Yaxshilik qilishning fazilati
03 2019 .
37 қ.

 

Yaxshilik qilishning fazilati

Alloh taolo biz bandalarni  hamisha o’ziga ibodat qilishlikga va unga biror bir narsani sherik qilmaslikga  buyuradi. Shu bilan birgalikda bandalar bir birlariga qo’llaridan kelganicha yaxshilik qilishlikka chaqiradi va bu yaxshiliklar  evaziga ko’plab ajrlar berishini va’da qiladi. 
Kimki, zarracha yaxshilik qilsa uni ko’radi.Ya’ni ajrini oladi. Zilzila surasi 7- oyat.
Oyati karimadan bizlarga ma’lum bo’ladiki, qiladigan yaxshiliklarimizni katta kichik sanamasdan ado etishligimiz kerak bo’ladi. 
Abu Hurayradan  (r.a.) rioyat qilingan hadisda payg’ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: Bir kuni bir kishi yo’lda ketayotib qattiq  chanqadi. Bir quduqni topdi va unga tushib suv ichdi. Keyin quduqdan chiqdi qarasaki bir it chanqaganidan  halloslab tuproqni yalayapti. Haligi kishi aytdiki menga qanday chanqoqlik yetgan bo’lsa bunga ham xuddi shunday chanqoqlik yetibdi. Quduqqa tushib maxsisini suvga to’ldirib, og’zi bilan maxsini ushlab tepaga chiqdi. Itni sug’ordi Alloh uni amalini qabul qildi va uni kechirdi. Sahobalar aytdilarki ey rasululloh hayvonlarga qilgan yaxshigimiz uchun ham ajr olamizmi? Payg’ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki har bir jigari ho’l uchun ajr bor. Muttafaqun alayh.
Buxoriyning rivoyatida Alloh taolo u kishini amalini qabul qildi va uni kechirdi hamda jannatga kiritdi deyiladi. Bu hadisni sharxlagan ulamolarimiz aytadilarki, hadisi sharifda biz mo’min musulmonlarga bir qancha foydalar bor. Jumladan har bir hayot egasi bo’lgan maxluqga yaxshilik qilishlik fazilat ekanki hamda bu ishga qiziqtirish bor. Albatta, bu yaxshi amallardan hisoblanadi, qandayki  Alloh azza va jalla ushbu ish uchun ulug’ savoblar bilan bandalarni mukofotlaydi.Va bu ish mag’firatga sabab bo’ladi. Alloh taolo barchalarimizni mana shunday xayrli amallarda bardavom qilib jannatlariga doxil aylasin.

Kogon tuman “Xo’ja Ka’bul Axbor Vali”
jome’ masjidi imom xatibi
Odilov Haydar.
 
«қ

-
: 05:40
: 06:28
: 13:10
: 17:10
: 19:00
: 20:30
Ңқ қ »
» »
»
Telegram