INSON TANASINING ZAKOTI
11 декабр 2019 й.
399 марта ўқилди.

 

INSON TANASINING ZAKOTI

Ramazon oyi inson ko’p savob olishi va nafsini tekshirib, muolaja qilishi uchun ulkan imkoniyat eshigidir. Ro’za insonda taqvo fazilatini kuchaytiradi. Taqvo-inson Allohning g’azabiga uchramaslik uchun o'zini harom ishlardan saqlashi va qo'riqlashidir.  Alloh taolo Baqara surasida marhamat qiladi:
“Ey mo’minlar! Taqvoli kishilar bo’lishingiz uchun sizlardan oldin o’tganlarga farz qilinganidek sizlarga ham sanoqli kunlarda ro’za tutish farz qilindi”. Demak, ro’za islomdan boshqa din va ummatlarda mavjud. Faqat ularnig shakli turlicha bo’lgan. Masalan: Xristianlar ma’lum muddat faqat go’sht mahsulotlarini yemay ro’za tutadi. Hindlar quyosh chiqishidan oldin og’iz yopib, oyni ko’rib og’iz ochishadi va oyga ibodat qilishadi. Ro’zani faqat ayollar tutishadi. Islom dini barcha narsalarni kamoliga yetkazish uchun kelgan. Ro’za ibodatida ham boshqa dinlardagi hamma xususiyatlarni o’zida jamlab, mukammal qilgan. Unga ko’ra inson sahardan to quyosh botguncha ichimlik va oziq-ovqatlarni Alloh buyurgani uchun yemaydi, yolg’on gapirmaydi, birov bilan tortishmaydi. Oyatda “Taqvoli kishilar bo’lishingiz  uchun” deyilyapti. Ya’ni ro’za sizlarning taqvodor bo’lishingiz uchun asosiy sababchi deyilmoqda. Alloh taolo Qur’onda “Sizlarning eng hurmatligingiz taqvodoringiz” degan. Inson bu oyatni eshitishi bilan taqvo sifatiga qanday erishsam ekan deb o’ylaydi. Buning eng samarali usuli ro’za ekanligini Alloh Qur’onda ta’lim bergan.
Ro’zaning inson uchun moddiy va ma’naviy foydalari haqida juda ko’p va ajoyib yangiliklar aniqlanmoqda va aniqlanaveradi. Chunki bu ilohiy jarayon.  Ilohiyligining asosi Alloh bandaga bir amalni buyurishi va banda "labbay, Robbim" deb itoat etishidir. Barcha ibodatlarning asosi shu taslimiyat, itoatdir. Ro’zanig yana bir ajoyib hikmati shuki: tana va ruh (nafs)dan iborat insonga nafs orzulariga hokim bo’lib, o'zini boshqarishni o’rgatadi. Inson ro’za tutdi. Suvsab suvning oldiga keldi: suv halol, harom emas. Alloh sahardan shomgacha ichmaslikni buyurgani uchun ichmaydi, sabr qiladi. Qorni och qoldi. Nafsi unga biror yegulik ber deydi. Taom oldiga keladi. Lekin Alloh yemaslikka buyurganini eslab to’xtaydi, sabr qiladi. Birov bilan tortishib qolsa, ro’zadorman deydi, tortishmaydi, yana sabr qiladi. Inson bir oy davomida uni qilsa, gunoh ham, savob ham bo’lmaydigan muboh amallarni qilmay turadi. Har yilda takrorlanadigan bu bir oylik vaqtda insonning irodasi chiniqadi, toblanadi. Muboh bo’lgan taomlarni yemagan va ichmagan va imkon qadar yolg’on gapirmagan va g’iybat qilmagan odam Alloh harom qilgan narsa va gunohlardan o’zini bemalol muhofaza qila oladi. Ro’za mana shunday ulug’ xususiyatni shakllantiradi va bu o’z-o’zidan taqvoni yuzaga keltiradi. Bir oylik taqvo sinovini o’tagan inson endi yil davomida  shu quvvat bilan yashaydi. Mabodo zaiflashib qolsa, nafl ro’zalar bilan uni yana yangilab oladi.
Mahmud As’ad Jo’shon aytadilar: Ramazon oyida inson o’zini gunohlardan muhofaza qildimi? Qolgan oylarda ham buni davom ettirishi kerak. Ramazonda g’iybat qilmadimi, birov bilan tortishmadimi qolgan kunlarda ham bu muolajani davom ettirishi kerak. Ro’zaning ta’siri shunda yaqqol seziladi.
Alloh barchamizni bilgan narsalarimizga zid amal qilishdan saqlasin.

 Buxoro shahar “Jo’ybori Kalon” o’rta maxsus 
islom bilim yurti mudarrisasi Sultonova Dilovar
 

 

«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:15
Куёш: 05:57
Пешин: 13:10
Аср: 17:55
Шом: 19:40
Хуфтон: 21:10
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram