Gumondan saqlanish haqida
17 2019 .
67 қ.

 
Gumondan saqlanish haqida

Bismillahir rohmanir rohim. Alloh taolo muqaddas kalomi bo’lmish Qur`oni karimda hamda Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasalam muborak hadisi shariflarida mumin musulmonlarni g’iybatdan va bir-birlari haqida yomon gumon qilishlikdan qaytarganlar.
Bu haqda Alloh taolo hujurot surasining 12- oyatida xabar berib aytadiki: “Ey iymon keltirganlar! Ko’p gumonlardan chetda bo’linglar chunki ba’zi gumonlar gunohdir”. Josuslik qilmanglar. Ba’zilaringiz  ba’zilaringizni g’iybat qilmanglar. Sizlardan birortalaringiz o’zining o’lgan birodarining go’shtini yeyishni yaxshi ko’radimi? Ha,yomon ko’rasizlar. Allohdan qo’rqinglar! Albata, Alloh tavbani ko’p qabul qiluvchi va rahmlidir.
Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda, Payg’ambarimiz sollollohu alayhi vasalam marhamat qiladilarki: ”zinhor va zinhor badgumon bo’lmanglar, chunki badgumonlik so’zning eng yolg’onidir”.
Boshqa bir hadisda aytilishicha: “Rasullohdan kishilar so’radilar. Ey Allohning Rasuli g’iybat nima? Payg’ambarimiz (s.a.v.) “Birodaringni o’ziga yoqmagan narsa bilan slashing” dedilar. Shunda birodarimda men aytgan narsa bo’lsachi? Payg’ambarimiz: “Agar aytganing unda bo’lsa, g’iybat qilgan bo’lasan ammo bo’lmasa bo’hton qilgan bo’lasan”,dedilar.
Ulug’ sahobalardan Hazrati Umar (r.a.) “Agar yaxshilikka burishning birorta yo’li bo’lsa ham, mo’min birodaringdan chiqqan  so’z haqida faqat yaxshi gumon qil” deganlar.
Ulamolardan Fuzail ibn Iyoz (r.a.):”kim g’iybatdan  omonda bo’lishni istasa, gumon eshiklarini mahkam berkitsin. Kim gumondan uzoqda bo’lsa, do’sti aybini axtarisdan omonda bo’ladi. Kim birovning xatosini topishdan xoli bo’lsa, u g’iybatdan chetda bo’ladi”deganlar.
Sufyoni Savriy (r.a) esa: ”Birodaring haqida yomon gumonda bo’lishing uni zaharlab o’ldirishing  bilan teng” deganlar.
Yuqorida keltirilgan oyati kalimalar, Payg’ambarimiz Muhammad  Mustafo (s.a.v.) ning muborak hadisu shariflari, sahobai kiromlar va allomai zamonlarimizning purma’no so’zlari biz mo’min musulmonlarni  boshqa mo’min musulmonlar haqlarida yomon  gumon qilishlik va g’iybatlardan saqlaydi  Inshaalloh. Alloh taolo barchalarimizni yomon gumon qilishlikdan va g’iybatdan o’zi asrasin. 

Kogon tuman “Xo’ja Ka’bul Axbor Vali” 
jome’ masjidi imom xatibi Odilov Haydar.  
 
«қ

-
: 05:15
: 06:01
: 13:10
: 17:50
: 19:40
: 21:05
Ңқ қ »
» »
»
Telegram