SAMO VA ZAMIN
30 2017 .
800 қ.

“SAMO VA ZAMIN”

Ey Samo, nechun mahzun sen , bu mahzunlik sababi nedur.

Samo dedi: So’g’indim juda , payg’ambarim jamolin bugun.

Zamin dedi: Sendamasmi  u zotning ruhi, ruhni joyi ediku samo.

Samo dedi: Men bilmam hecham, Robbim bilur ruhlarni o’rnin.

Samo dedi: Ey zamin shod bo’l, U zod jismi bag’ringda axir.

Zamin dedi: Men uchun hozir, avvalgisi suyukliroqdir.

Samo dedi: Ey zamin bildir, yana bormi shundayin jism.

Zamin dedi: Aslo so’ylama, Endi bo’lmas bundayin jism.

Zamin dedi: Ey Samo aytchi, suyasanmi u zotni axir

Samo dedi: Suyganim ichra, uning o’zi yolg’iz-u yolg’iz

Zamin dedi: Mazur tut meni, yana bir bor istadim eshimoq!

Samo dedi: Bunday so’z dema, menga og’ir botadi juda.

Samo dedi: Ey zamin aytchi, sendagi ishq qanchalik og’ir.

Zamin dedi: Siyrati tengsiz, tarif etmoq ichra kalomim.

Samo dedi: Bor balkim undan,  suyushlikka loyiqroq bashar.

Zamin dedi: Men bilgan ichra , bundaylarni ko’rmagan  bashar.

 

“Ko’kaldosh” o’rta maxsus islom bilim yurti

 2-kurs talabasi Sultonov Dilmurod

 

«қ

-
: 05:15
: 06:01
: 13:10
: 17:50
: 19:40
: 21:05
Ңқ қ »
» »
»
Telegram