Ota-ona vafotlaridan so`ng farzand ustidagi haqlar
12 2016 .
1985 қ.

 Ota-ona vafotlaridan so`ng farzand ustidagi haqlar

 
Inson uchun eng aziz va yaxshilik qilishiga mustahiq zot, albatta, ota-onadir. Shariatimiz ularni hurmat qilish va e’zozlashga buyurib, ularning xizmatlarini qilishni uqtiradi. Ularning farzandlar ustidagi haqlari nafaqat hayotlik davrlarida, balki vafot etganlaridan keyin ham davom etadi. 
 

وعن أَبي أُسَيد مالك بن ربيعة الساعدي ، قَالَ : بَيْنَا نَحْنُ جُلُوسٌ عِنْدَ رَسُول الله - صلى الله عليه وسلم - إذ جَاءهُ رَجُلٌ مِنْ بَنِي سَلَمَةَ ،فَقَالَ : يَا رسولَ اللهِ ، هَلْ بَقِيَ مِنْ برِّ أَبَوَيَّ شَيء أبرُّهُما بِهِ بَعْدَ مَوتِهمَا ؟ فَقَالَ : (( نَعَمْ ، الصَّلاةُ عَلَيْهِمَا ، والاسْتغْفَارُ لَهُمَا ، وَإنْفَاذُ عَهْدِهِمَا مِنْ بَعْدِهِما ، وَصِلَةُ الرَّحِمِ الَّتي لا تُوصَلُ إلاَّ بِهِمَا ، وَإكرامُ صَدِيقهمَا )) رواه أَبُو داود .

 
Abu Usayd Molik ibn Robiatus Saidiydan rivoyat qilinadi u kishi aytdilar: "Biz Rasululloh alayhis salom huzurlarida turganimizda Banu Salama qavmidan bir kishi kelib, “Ey Rosululloh biror yaxshilik bormiki ota-onam vafotlaridan keyin ham ularga qilsam” – dedi. Rasululloh “Ha bor, u ham bo`lsa ularning haqlariga duo qilmoqliging, Allohga ular uchun istig`for aytishing, biror vasiyat qilgan bo`lsalar uni bajarmoqliging,  ularning yaqinlari bilan silayi rahmda bo`lishing va ularning do`stlarini hurmat qilishing”, – dedilar. (Abu Dovud rivoyati)
Bu hadisi sharifdan ota-onaga yaxshilik qilish ularning vafotlati bilan to`xtamasligi, balki,  farzandning vafot etgan ota-onaga yaxshilik qilishda bardavom bo`lishligi aytilmoqda. Shunday amallardan:
Birinchisi: Ularning haqlariga duo qilib  Allohdan ularga rahmat, mag`firat va ularning darajalarini ko`tarishini so`rash va duosida:  “Robbim meni va ota-onamni gunohlarini kechir, ularni rahmat qil va ularni meni nomimdan chiroyli mukofotla”,- deyishidir.
Ikkinchisi: Ularning shariatga zid kelmagan vasiyatlarini bajarmoqligi. Aks holda u bajarilmaydi. Agar vasiyat molu davlatga tegishli bo`lsa, avval mayyitning qarzlari bo`lsa u ado qilinadi, so`ng molning uchdan birigacha vasiyat bo`yicha sarflanadi.
Uchunchisi: Ularning yaqinlari bilan silayi rahmda bo`lish. Xoh u yaqin qarindosh ota tomonidan amaki-yu  amma , yoki ona tomonidan tog`o-yu xola yoki bobo-yu  buvilar bo`lsin. Albatta ular bilan chiroyli munosabatda bo`lish va ularga yaxshilik qilish eng ulug` ishlardandir.
To`rtinchisi: ularning do`stlarini hurmat qilish, ularni ziyorat qilib ularga ehsonlar qilib turish va ularning hojatmandlariga yordam berish. Bularning hammasi ota-onaga yaxshilik qilishga kiradi, chunki, Rasululloh alayhis salom imom Muslim rivoyat qilgan hadisda: “Kishining eng ulug` ezgu ishlaridan otasining do`stlari bilan siylayi rahm, yaxshi muomalada bo`lishidir”, – dedilar.
Nafaqat ota-onaning do`slari bilan, balki, harqanday yaqinlarning do`stlari bilan siylayi rahmda bo`lish ezgu ishlardandir. Imom Buxoriy va Muslimlar rivoyat qilgan hadislarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xadicha onamiz vafotlaridan so`ng u kishining yaqin dugonariga ehsonlar qilib, qurbonlik go`shtlaridan yuborganliklari keltirilgan.
Imomi Muslim Abdulloh ibn Dinordan rivoyat qiladilar:  “Abdulloh ibn Umarn safarga chiqsalar minadigan eshaklari va sallalari bo`lardi. Safarlarining birida yo`lda bir kishini uchratdilar va undan: “Sen falonchining o`g`limisan”, – deb so`radilar. U: “Ha, uning o`g`liman”, – dedi. Abdulloh ibn Umar eshakdan tushib uni mindirdilar va boshlaridagi sallalarini ham unga kiydirdilar. Shunda sheriklari: “Ey Abdulloh ibni Umar, nega bunday qildingiz”, – deganlarida u kishi “en Rasulullohni:

“إن من أبر البر أن يصل الرجلُ أهل ودَّ أبيه”

“Kishining eng ulug`, ezgu ishlaridan otasining do`stlari bilan siylayi rahm, yaxshi muomalada bo`lishidir”, –  deganlarini eshitganman”, – dedilar.
 
 
Mir Arab o`rta maxsus 
islom bilim yurti mudarrisi: 
                                                               I. Xolnazarov

«қ

-
: 05:50
: 06:30
: 13:10
: 17:00
: 18:50
: 20:20
Ңқ қ »
» »
»
Telegram