O'z joniga qasd qilishlik og'ir gunohdir
05 2019 .
425 қ.

 

O'z joniga qasd qilishlik og'ir gunohdir

    Alloh taologa hamdu sanolar, Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamga durudu salomu salavotlar bo'lsin.
    Alloh taolo inson zotini azizu mukarram qilib yaratgan. Uning sha’nini ulug‘lab, yer yuzidagi barcha narsalarni uning manfaati uchun paydo qildi. Insonning sha’ni, moliga, joni va nasabiga tajovuz qilishga olib keladigan barcha ishlarni man qilib qo‘ydi.
    Bu haqida Qur’oni Karimning Baqara surasining 195-oyatida shunday marhamat qilinadi: “O‘z qo‘llaringiz bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamangiz”.
    Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti bergan bayonotga qaraganda, har yili 800 mingdan ortiq kishi o‘z joniga qasd qilar ekan. Ming afsuslar bo‘lsinki, so‘ngi paytlarda yoshlarimiz o‘rtasida ham o‘z joniga qasd qilish holatlari kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘z joniga qasd qilishni oldini olish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Shunday ishlardan biri “O‘z joniga qasd qilish og‘ir gunoh” mavzusida ta’lim muassasalarida imom-xatiblarimiz tomonidan davra suhbatlari muntazam ravishda tashkil qilingan.
    O‘z joniga qasd qilish og‘ir gunohligi to‘g‘risida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir nechta hadisi shariflarida  ta’kidlaganlar.
    Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: “Kim tog‘ tepasidan tashlab, o‘zini-o‘zi o‘ldirsa, o‘lgandan so‘ng jahannamda o‘zini tog‘ni tepasidan tashlab shu azob bilan abadiy azoblanadi. Kim zahar ichib o‘zini-o‘zi o‘ldirsa, jahannamda doimo qo‘lida zahar ichishlik bilan shu azobga duchor bo‘ladi. Kim o‘zini temir parchasi bilan o‘ldirsa, o‘sha kimsa temir parchasi qorniga suqilgan holda jahannam o‘tida abadiy qoladi”, dedilar.
    Boshqa bir hadisda: “O‘zini-o‘zi bug‘ib o‘ldirgan kishi do‘zaxda ham shu xildagi azobga qoladi va kim o‘zini olov bilan o‘ldirsa, do‘zax olovida ham o‘zini xuddi shunday azobga solinadi”, deyilgan.
    Demak, inson bu sinov dunyoda boshiga keladigan qiyinchilik va mashaqqatlarga bardosh bera olmay umr deb atalgan buyuk omonatga xiyonat qilishi ulkan gunoh bo‘lishi bilan birga muammoning yechimi ham bo‘lmas ekan. Aksincha, muammo ustiga undan ham og‘ir oqibatlarga sabab bo‘ladi. Oyning o‘n beshi qorong‘u bo‘lsa, qolgan o‘n beshi yorug‘dir. Sabr bilan, to‘g‘rilik bilan sinovlardan o‘tish esa insonni kamolot sari yetaklaydi.
    Yaratgan barchamizning umrimiz uzoq, iymonimiz mustahkam va savobli amallarimiz ko‘p bo‘lishini nasib aylasin.

Karimov Olimjon
Peshku tuman "Xo'ja Peshku" 
jome' masjidi imom xatibi.
 
«қ

-
: 06:40
: 07:30
: 13:10
: 15:55
: 17:30
: 18:55
Ңқ қ »
» »
»
Telegram