Tavbatan nasuha nima?
12 2016 .
1866 қ.

 Tavbatan nasuha nima?

 Bunday tavbaning banda uchun qanchalik manfaati va foydasi borligi haqida Alloh taolo o'zining kalomida aytib, yaratgan bandalari ichida iymon keltirganlarni aynan nasuh tavba qilishga chaqirib bunday marhamat qiladi: “Ey iymon keltirganlar! Allohga nasuh tavba qilinglar ! Shoyadki, Robbingiz gunohlaringizni yuvsa va sizni daraxtlari ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritsa.....” (Tahrim, 8). Alloh taolo bu oyatda nasuh tavba bandaning gunohini yuvib, daraxtlari ostidan anhorlar oqib turgan jannatga kiritishini aytmoqda.
Nasuh tavbaning lug'atdagi ma'nosi "xolis","jazm","sodiq","nasihat qiluvchi" ma'nolarini anglatadi. Demak "tavbatan nasuha" birik masi "xolis tavba", "sodiq tavba","jazm tavba", "nasihat" ma'nosidagi tavba ma'nolarini anglatadi. Bu ma'no haqida ko'pgina ulug'lardan ta'riflar rivoyat qilingan. Jumladan, hazrati Umar, Ibni Mas'ud,Ubay ibn Ka'b roziyallohu anhumlarning ta'riflariga ko'ra, nasuh tavba – sut yelinga qaytmagani kabi, yana gunohga qaytilmagan tavbadir.
Quzariy aytadilar: "Nasuh tavbasining ushbu to'rtta xususiyati bor: “Til bilan mag'firat so'rash, qilingan gunohdan xolis nadomat chekish, gunohga qaytmaslikka qalbdan qaror qilish va yamon do'stlardan uzoqlashish".
Zunnun aytadi: “Nasuh tavbasining uch alomati bor: oz gapirish, oz yeyish va oz uxlash”.
Anas ibn Molik aytadi:"Nasuh tavbasi kishining ko'z yoshlarini oqizishi, gunohga qarshi tura oladigan qalbga ega bo'lishi demakdir".
Fuzayl ibn Iyoz deydi: "Gunohini doimo ko' z o'ngida tutishi va har doim uni ko'rib turgandek harakat qilishidir " .
Sahl tustariy aytadi:" Nasuh ahli sunna val jamoa uchun lozim bo'lgan tavbadir. Chunki bid'atchining tavbasi bo'lmaydi. Bunga dalil Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Alloh har bir bid'atchining oldiga uni tavbadan to'suvchi parda qo'ygan",degan mazmundagi hadislaridir".
Abu Bakr Vositiy aytadi:"Nasuh hech qanday yo'qotishlar dardida qilinmagan tavbadir. Chunki dunyoda nafsining rohati uchun gunoh qilgan kimsa, keyin o'zining oxiratdagi rohati uchun tavba qilsa, uning tavbasi Alloh uchun emas, o'zini himoyasi uchun bo'ladi ".
Abu Bakr Daqqoq aytadi: "Nasuh tavbasi – haqqini yegan odamlariga haqlarini qaytarish, dushmanlari bilan rizolashish va itoatlarni davomli odatga aylantirishdir"
Ruvaym deydi: "Nasuh tavbasi ma'siyat paytida Haqqa orqa o'girganidek, tavba asnosida ortga qayrilmay, Allohga yuz burishdir ".
Hasan Basriy aytadi:"Nasuh suygan gunohini yamon ko'rib, uni eslaganda, mag'firat so'rashdir" deganlar.
 
  Bu ulug'larning so'zlarini o'qib har birimiz nasuh tavba qilaylik. Zero tavba eshiklari hamisha ochiq lekin umurga ishoch yo'q.
 
Sochlarimga inibdi oq rang,
Oq kafanni hozirlash lozim.
Basdir qora nafs yo'lida jang,
Basdir qora ta'maga ta'zim.
Oq soch o'lim xabari, biroq
Bexabarlar o'tdiyu ketdi.
Qora lahat ichida chiroq
Hozirlamoq fursati yetdi.
Qora go'rning chirog'i iymon,
Sochlarimga inibdi oq rang.
Basdir firib, berur yolg'on,
Basdir qora nafs yo'lida jang.....
Sadriddin Salim Buxoriy.
 
 
Xo'ja Muhammad Boboiy Samosiy jome' 
masjidi imom xatibi Shirinov Abdullatif.
 
«қ

-
: 05:50
: 06:30
: 13:10
: 17:00
: 18:50
: 20:20
Ңқ қ »
» »
»
Telegram