Pesh qadamlar hayotidan
20 2017 .
1194 қ.

Pesh qadamlar hayotidan

Bismilahi rohmani rohim

Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak Payg’ambarimiz sollollohu alayhi va sallam bilan bir davrda yashagan sahobai-kiromlar  banul basharning eng baxtli va saodatli kishilari hisoblanadilar. Chunki ular Payg’ambarimiz sollollohu alayhi va sallamyashab o’tgan saodat asrida u zoti bobarokot bilan birdavrda yashab o’dilar. Mana shunday baxtga muyasar bo’lgan ulug’ zotlardan biri Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudirlar. U zot o’ta bechora hol bo’lib odamlarning qo’ylarini boqib tirikchilik qilganlar. U kishi 6- bo’lib islomga kirganlar. Mana shunday faqir, bechora , kambag’al inson islom tufayli dunyoning eng mashxur kishilaridan biriga aylandi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhumusulmon bo’lgan kunlaridan boshlab Rasulloh sollollohu alayhi va sallamning xizmatlariga o’tdilar. Shu lag’zadan boshlab Abdulloh ibn Mas’ud Payg’ambarimiz sollollohu alayhi va sallamdan bir qadam ham jilmay , u kishining xizmatlarida bo’ldilar. Xizmatlarida bo’lish bilan birgalikda Payg’ambarimiz sollollohu alayhi va sallamdan  ilm olish yo’lida ham unumli foydalandilar. Payg’ambarimiz sollollohu alayhi va sallamning muborak og’izlaridan chiqadigan harbir oyatni yodlab olib, ul zotga o’xshab qiroat qilishga harakat qilardilar. Mana shunday hatti harakatlari sababli qisqa vaqt ichida oz sonli musulmonlar orasida o’zarining qirotlari bilan ajralib turdilar. Payg’ambarimiz sollollohu alayhi va sallamo’z sahobalariga  Abdullo ibn Mas’ud roziyallohu anhuning qiroatlarini tinglashni tafsiya qilar edilar. Rasulloh sollollohu alayhi va sallamning o’zlari ham Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning qiroatlarini tinglashni yaxshi ko’rar edilar. Bir kuni Payg’ambarimiz sollollohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuni o’z huzurlariga chorlab : “ Ey Abdulloh , menga qiroat qilib ber “ , dedilar . “ Ey Ollohning Rasuli , sizga nozil bo’lgan narsani sizga qiroat qilamanmi ?” dedi Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu“ Men uni o’zimdan boshqadan eshitishni yaxshi ko’raman “ dedilar u zot. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu“ Niso “ surasidan tilovat qilishni boshladilar .U kishi “ har bir ummatdan bir guvoh keltirib, seni ularning hammasiga guvoh etib keltirgan chog’imizda (hol) qandoq bo’lir ?! Kufr keltirganlar va Rasulga osiy bo’lganlar o’sha kunda yerga qorishib ketishni istarlar va Ollohdan hech bir gapni yashira olmaslar” ga yetganlarida Rasululloh sollollohu alayhi va sallamyig’lab yubordilar. U zotning ko’zlaridan tinmay yosh oqa boshladi va qo’llari bilan ishora qilib : Yetadi , yetadi , ey ibn Mas’ud “ , dedilar . Masruq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : “ Ibn Mas’udni Abdulloh ibn Amrning huzurida zikr qildilar. Bas , u : “ U shunday odamki , men uni Rasululloh sollollohu alayhi va sallamning “ qur’on qiroatini 4 kishidan : Abdulloh ibn Mas’uddan ( u kishidan boshladilar) , Abu Xuzayfaning mavlosi Solimdan , Ubay Ibn Ka’bdan va Muoz ibn jabaldan talab qilinglar “ , deganlarini eshitganimdan buyon yaxshi ko’raman”, dedi”. Ikki shayx rivoyat qilganlar. Bu hadisu sharifdan bizga ma’lum bo’ladiki Payg’ambar sollollohu alayhi va sallamAbdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuni boshqa qori sahobalar ichida ham oldinga qo’yganlar. U kishining bunday maqomga musharraf  bo’lishlariga sabab Payg’ambarimiz sollollohu alayhi va sallamning xizmatlarida bo’lib u kishidan ilm o’rganganlaridadir. Olloh u zotdan rozi bo’lsin.

Xo’ja Ka’bul Axbor Vali jome’ masjidi imom xatibi

Odilov Haydar. 

 

 

«қ

-
: 06:30
: 07:25
: 13:10
: 16:55
: 18:35
: 20:10
Ңқ қ »
» »
»
Telegram