ҳ
31 2017 .
1391 қ.

Ramozon ro’zasini farz bo’lish hikmati


        Ramazon oyida ro’za tutish oqil, bolig’ va boshqa shartlarni o’zida mujassam qilgan har bir mo’min-musulmon uchun farzdir. Ro’za tutish farz qilinishining hikmatlari juda ko’pdir. Quyida ulardan ba’zilarni aytib o’tamiz.
1.    Ro’za Alloh taologa qilinadigan toat ibodatdir. Ro’za tutgan banda had- hisobsiz ajru savoblarga ega bo’ladi . Bu ibodatni ado etgan banda jannatga “Rayyon” deb ataladigan alohida eshikdan kirish huqiqini qo’lga kiritadi.
2.    Ro’za ulkan axloq maktabidir. Ro’za tufayli mo’min kishi ko’pgina xislatlarga ega bo’ladi. Ro’za nafs balosiga qarshi jihoddir. Ro’za tufayli inson man qilingan narsalarga sabr qilishga o’rganadi. U ro’za orqali hayotida duch kelgan mashaqqatlarga chidashga ham malaka hosil qiladi.
3.    Ro’za tutish orqali mo’min kishi omonatga xiyonat qilmaslik hamda maxfiy va oshkora holatlarda ham Alloh taolo uni kuzatib turganini his qilishni o’rganadi.
4.    Ro’za tutgan kishini taqvodorligi oshadi. Qadimda barcha ulamolar va hukmdorlar ham ushbu haqiqatni doimiy ravishda takrorlab kelishgan . O’zini bilgan har bir ro’za tutuvchi inson ham bu haqiqatni juda yaxshi biladi. Shu bilan birga hikmatni targ’ib qiluvchilar sirasiga keyingi paytlarda kishilarni ochlik yo’li bilan davolovchi tabiblar qo’shildilar. Ularning ta’kidlashicha ixtiyoriy och qolish ya’ni ro’za tutgan insondan Alloh taologa qo’rqish u zotni doimo his etib turish ya’ni taqvo hissi paydo bo’ladi va ortadi. Hozirda ham kim taqvodorlikga erishish niyati bo’lsa albatta ro’za tutishlikni ta’kidlamoqdalar.
5.    Ro’zaning eng mashhur hikmatlaridan biri ro’zadorga ato etiladigan sog’liqdir. Hozirda ro’za tutish aynan sog’liq uchun nihoyatda foydali ekani haqida hamma bir ovozdan gapirmoqda. Mutaxassislar ixtiyoriy och qolishni ko’p va xo’b targ’ib qilmoqdalar. Ro’za o’sha ixtiyoriy och qolishning eng yaxshi va eng samarali namunasidir. Ro’za nafaqat sog’liqni saqlash uchun, balki kasalliklarni davolosh uchun ham nihoyatda zarurligi ta’kidlanmoqda. Hozirgi kunda keng tarqalgan bemorliklarning ko’plari musulmon bo’lmagan yurtlardagi ochlik, ya’ni ro’za tutish yo’li bilan davolamoqdalar.
6.    Ro’zaning foydalaridan biri havoyi nafsni sindirishdir. Ma’lumki, havoyi nafsning aytganini qilaverish insonni unga qul qilib qo’yadi. Bora-bora inson havoyi nafs nima desa, shuni qiladigan bo’lib qoladi. Havoyi nafs esa insonni hech qachon yaxshi narsaga buyirmaydi. Ro’za tutgan kishi ishtahasi kelib turgan holda turli taom, ichimliklar, shahvoniy narsalar va havoyi nafsi tilab turgan boshqa narsalardan o’zini tiyish bilan havoyi nafsining xohishini sindiradi. Shu bilan ro’zadorning irodasi kuchayadi. Havoyi nafsini jilovlab oladi.
7.    Ro’zaning foydalaridan biri shaytonga qahr ko’rsatishdir. Ma’lumki, la’nati shayton inson bolasini yaxshilikdan qaytarib, yomonlikka boshlab turadi. Inson bolasi yomonlikka yursa, shayton alayhila’na xursand bo’ladi. Inson bolasi yaxshilikka yursa, Alloh taoloning amrini bajo keltirsa, shaytoni la’in xafa bo’ladi, o’zini qahrga qolgan hisoblaydi. Ro’za esa aynan shunday ibodatdir. Ro’za ibodatini qilgan inson yomonliklardan qaytishi va Alloh taologa taqvo qilishi bilan shaytonga qahr ko’rsatgan bo’ladi.
8.    Ro’zaning foydalaridan yana biri ro’zadorning qalbi musaffo bo’lishidir. Ro’za tutgan inson doimo Alloh taoloning kuzatib turganini his qilib yashaydi. Shunung uchun o’zi yolg’iz qolganda ham ro’zani ochishga jur’at qilmaydi. Doimiy ravishda Alloh taoloni Uning azamatini, qudratini his etib turish esa kishi qalbini musaffo qiladi. Qalbiga Alloh subhanahu va taoloning muhabbatidan boshqa narsa sig’may qoladi. Ro’zador kishi ko’p hollarda o’z-o’zidan yomonlik qila olmay qolishi ham shundan. Demak, kim qalbi musaffo bo’lishini xohlasa, ro’za tutsin.
9.    Ro’za tutgan kishining ro’zasi sababidan gunohlari mag’firat qilinadi. Bu ma’lum mashhur haqiqatdir.
10.    Ro’za tutgan kishi o’z ro’zasi bilan farishtalarga xos sifatlarga ega bo’ladi. Ma’lumki yemaslik ichmaslik va jinsiy yaqinlik qilmaslik bilan doim toatda bo’lishi farishtalargagina xos sifatdir. Ro’za tutgan inson ro’za tufayli ana shu sifatlarga ega bo’ladi. Demak kim farishtalar sifatiga ega bo’lishni istasa ro’za tutsin.
11.     O’z ixtiyori bilan o’ttiz kun ko’ngli xohlagan turli narsalardan o’zini tiygan kishi keragicha sabr-bardoshga ega bo’ladi. Demak, kim sabr bardoshli bo’lmoqchi bo’lsa, ro’za tutsin.
12.    Ro’za insonni tartib intizomga o’rgatadi, chunki ro’za tutadigan kishi vaqtida saharlik qilib, vaqtida iftorlik qilishga odatlanadi.
Ro’zaning bu dunyodagi boshqa foydalari juda ko’p. Ushbu zikr qilingan narsalar ularning ba’zi foydalari, xolos. Kishi yeb-ichishi ko’paygani sari shaytoniy shahvoniy amallar ham ortaveradi. Payg’ambarimiz s.a.v  “Agar ummatim Ramazonning xislatini bilganida edi, yilning hammasi Ramazon bo’lishini orzu qilar edi”, “Kim imon bilan, savob umidida Ramazon ro’zasini tutsa va kechalarini ibodat bilan o’tkazsa, gunohlaridan onasidan yangi tug’ilgandek bo’lib chiqadi”, deganlar. Ya’ni Ramazon ro’zasini qoldirmay tutish, kechalarni ibodatda o’tkazish, banda uchun mag’firat so’rash imkoni, Alloh taoloning roziligini topish uchun qulay fursatdir. Shunday ekan biz musulmonlar kirib kelgan ushbu mohi sharif Ramazon oyini har bir lahzasini g’animat bilib toat-ibodatlarni to’la to’kis ado qilmog’imiz va bu oydan unimli foydalangan holda ko’plab xayrli va ezgu amallarda barqaroru bardavom bo’lishni Alloh haq subhanahu va taolo barchamizga musharraf aylasin.

 



                                                                                            “Malishoyak” jome’ masjidi
imom-xatibi:    Sh. Rahmonov



 

«қ

-
: 06:40
: 07:30
: 13:10
: 15:55
: 17:30
: 18:55
Ңқ қ »
» »
»
Telegram