YOMON XOTIMA...
05 2016 .
1356 қ.

 YOMON XOTIMA...

Aslida hayotimizda ibrat oladigan narsalar ko'p-u, ammo bizning e'tiborimiz kam. Bu bo'lgan voqeani bir do'stim hikoya qilib bergan edi. Institutda o'qib yurgan paytlarimda boy oilaning farzandi bo'lgan bir kursdoshim bo'lardi. U hamma narsani pul bilan o'lchar, kayf-safoni barcha narsadan ustun qo'yardi. O'zining ojiz inson ekanligini esdan chiqarib, tiliga ham erk berib yuborgandi. Hattoki bir kuni: "Men o'lsam, jahannamga tushaman. Birga yuradigan qizlarim, men bilan birga aroq ichadigan o'rtoqlarim ham u yerga tushishadi. Jannatga kirganimning foydasi yo'q, chunki men u yerda zerikib qolaman, hech kimni tanimasam..."
Yigit bu gaplarni gapira turib, o'ziga o'zi hukm qilganini bilmagandir balki. Shunchaki o'rtoqlarini kuldirish uchun valdiragandir. Nima bo'lganga ham u Allohning dinni masxara qildi.
Oqibatini qarangki, ko'p o'tmay o'sha yigit o'zini o'zi osib o'ldirdi. Bu voqea ibrat bo'ladigan darajada edi.
Rosululloh sallallohu alayhi vasallam aytganlaridek: "Din_bu nasihatdan iborat". Darhaqiqat nasihat, ibrat olishlik o'zimizdan. Eng yaxshi inson qilgan xatosini tuzatib, uni boshqa takrorlamaydigan insondir.
 
Karimov Olimjon
Peshku tuman Bobo arab jome` masjidi imom xatibi
«қ

-
: 05:50
: 06:30
: 13:10
: 17:00
: 18:50
: 20:20
Ңқ қ »
» »
»
Telegram