqli deb topilayotgan yigitlar soni 2000-yildagi 63,4 foizdan 2015-yilda 86,3 foizga yetgani, ularning bo‘yi shu davrda 5,9 santimetrga o‘sib, o‘rtacha 171,7 santimetrni, vazni esa 6,2 kilogrammga ortib, 67,8 kilogrammni tashkil etayotgani misolida ko‘rishimiz mumkin. 
Barchamizga ayonki, sport bilan muntazam shug‘ullanish bolalarimiz, yoshlarimizning sog‘lom qarashlarini shakllantiradi va irodasini toblaydi, ularning mard va jasur insonlar bo‘lib kamol topishi, turli-tuman sinov va qiyinchiliklarni mardona yengib o‘tishga qodir bo‘lishi uchun mustahkam zamin yaratadi. Eng muhimi, sport bilan do‘st bo‘lgan bolalar biz uchun mutlaqo begona va zararli oqimlarga qo‘shilib ketmaydi, dedi Islom Karimov. 
 
Bugungi kunda shahar va qishloqlarimizda yangidan barpo etilgan zamonaviy futbol maydonlarida yoshlarimiz o‘zlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazmoqda. Bunday ishlar o‘z samarasini bermoqda. Hayotimiz o‘zgarmoqda, ongimiz, dunyoqarashimiz o‘zgarmoqda, o‘zimizga, o‘z sog‘lig‘imizga, kelajagimizga munosabatimiz o‘zgarmoqda va bu jarayonda boshqa ko‘pgina ijobiy omillar qatori avvalo sport katta ta’sir ko‘rsatmoqda. 
 
 Hech kimga sir emas, sport salomatlikni mustahkamlash bilan birga, har qaysi mamlakat, har qaysi davlatni olamga mashhur qiladigan beqiyos vositadir. Xalqaro maydonlarda sportchilarimiz erishayotgan yutuqlar qalblarimizda g‘urur-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi, ona Vatanimizga bo‘lgan muhabbat hissini yanada yuksaltiradi. Bizning qadimiy tariximiz, boy madaniyatimiz taraqqiyotida har tomonlama faxrlanishga arziydigan buyuk  allomalar, noyob obidalar, yengilmas sarkardalar, pahlavon va bahodirlar juda ko‘p bo‘lgan.
 
O‘zingiz ayting, eski tuzum davrida jahon miqyosida o‘tadigan bironta musobaqada “o‘zbek”, “O‘zbekiston” degan nomlar bugungidek jaranglab, millionlab insonlar qalbida aks-sado berganini birov eshitganmi, Vatanimiz bayrog‘i shunchalar baland ko‘tarilganini ilgari birov ko‘rganmi, deb alohida ta’kidladi Yurtboshimiz.
 
Barchamizga mamnuniyat yetkazadigan tomoni shundaki, iste’dodli o‘g‘il-qizlarimiz xalqaro maydonlarda qo‘lga kiritayotgan katta g‘alabalari bilan O‘zbekiston yoshlarining hech kimdan kam emasligini takror va takror namoyon qilmoqda. Bu haqda so‘z yuritganda, birgina o‘tgan yili 1 ming 668 nafar sportchimiz, jumladan, 567 nafar qizimiz 165 ta xalqaro musobaqada ishtirok etib, 983 ta medalni qo‘lga kiritganini, yosh iqtidorli musiqachi va ijrochilarimiz nufuzli xalqaro tanlovlarda 137 ta sovrinli o‘ringa sazovor bo‘lganini va ularning 76 tasi Gran-pri va birinchi o‘rin ekanini aytish joiz.
Men mana shunday yuksak marralarni qo‘lga kiritayotgan bolalarimizni millionlab O‘zbekiston  yoshlarining munosib vakillari, deb bilaman. Aynan ana shunday azmu shijoatli o‘g‘il-qizlarimiz o‘z yutuqlari bilan ming-minglab tengdoshlariga ibrat bo‘lmoqda, ularni ham katta maqsadlar yo‘lida ruhlantirmoqda, dedi davlatimiz rahbari. 
Prezidentimiz sport  jihozlari va kiyimlari ishlab chiqarishda ularning sifatli, qulay, xalqaro standartlarga mos bo‘lishi zarurligiga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, sport anjomlarini ishlab chiqarish uchun litsenziya berishni yo‘lga qo‘yish, bu borada ham raqobat muhitini rivojlantirish kerakligi qayd etildi.
 
Ana shunday yoshlarga ega bo‘lgan, o‘z oldiga yuksak va ulug‘ maqsadlar qo‘yib yashayotgan xalqni o‘z yo‘lidan aslo to‘xtatib bo‘lmaydi, u o‘z maqsad-muddaolariga albatta erishadi, dedi.
 
 
Mir Arab madrasasi 4 talabasi 
Vafoev Usmon
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 04:30
Куёш: 05:15
Пешин: 13:10
Аср: 18:30
Шом: 20:10
Хуфтон: 21:45
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram