Nabaviy merosga intiling
25 июн 2018 й.
105 марта ўқилди.

 
Nabaviy merosga intiling
 
          “Ummat Donishmandi”Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumoning  o`rnak–namunalari:
       Imom Ibn Kasir, Bayhaqiydan Ikrimagacha bo`lgan sanad bilan rivoyat qiladi: Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: “Rasululloh sallollohu alayhi va sallam vafot etganlarida, ansorlardan bir kishiga: “Kel, Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning sahobalaridan so`raymiz. Ular bugun ko`pchiliklar, dedim. U: Ey Ibn Abbos! Sendan hayratdaman. Oralarida Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning sahobalari bo`la turib, insonlar senga muhtoj bo`ladilar deb o`ylaysanmi?! Ibn Abbos aytadilar: “U bu ishni qilmadi. Men o`zim bunga kirishdim. Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning sahobalarini so`rab–surishtirdim. Agar menga bir kishidan hadis yetib kelsa, hattoki u qaylula qilayotgan bo`lsa ham uning eshigiga bordim va uning eshigida ridoimni yostiq qilib oldim. Shamol ustimga tuproq sochardi. U chiqib meni ko`rgach: “Ey Rasululloh sallollohu alayhi va sallam amakisining og`li! Sizni bu yerga nima keltirdi? Menga odam jo`natmabsizda, o`zim oldingizga kelardim, derdi. Men: “Yo`q. Men sizni oldingizga kelishga haqliroqman, der edim va undan hadis haqida so`rardim. Ana u ansoriy kishi ham umr kechirdi va insonlar atrofimda to`planib mendan savol so`rayotganlarini ko`rib: “Bu yigit mendan ko`ra dono ekan, degan edi.
            Nabiy alayhissalomning meroslari ana shunday sharafli. Uni olgan inson ham shunday baland martabaga erishadi. Ibn Abbos roziyallohu anhumoning qilgan ishlari faqat o'sha zamonga tegishli emas. Bugungi kunda ham nabaviy meros sohibi bo'lgan katta ulamolar mavjud. Har bir musulmon xususan, tolibi ilmlar ushbu merosni olib qolishlari darkor. Ilm olimning vafoti sabab ko'tarilib ketadi. Bugun bizga ilm berayotgan ustozlarimizni qadriga yetib ulardan sharafli merosni o'rganib olaylik. Zero, bir hakim zot aytganidek: "Ilmsiz najot yo'q va bo'lmaydi ham". 
 
Mir Arab Oliy madrasasi 1-bosqich talabasi 
Solixov Dilshod     
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:35
Куёш: 06:25
Пешин: 13:10
Аср: 17:25
Шом: 19:05
Хуфтон: 20:25
Тўлиқ тақвим »
Сайтдан излаш
Аудио
Telegram