Poklik iymondandir
09 2019 .
404 қ.

 

 Poklik iymondandir

    Alloh taolo pok zotdir. U faqatgina pok narsalarni, islom shariatiga mos keladigan va o'zining roziligi uchun qilinadigan amallarni qabul qiladi. Haqiqatdan ham dinimiz pokiza narsalarni lozim tutib, harom narsalardan uzoqlashishga jiddiy ahamiyat bergan. Chunki, bu inson qalbiga, xulq-atvoriga, yurish-turishiga va kelagak zurriyotiga o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi.
    Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: "Darhaqiqat Alloh pokdir, va pok narsani qabul qiladi", deganlar.
    Yana Payg'ambar alayhissalom: "Safari uzoq davom etgan, sochlari to'zib, chang-g'ubor qoplagan kishi haqida zikr qildilar. U qo'lini osmonga ko'tarib: "Ey Robbim, ey Robbim deb duo qiladi. Ammo uning yegan taomi harom, ichgan ichimligi harom va kiygan kiyimi haromdir. Endi qanday qilib uning duosi ijobat bo'lsin", deganlar.
    Alloh taolo Baqara surasining 172-oyatida: "Ey mo'minlar sizlarga halol rizq qilib berilgan pokiza narsalardan yeyinglar va Allohga shukur qilib unga ibodat qilinglar", deb marhamat qilgan.
    Ba'zi ulamolarimizning aytishicha, oshqozon badandagi bir hovuz kabidir, tomirlar esa oqib turguvchi daryo. Agar oshqozonga biror bir illat tushadigan bo'lsa, u tomirlar orqali butun tanaga tarqaladi.
    Bu yerda ikki muhim narsaga e'tibor qaratilmoqda: pokiza halol narsalarni iste'mol qilish va solih amallarni ado etish. Yeydigan luqmasining halolligi kishining Allohga yaqin bo'lishi va duosining qabul qilinishida katta o'rin tutadi.
    Nabiy sallallohu alayhi vasallam Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuga: "Ey Sa'd, halqumingni poklagin, duosi qabul bo'ladigan kishilardan bo'lasan", deganlar.
    Har bir inson halol va harom narsalarga juda ham e'tiborli bo'lmog'i lozim. Agar bunga e'tiborsizlik qiladigan bo'lsa, garchi u serg'ayrat bo'lsa ham undan barakani ketkazadi. Harom luqma yeyish solih amallarni habata qilib qo'yishi mumkin.
    Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "Banda harom luqmani iste'mol qiladida, so'ngra undan qirq kun amallari qabul qilinmaydi", deb bizlarni ogohlantirganlar.
    Ushbu hadisdan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, Alloh taolo faqat ixlos bilan qilingan amallarni qabul qiladi, riyo uchun qilingan amallarni aslo qabul qilmaydi. Alloh niyati pok bo'lgan bandalarining amallarini qabul qiladi. Shu sabab har bir kishi amallarini chin ixlos bilan bezashi va unga nopok narsalarni aralashtirmasligi lozim bo'ladi.
    Alloh taolo barchalarimizni mana shunday pok insonlardan bo'lishimizni nasibador aylasin.

Karimov Olimjon
Peshku tuman "Xo'ja Peshku" jome' masjidi imom xatibi.
«қ

-
: 06:40
: 07:30
: 13:10
: 15:55
: 17:30
: 18:55
Ңқ қ »
» »
»
Telegram