Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy nigohida
15 март 2019 й.
242 марта ўқилди.

 

Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy nigohida

Alisher Navoiy avvalida Abdurahmon Jomiyni shoir, donishmand, olim sifatida ustoz deb bilgan bo’lsa, keyinchalik esa bu hazratning rahnamoligida Naqshbandiya tariqatini rasmiy tarzda qabul qilib , Abdurahmon Jomiyni ham ustoz, ham pir sifatida ezozlaydi.
Navoiy  Abdurahmon Jomiy bilan, Amonullo Valixonov aytganlaridek “Non do’st emas, balki jon do’st’’ edilar.  Navoiy Jomiyni deyarlik har bir asarida alohida mehr va alohida hurmat bilan tilga olib o’tadi.
Jomiy hayotlik davrida yozilgan Navoiy  asarlaridagi tariflar, bulardan dastlabkilariga “Xamsa” dostonlarini (“Xamsa’’ tarkibidagi barcha dostonlarda Jomiy haqida alohida boblar ajratilgan.) kiritish mumkin. “Majolisun nafois” asari ham Jomiy hayotligida yozilgan bo’lib Navoiy bu asarida ham bu borada alohida to’xtalgan.  Jomiy vafotidan keyin yozilgan asarlardan “Xamsatul mutahayyirin”, “Nasoyim ul muhabbat”, “Muhokamatul lug’atayin’’, “Mahbub ul -qulub”, kabi asarlarida etirof etgan o’rinlar mavjud.
Navoiyning ko’plab asarlarini yuzaga kelishida Jomiy ijodiyotining  o’rni beqiyos bo’lgan bo’lsa, o’z navbatida Jomiy ijodining rivojida Navoiy ham salmoqli o’rin egallaydi.  Jumladan, Jomiyning “Nafohat ul-uns” asarining yuzaga kelishi tarixi haqida Navoiy shunday  yozadi;  “Xayolimg’a evrulur erdikim hazrati muqarrabi boriy Xoja Abdulloh Ansoriy ashobi tariqat va arbobi haqiqat zikridakim, iborat sufiya mashoyixidin bo’lg’ay- kitobe bitibdurlar va  ani besh tabaqa qilibdurlarkim , ani  “Tabaqoti mashoyixi sufiya” derlarkim , borchasi yuz kishining zikri bo’lg’ay va alardin so’ngra shayx Farididdin Attordag’i bir nav kitob bitibdurlarkim  “Tazkiratul avliyo”g’a  mashxurdur va hazrati Shayx Abu Abdurahmon Sulloniydag’i  bu azizlar zikrida bitibdurlarkim “Tabaqoti Sulloniy’ derlar, ammo ulcha o’zlaridin burung’i zamondag’i mashoyixdur borchasining zikrin qilmaydurlar va o’z muosirlarining ko’pini ham va o’zlarin ham bitmaydurlar. Va o’zlaridin to’rt- besh yuz yil mobaynida zuhir qilg’on mashoyixi izom va avliyoyi kirom zikri xud ul kitubda va yo’qdir. Agarchi bazining maqomatin tilasa topsa bo’lg’ay, ammo oz va hech kim bu mazkur bo’lg’on buzrugvorlarni bir kitobda jam qilmaydurkim, zamon ahlig’a nafi kulloyandin yetishgay, va mumkindurkim , falak sayri iztirobidin va zamon havodisi inqilobidin bu farxunda ahvol va sifotlarikim , maqsud oforinishdin alarning sharif  buyud laridur –oradin chiqqay ” deya xavotirga berilganini va bu asarlarni kamchiliklarini to’ldirib qayta ishlash kerakliligi Navoiyning xayolini band qiladi. Ammo bu ishni kim bajara oladi; ”Oyo , zamon akobiridin ham bo’lg’aykim , bu sharif amrg’a murtakib bo’la olg’ay –deb ko’nglimg’a kechurur erdim va sabr va taqsim bila o’z qoshimda hazrati Mahdumg’a qaror berur erdim, ammo gustohliq qila olmas erdim. Bir kun xayolg’a keldikim , umrg’a etimod  yo’qdur , bo’lmag’aykim, bu orzuni gorga eltgaysen, avlo uldurkim , alarg’a arz qilg’aysen. Emdikim , mahal topib, bu mazkur bo’lg’on muddaoni arz qildim-g’arib hol dast berdikim, alarning ham muborak xotirlarig’a biayniki ushbu nav o’tar ermish
 
Mir arab o'rta maxsus islom bilim yurti 
3-kurs talabasi Abdulhamid Muhiddin
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 04:25
Куёш: 05:08
Пешин: 13:10
Аср: 18:30
Шом: 20:20
Хуфтон: 21:45
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Аудио
Telegram