Yoshi uluglarni hurmatlash
08 2019 .
161 қ.

 

 Yoshi ulug’larni hurmatlash

Bismillahir rohmanir rohim.
 
O’sib ulg’ayib kelayotgan yosh avlod  hamisha katta  hayotiy tajribaga ega bo’lgan, aqilli, taqvoli ulug’ kishilar maslahatiga doimo muxtoj. Dinu- diyonat, millatu mamlakat ravnaqi uchun o’z hissamni qo’shaman degan  har bir o’g’il qiz keksalarning hayot tajribasidan foydalanishi lozim. Shuning uchun oramizda kattalarning borligi ulug’ ne’matdir. Inson hayoti bamisoli mevali daraxtga qiyoslanadi.
Luqmoni Hakimdan: - Nega ha deb o’g’lingga nasihat qilaverasan? deb so’rashdi. Keksalarning nasihatlari yoshlar uchun bog’bon niholni tarbiya qilgani kabidir, deya javob berdi Luqmoni Hakim.
Qariyalarni  e’zozlashga dinimizda alohida e’tibor berilgan. Anas (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda Payg’ambarimiz (s.a.v.) yosh yigit keksa kishini yoshi ulug’ligi uchun hurmat qilsa, Alloh taolo  uni ham keksayganida hurmat qilinadigan insonlar  qatoriga qo’yadi. Termiziy rivoyati.
Boshqa bir hadislarida Payg’ambarimiz (s.a.v.)  kichiklarimizga rahm shavqatda, kattalarga hurmat izzatda bo’lmagan kishi bizdan emas dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyati.
Har bir  inson o’zining  umri davomida hayotining har bir laxzasida Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning hadisi shariflariga  va shariatimiz ahkomlariga amal qilib yashashi kerak. Imom Buxoriy va Imom Muslim  rivoyat qilishgan hadisda bunday deyiladi: Sa’d ibn Muoz masjidga yaqinlashganida  Payg’ambarimiz (s.a.v.) ansorlarga: ulug’lar yoki solih kishilar kelganida o’rinlaringizdan turinglar, dedilar. Mana bu Payg’ambarimizning  yoshi ulug’lar va solih kishilarga ko’rsatgan hurmatlaridir. Ana shunday  amallarni bajarganlarida Alloh taoloning izni inoyati bilan yoshlarimiz har bir qilgan amallari uchun ajr savobga ega bo’ladilar hamda  baxtli saodatli umr guzaronlik qiladilar.

Kogon tuman “Xo’ja Ka’bul Axbor Vali jome” 
masjidi imom xatibi
Odilov Haydar.
«қ

-
: 05:25
: 06:04
: 13:10
: 17:40
: 19:30
: 20:55
Ңқ қ »
» »
»
Telegram