Oltindan qimmat vaqtimizni qadrlaylik.
03 2015 .
1605 қ.

 Oltindan  qimmat vaqtimizni qadrlaylik.

 
     Alloh taolo biz bandalariga behisob ne’matlarini berib qo’ygan. Hamda butun maxluqotlari ichida biz banul basharni azizu mukarram qilgan. Biz bandalar Alloh taoloning bizlarga bergan behisob nematlarini shukronasini ado etishligimiz kerak. Bu uchun bizga berilgan umr ne`matini qadriga yetib har bir lahzasini g’animat bilishligimiz kerak. Qo’limizdan kelganicha farz ibodatlaridan tashqari nafl ibodatlar bilan bizlarni azizu mukarram qilib yaratgan Parvardigori olamga yaqin bo’lishlikka intilmog’imiz lozim. Bu uchun bizga eng to’g’ri yo’l payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning sunnati saniyyalaridir. Hammamizga ma’lumki Alloh taolo payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni avvalgi va oxirgi gunohlarini kechirgan. Shunga qaramasdan payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam juda ko’p ibodat qilar edilar. Bu haqda payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadisi shariflarida marhamat qilib aytadilarki: “Allohga qasamki albatta men Alloh taologa bir kunda 70 marotabadan ko’proq istig’for aytaman va unga tavba qilaman” dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Lekin bu kecha kunduzda maraka marosimlarda, xatmi qur’onlarda va turli ehson ziyofatlarda bema`ni gap so’zlar, g’iybatlar va yolg’on gaplarning guvohi bo’lamiz. Bular judayam achinarli holatlardan biridir .
     Ummu Habiba r.a.dan rivoyat qilingan hadisda payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilarki: “Odam farzandining har bir kalomi uning zararigadir, foydasiga emas, magaram amru-ma’ruf, nahiy munkar yoki Allohning zikri foydasiga bo’ladi”. Imom Termiziy rivoyati.
Ba’zi vaqtlarda masjidlarda ibodat uchun kelganlar ham  behuda gap so’zlarni gapirib, zikr qilib turgan yoki boshqa nafl ibodatga mashg’ul bo’lganlarni  ibodatdan chalg’itadilar. Buning o’rniga Alloh taoloni zikr qilib tursalar ulkan savoblarga erishardilar .
      Ibn Umar r.a.dan rivoyat qilingan hadisda payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilarki: “Allohni zikridan boshqa so’zlarni ko’paytirmanglar, albatta Allohning zikridan boshqa so’zlarning ko’payishi qalbni qoraytiradi va albatta Allohdan insonlarning uzoqrog’i qalbi qoraygan kishidir”.Imom Termiziy rioyati.
  Bu hadisi shariflardan ibrat olib, bizga berilgan umr ne’matini qadriga yetib, har bir lahzasini g’animat bilib, Alloh taoloning zikri bilan tillarimizni ho’llab yursak ulkan ajru savoblarga erishamiz inshaalloh.
 
Odilov Haydar,  
Xo’ja Ka’bul Axbor Vali jome’ masjidi imom xatibi  
 
«қ

-
: 06:40
: 07:30
: 13:10
: 15:55
: 17:30
: 18:55
Ңқ қ »
» »
»
Telegram