BOLAJONLAR UCHUN NABAVIY ODOBNING TURLARI.
20 2018 .
185 қ.

 

 BOLAJONLAR UCHUN NABAVIY ODOBNING TURLARI.

      Nabaviy odobni o'rganishdan oldin odobning o'zi haqida biroz bilib olsak, foydadan xoli bo'lmaydi.
      Hofiz ibn Hajar rohimahulloh aytadi: "Odob – maqtovga sazovor so`z va amalni bajarishdir. Karamli axloqlarni ushlash odobdir".          
     "Yaxshi deb bilingan amallar uzra bo`lish odobdir".      
     "O`zingdan kattani ulug`lab, o`zingdan kichikka mehr ko`rsatishing odobdir".
        Junayd rohimahullohdan odob haqida so`rashganida: "U chiroyli hayot tarzidir", degan. 
       Odob insonlarning katta-yu kichigi haqida xabar beruvchi tashqi belgi hamdir. Shu boisdan ham bolaga odob berish va uni odob libosida tutib turish , xulqiy tarbiyaning eng avvalgilaridan hisoblanadi.
 Nabaviy odobning birinchisi–ota-onaga nisbatan:
     Imom Navaviy rohimahulloh “”Al–Azkor” da “Bolani va o`quvchini o`zining otasi va ustozini ismi bilan chaqirishdan qaytarish, degan bobni keltirganlar:
     Abu Hurayra roziyallohu anhudan, u zot aytadilar: Nabiy sallollohu alayhi va sallam bir yigit bilan bir kishini ko`rdilar va yigitga: “Bu kim?, dedilar. U: Otam, dedi. U zot alayhissalom: “Uning oldida yurma va unga so`kish eshittirma. (Ya`ni, xunuk amaling sabab seni odobga chaqirish uchun va senga jahl qilib otangni so`kiladigan ishni qilma. Bu Navaviyning sharhlari.) Otangdan avval o`tirma va uni ismi bilan chaqirma, dedilar.
      Abu G`asson aytadi: Otam bilan chiqib, toshloq yerda ketayotgan edim, menga Abu Hurayra roziyallohu anhu uchrab qoldilar va: “Bu kim?, dedilar. Men: Otam, dedim. U zot: “Uning oldida yurma. Lekin, uning ortida yoki yonida yur va birontasi sen va otangning orasiga tushib olishiga yo`l qo`yma. Otang o`tirgan uyning ustida ham yurma. Otang unga qaragan go`shtli suyakni yema, balki otang uni yegisi kelar, dedilar.
 
     Ota–onaga murojaat qilish odobi:
 
         Imom Qurtubiy tafsirlarida keltirishlaricha, Abul Baddoh Tajiybiy aytadi: Saiyd ibn Musayyabga: Qur’ondagi ota–onaga yaxshilik qilish borasidagi har bir oyatni tushundim, illo “Isro” surasi, 23–oyatidagi  “kariym so`z”dan murod nimaligini bilolmadim, dedim. Ibn Musayyab rohimahulloh: “Gunohkor qulning qo`pol, qattiqqo`l xo`jayiniga aytadigan so`zidir, dedi. Umar ibn Hattob roziyallohu anhu “kariym so`z”ni tafsir qilib: “U ota–onaga: Otajon! Onajon!, deb aytmog`ing, deganlar.
               Ota-onaga nazar solish odobi:
 
          Imom Tabaroniy, Ibn Abbos roziyallohu anhumodan, aytadilar: Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: “Agar ota-ona bolasiga nazar solsa va bolasi ularni hursand qilsa, bola uchun bir jonni ozod qilganlik (savobi) boqladi, dedilar. Shunda: Yo Rasululloh! Agar uch yuz oltmish marta nazar solsachi?, deyilgandi. U zot alayhissalom: “Alloh akbar, dedilar.
      
    Munoviy rohimahulloh “Fyzul–Qodiyr”da, Ibn Abbos roziyallohu anhumodan, u zot aytadilar: “Qaysi bir inson ota-onasining yuziga mehr–shafqat nazari ila qarasa, Alloh taolo unga ana shu nazari sabab maqbul va mabrur haj (savobi)ni yozib qo`yadi, dedilar. 
       Imom Buxoriy “Adabul–Mufrad”da Valid ibn Numayrdan rivoyat qiladi. U kishi otalarining: “Aytishgan ediki: “Tuzatish Alloh taolodan va odob esa otalardan, deb aytganini eshitgan ekan.
      Bugun odob-axloq, madaniyat degan niqob ostida beodoblik va madaniyatsizlik targ'ib qilayotganlarning ta'siri kuchayib bormoqda. Bolalarga nabaviy odob berilmasa, ularning sof tabiatlari "ommaviy madaniyat" kabi viruslar ularni ma'nan halok qilishi tayin.
(davomi bor)
 
Mir Arab Oliy madrasasi 1-bosqich talabasi 
Solixov Dilshod
 
«қ

-
: 06:40
: 07:30
: 13:10
: 15:55
: 17:30
: 18:55
Ңқ қ »
»
Telegram