VATAN - MUQADDASDIR
23 2017 .
5101 қ.

 VATAN - MUQADDASDIR

 
    Darhaqiqat, Alloh taolo insonlarni bu dunyoda turli-tuman ne'matlari bilan siylagan bo'lib, har bir ne'matlarining o'ziga yarasha qadr-qiymati bor. Ammo bular ichida bebaho yana bir ne'mati borki, har birlarimiz uning qadriga yetmog'imiz, uni ko'z qorachig'imizdek asrashim lozim. Bu albatta Istiqlol ne'mati Vatanga bo'lgan muhabbatdir.
    Vatan va din himoyasi har bir musulmon farzandning zimmasidagi burchidir.
   Demak, har bir iymonli kishi o'z vatanini sevishi, ardoqlashi, uning rivojlanib gullab yashnashi uchun qo'lidan kelganicha o'z hissasini qo'shishi, uning sarhadlarini moli-yu joni bilan himoya qilishi lozim boladi.
    Biz Vatanga bo'lgan muhabbatni Payg'ambar alayhissalomdan o'rganamiz. U kishi ona Vatanlari Makka shahridan Madinaga majbur hijrat qilganlaridan keyin doimo Makka shahrini sog'inib qumsardilar va sahobalari bilan birga: "Ey Allohim, bizlarga Madinani Makkani sevganimizdek sevdirgin", deb duo qilar edilar.
    Inson qayerda tug'ilsa, o'sha yer uning uchun qadri baland bebaho Vatan hisoblanadi. Hattoki sahroda tug'ilsin yoki tog'u-toshlar orasida tug'ilgan inson bo'lsin kindik qoni to'kilgan joydan aziz va mukarramroq joy bo'lmaydi.
    Ulug' ustozimiz Alixon To'ra Sog'uniy hazratlari: "Har bir insonning muqaddas to'rtta narsasi bo'ladi, ular:
1. Hur va ozodligi.
2. Peshona teri mehnati bilan topgan mol-mulkiga o'zi egalik qilishi.
3. Tug'ilib o'sgan ona Vatani.
4. Asrlar davomida asrab-avaylab kelayotgan muqaddas dini.
Bu to'rt narsaga ega bo'lmagan kimsalar insoniylik sharafidan mahrumdir", deganlar.
    Buyuk allomalarimiz shunday deyishgan: "Kishining vafodorligi uning o'z Vatani uchun qayg'urishidan, yaqinlarini sog'inishidan va umrining zoye ketkazgan lahzalariga o'kinib yashashidan bilinadi".
    Insonning o'z xalqiga bo'lgan sadoqati va fidoiyligi Vatanni himoya qilishi, taraqqiy topib, har tomonlama mustahkam va qudratli bo'lishi hamda xalqining tinch va farovon hayot kechirishiga imkoniyat darajada hissa qo'shishi bilan o'lchanadi.
    Dinimiz ta'limotlarida ona Vatan himoyasi, millat farovonligi va din ravnaqi yo'lida jon bergan kishilarga shahidlik maqomi berilishi aytilgan.
    Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam shunday deb marhamat qilganlanlar: "Molini, jonini, dinini, ahlini, himoya qilish yo'lida halok bo'lgan kishi shahid maqomidadir".
    Darhaqiqat, bunday kishiga shahidlik martabasi berilishi bejiz emas. Chunki u inson uchun eng aziz bo'lgan narsani himoya qilishga qasd qilgan. Aks holda, uning sha'ni va g'ururi toptalgan bo'lur edi.
    Vatandoshimiz ulug' shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlari Hindistondek buyuk davlatning podshosi bo'lsa ham, o'z ona vatani firoqida nolayu- fig'onlar chekkan. Vatanini qumsab, sog'inib yashagan. Hattoki: "Ona yurtim hidi kelib turadigan joyga yaqinroq boray", deb Qobul shahrida dafn qilishlarini so'ragan.
    Shunday ekan biz Vatanimiz Ozbekistonni ulug' ajdodlarimiz sevgandek jonu-dilimiz bilan sevaylik. Uning gullab yashnashi, obodu-farovon bo'lishi yo'lida bor kuch va g'ayratimiz, barcha bilimlarimizni safarbar qilaylik. Shundagina xalqimiz orzu qilgandek buyuk Vatan qura olamiz.
    Birinchi yurtboshimiz Islom Karimov aytganlaridek: "Bizdan faqat ozod va obod Vatan qolsin".
    Bu ulug' orzuyimizga yetishimizda Alloh taolo barchalarimizga kuch-quvvat ato aylab, Vatanimiz tichligini barqaror va xalqimiz hayotini bundan ham go'zal aylasin.
 
 
Olim Karimov
Peshku tuman “Bobo-arab” masjidi imom xatibi
«қ

-
: 06:40
: 07:30
: 13:10
: 15:55
: 17:30
: 18:55
Ңқ қ »
» »
»
Telegram